«Analogdan» 5Gga qadar va undan keyingi rivojlanish: mobil aloqasining qisqacha tarixi
Download 417.85 Kb.
|
1G dan 5G gacha
Oldidan raqam qo‘yiladigan «G» harfi inglizcha «generation» — simsiz aloqa «avlodi» tushunchasining qisqartirilgan shakli bo‘lib hisoblanadi, masalan, hozirgi davrda keng tarqalgan 4G formati barchaga ma’lum. 1970-yildan boshlab to‘rtta asosiy avlod yaratilgan edi, yaqin kelajakda esa beshinchi avlodning guvohi bo‘lamiz. Simsiz ma’lumotlar uzatishning birinchi avlodini ishlab chiqish o‘tgan asrning 70-yillarida amalga oshirila boshlangandi, 80-yillarga keliboq uch standart: Nordic Mobile Telephone (NMT), American Mobile Phone System (AMPS) va Total Access Communication System (TACS) dan foydalanganlar. Birinchi avlod 1G formatida modem yordamida analogli ma’lumotlar uzatishda o‘sha davr simsiz aloqa muammosi bo‘lgan shovqinni kamaytirish hamda to‘siqlarni bartaraf etish imkonini bergan. Mazkur kanal orqali qo‘ng‘iroqdan tashqari, boshqa hech bir axborot uzatilmagan, biroq ma’lumotlar uzatish umumiy tezligi taxminan 1,9 kbit/s.gacha yetgan. Telefonlar narxi ancha arzonlashgan, biroq baribir, oddiy xaridor uchun qimmatlik qilardi. 1990-yillarda tarmoq foydalanuvchilarining soni butun dunyo bo‘yicha 20 millionga yetgandi. U davrlarda, ayniqsa, tarmoq yetishmovchiligi muammosi mavjud edi: ma’lumotlar uzatish tezligi juda past, turli mamlakatlarda turlicha standartlardan foydalanilardi, qo‘ng‘iroqlar va qurilmalar narxi qimmat edi. 2G: «analog» yoki «raqam»? O‘tgan asrning 90-yillarida mobil aloqaning ikkinchi avlodi — 2G paydo bo‘ldi. Asosiy yangiligi nazariy va texnologik bazalari o‘tgan asrning 80-yillaridayoq tayyorlana boshlangan raqamli texnologiyalardan foydalanishga o‘tish bo‘ldi. Tarmoq rivojlanishi ikki standart: Amerikada D-AMPS va Yevropada GSM paydo bo‘ldi. Ikkinchi avlodga hali ham gibrid analogli va raqamli aloqa qolgandi. Aloqaning ancha yaxshilangani, salohiyatli foydalanuvchilar soni oshgani va boshqa optsiyalardan foydalanishda qisqa xabarlar almashish uchun servislar (SMS) paydo bo‘lganiga qaramay, «qo‘ng‘iroq» qilib, so‘ng, masalan, statsionar modem bo‘yicha servisga ulanish zarur edi. Ma’lumotlar uzatish tezligi 14,4 kbit/s.ga o‘sdi. 1997-yilda 2,5G yoki GPRS (General Packet Radio Service) standarti joriy etilgan. GPRS ning asosiy xususiyati paketli ma’lumotlarni uzluksiz va grafik axborotlarni uzatishdan iborat bo‘ldi. Endilikda hech qayerga qo‘ng‘iroq qilish shart bo‘lmay qoldi: qurilma doim internetga ulangan holda bo‘la oladi, bu esa operatorlarga qo‘ng‘iroqlarni emas, balki bevosita ma’lumotlar uzatilishini narxlash imkonini berdi. Tezlik 115 kbit/s.gacha oshirildi. Ayrim klassifikatsiyalarda 2,75G deb ataladigan EDGE (Enhanced Data-rates for GSM Evolution) texnologiyasi nisbatan istiqbolsiz rivojlanish bo‘lib qoldi. U jiddiy va sifatli o‘zgarishlarni olib kelmadi, biroq ortiqcha uskunalardan foydalanmay, tezlik 384 kbit/s.gacha oshirildi. 3G: ko‘plab imkoniyatlar va SIM-karta Navbatdagi avlod 3G 2002-yilda paydo bo‘lishi mutloq yangi texnologiyaga o‘tish bilan bog‘liq bo‘ldi. Birinchi navbatda, bu kanallarni (Time Division Multiple Access — TDMA) vaqtincha taqsimlanishi va ko‘plab kanallarni (Code Division Multiple Access — CDMA) kodli taqsimlashdan foydalanish metodiga o‘tishdan iborat bo‘ldi. Bu esa qo‘ng‘iroq vaqtida internetga ulanishning uzilmasligiga imkon berdi. 2G va 3G aloqadan foydalanuvchi qurilmalar taraqqiyoti Texnologiyalar almashinuvi audio va video, jumladan, oqimli (Stream) axborotlarni uzatishga imkon berdi. Birlashtirish tezligi harakatda 145 kbit/s.gacha tushishiga qaramay, maksimal tezlik 3,6 Mbit/s.ga yetdi. Keyingi 3,5G deb atalgan yangilik 2006–2007 yillarda tarqaldi. HSPA va boshqa turlar standarti tezlikni 42 Mbit/s.gacha rivojlantirdi, ularni ham 4G avlodi deb atash mumkin edi, biroq jarayonga tijorat aralashdi. 4G: 500 marta oshirilgan tezlik Download 417.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling