Analog imslar haqida tushuncha
O‘zgarmas kuchlanish sathini siljituvchi sxema
Download 170.79 Kb.
|
3-mustaqil ish
O‘zgarmas kuchlanish sathini siljituvchi sxema, ko‘p kaskadli o‘zgarmas tok kuchaytirgichlarda kaskadlarni kuchlanish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday sxemalar sath translyatorlari deb ham ataladi. Ular navbatdagi kaskad kirishidagi signalning o‘zgarmas tashkil etuvchisini siljitishi va o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini buzmasdan uzatishi kerak.
Eng sodda sath siljituvchi sxema bo‘lib emitter qaytargich xizmat qiladi. Uning chiqish (emitter) potensiali sathi baza potensiali sathidan U* kattalikka past bo‘lib, signal 1 koeffitsiyent bilan uzatiladi. U* kattalik ochiq o‘tish kuchlanishi deb ataladi. Gap shundaki, normal tok rejimida (to‘g‘ri toklar I=10-3÷10-4A oralig‘ida bo‘lganda), kremniyli r – n o‘tishdagi kuchlanish 0,65÷0,7V bo‘ladi. Mikrorejimda esa (toklar I=10-5÷10-6A bo‘lganda), kuchlanishning mos o‘zgarishlari 0,52÷0,57V bo‘ladi. Shunday qilib, toklar diapazoniga bog‘liq holda to‘g‘ri kuchlanishlar bir oz farqqiladi, lekin diapazon oralig‘ida ularni o‘zgarmas deb hisoblash va parametr sifatida olish mumkin. Xona temperaturasi uchun normal rejimda U*=0,7V, mikrorejimda esa U*=0,5V deb qabul qilingan. Agar kuchlanish sathini 2U* martaga pasaytiirish kerak bo‘lsa, uholda, kuchlanish qaytargichning emitter zanjiriga to‘g‘ri siljitilgan diod ulanadi. Kuchlanish sathi U*ga marta bo‘lmagan miqdorda siljitilishi zarur bo‘lsa, BTGdan foydlanishga asoslangan sath siljituvchi universal sxemadan foydalaniladi. Busxema 3.8-rasmda keltirilgan. Sxemada BTG VT tranzistor emitter zanjiriga ulangan bo‘lib, uning bazasi avvalgi kaskad chiqishi bilan bevosita ulangan. VT tranzistorning emitter potensiali I0· R qiymatga pasayadi. Natijada, A nuqtaning potensiali qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, V nuqtaning potensiali . (3.8) Berilgan UA da UBEning qiymati I0 tok qiymatiga mos bo‘ladi va natijada, R ning shunday qiymatini tanlash mumkinki, UV ning qiymati avvaldan belgilangan qiymatga mos bo‘lsin. 3.8-rasm. Kuchlanish sathini siljituvchi universal sxema. Sxemaning chiqishidagi signal (V nuqta) kirishdagi (A nuqta) signalni qaytarishiga ishonch hosil qilish qiyin emas. (3.8) ifoda asosida I0 = const bo‘lgani uchun bo‘ladi. Baza potensialinig o‘zgarishi UBE qiymatini o‘zgartira olmaydi, chunki tranzistor emitteri potensiali amalda shu ondayoq baza potensiali o‘zgarishiga mos keladi. Natijada, =0 va bo‘ladi. BTGning dinamik qarshiligi Ri=∞ bo‘lsagina, yuqoridagi ifoda o‘rinli bo‘ladi. Ri ning qiymati odatda, 100 kOm÷1 MOm, R esa 1÷2 kOm bo‘ladi. Shuning uchun signal uzatish koeffitsiyenti birga yaqin bo‘ladi. Barqaror tok generatori yoki manbai (BTG) katta nominalga ega bo‘lgan rezistorning elektron ekvivalenti hisoblanadi. BTG qarshiligi RYu yuklamaga ketma – ket ulangan maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarshilikdan ancha katta bo‘lishi kerak. Bu vaqtda BTG yuklamadan kattaligi uning qarshiligi va boshqa ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan tok oqib o‘tishini ta’minlaydi. Ma’lumki, qarshiligi birlik Momga teng bo‘lgan rezistorlarni integral sxema ko‘rinishida yasash mumkin emas. 3.9a - rasmda BTG prinsipial sxemasi keltirilgan. 3.9 – rasm. BTG prinsipial sxemasi. Bu yerda Yu elementi nochiziqli yuklama, Ye1 – barqarorlangan kuchlanish manbaini bildiradi. Rezistor R0, hamda diod ulanish sxemasidagi VT1 tranzistor VT2 tranzistor sokinlik rejimini ta’minlash vabar qarorlash uchun hizmat qiladi. VT2 uchun ishchi nuqta uning chiqish xarakteristikasining pologoy qismida joylashadi (UB sxemadagi BT chiqish xarakteristikasi rasmiga qarang). UB ulanish sxemasida tranzistor juda katta chiqish differensial qarshiligiga ega bo‘ladi (birlik Mom gacha). Ulanish sxemasiga ko‘ra ikkala Tranzistorning ham baza – emitter kuchlanishlari UBE bir xil bo‘ladi. IB2 toki IE2 tokidan yuz martaga kichik. Shu sababli, bu tokni hisobga olmasak, IE1 = IE2ga teng bo‘ladi, demak I2= I1. Natijada I2 chiqish toki I1 tokni aks ettiradi. I2 toki deyarli VT2 tranzistor kollektor o‘tishidagi kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli, Ye2 kuchlanish yoki yuklamadagi qarshilik qiymatlari o‘zgarsa ham bu tok qiymati deyarli o‘zgarmas qoladi. Kirish toki I1 ni o‘zgartirib, chiqish toki I2ni boshqarish mumkin. Buning uchun tranzistorlarning emitter zanjirlariga R1va R2 rezistorlar ulanadi. Bunday qurilma aktiv tok transformatori deb ataladi (3.9b -rasm). 3.9b – rasmdan quyidagi tengsizlik kelib chiqadi: Agar R1 va R2 qarshiliklar nominallari bilan farq qilsalar, uholda I2 tok I1 tokni yoki “kattalashgan” yoki “kichraygan” masshtabda “aks ettirishi” mumkin. Download 170.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling