Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Teri orqali sezish (teri analizatori)


Download 1.03 Mb.
bet9/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1244388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Slayd Aнализаторлар слайд

Teri orqali sezish (teri analizatori)

  • Terida uch xil: og‘riqni, haroratni, siypalash va bosimni sezuvchi (taktil) retseptor lar bor.
  • Og‘riqni sezuvchi retseptorlarning soni taxminan 11 millionga yaqin. Ular himoya vazifasini o‘taydi, ya’ni og‘riq sezish tufayli odam o‘zini noqulay ta’sirdan chetga oladi, himoyalanadi.

Muvozanat a’zosi (vestibulyar analizator)

  • Muvozanat a’zosining ahamiyati.
  • Muvozanat a’zosi vestibulyar analizator deb ham ataladi. U odam tanasining fazoda ma’lum muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. Tik turganda, yurganda, yugurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga ko‘tarilganda va pastga tushganda, arg‘imchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini bajarganda, har xil transportda yurganda, ya’ni fazoda odam tanasi eng oddiy holatdan eng murakkab holatga o‘tganda tanasining muvozanatini ta’minlovchi asosiy a’zo vestibulyar (apparat) analizatordir.

Muskul, pay va bo‘g‘imlar orqali sezish (harakat analizatori)

  • Odamning barcha harakatlari tananing ko‘ndalang yo‘lli muskullari, paylar va bo‘g‘imlar orqali amalga oshadi. Har bir muskulning qisqarishi va tananing ma’lum bo‘g‘imidan harakat o‘tishi uchun bu to‘qimalarda mazkur qo‘l yoki oyoqning fazodagi holati haqida sezish impulslari hosil bo‘lib, ular miyaning harakat markaziga o‘tkaziladi. Harakat markazi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining oldingi markaziy pushtasida joylashgan. Muskul, pay va bo‘g‘imlarda retseptorlar bo‘lib, ular proprio-retseptorlar deb ataladi. Muskul qisqarganda uning paylaridagi retseptorlar, muskul bo‘shashganda esa uning tolasi orasidagi retseptorlar qo‘zg‘aladi.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling