Analizatorlarni tekshirish usullari - Analizatorlar faoliyatini o’rganishda shartli reflekslar usulidan keng foydalaniladi. Hayvonlarning sezgi organlariga kuchi, xili, sifati jihatidan turlicha bo’lgan ta'sirotlarni ta'sir ettirib, turli-tuman shartli reflekslarni hosil qilsa bo’ladi. Shunday qilib, turli analizatorlarning har xil ta'sirotlarga munosabati, ta'sirotlarni birbiridan nechogli farq qila olishi, defferenciatsiya qila olishi to’g’risida tegishlicha fikrga kelish imkoniyati tugiladi. Keyingi vaqtlarda analizatorlar faoliyatini o’rganishda turli-tuman elektrofiziologik usullar tobora keng qo’llanilmoqda. Buning uchun tegishli asboblar yordamida retseptor apparatga kuchi, sifati, xossalari, tabiati jihatidan turlicha ta'sirotlar berilib, o’sha retseptorga, markazga intiluvchi nervda, markaziy asab tizimi va uning oliy qismi - bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining turli qismlarida kuzatiladigan faoliyat potensiallari, ularning o’ziga xos xususiyatlari o’rganilmoqda. Shu tariqa ta'sirotning kuchi, sifati, xili va xarakteri bilan bu potenciallar o’rtasidagi munosabatlar qayd qilinib, tegishli analizator faoliyati to’g’risida xulosa chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |