An’ana, odat, marosimlar milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida


Download 0.7 Mb.
bet2/13
Sana21.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1371473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AN\'ANA VA MAROSIMLAR

Kurs ishining dolzarbligi: Hayotimiz kundan-kun yangilanib, zamonaviylashib borayotgan bir davrda xalqimiz turmush tarzi, bazi bir urf-odat va marosimlarimizda ham zamonaviylik ufurib turganining guvohi bo’lishimiz mumkin. Xususan ba’zi bir marosimlarimizda milliyligimizga xos bo’lmagan rasm-rusmlarning o’tkazilishi ming yillar davomida shakllangan urf-odat va an’analarimizning yo’q bo’lib qolishi darajasiga yetmoqda. Kelajak avlodga ushbu buyuk ma’naviy merosni butunligicha yetkazmoq uchun ham uning milliyligini saqlab qolmog’imiz lozim. Zero o‘zlikni anglash milliylikdan boshlanadi. Milliy urf-odatlarga sodiqlik va ularga amal qilish har bir insonning milliy g‘ururidan darak beradi.
Urf – odat va rasm – rusmlarga befarq kishi millatidan uzoqlashib, uzilib qoladi. Inson nafaqat o’z millati, xalqininig urf – odat, marosimlarini bilishi va hurmat qilishi bilan bir qatorda boshqa xalqlarning udumlarini ham hurmat qilmog’i lozim. Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy ming yil avval yaratgan asarida shunday deb yozgan edi: “Biron xalqning u yoki bu udumlariga baho berishda bunisi menga yoqadi, unisi yoqmaydi, deyishga hech kimning haqqi yo’q, negaki, har bir xalq udumlari, an’analari ming yillar davomida shakllangan va o’sha millatning hayot tarziga aylangan.”2 Biroq Sharq va G’arb dunyoqarashi orasida anchagina jiddiy tafovutlar borligini ham inkor qilib bo’lmaydi.
Odatlar aslida xalq donishmandligining bir ko’rinishi bo’lib, aynan shuning uchun ham uzoq yashaydi. O’zbek urf – odatlarining shaxs ma’naviyati, uning tasavvur dunyosi, borliqni qabul qilish, rad etish, anglash, tushunish kurtagini paydo etish yo’siniga ko’rsatgan ta’siri ortib bormoqda. Insonning bolalik davridagi ilk tasavvuri, atrofga nisbatan munosabati, kuzatuvchanligi ham urf – odatlar tarzida shakllanadi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “…xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf - odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr – oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahmiyat kasb etmoqda”3. Bularning barchasi har bir inson, millat, jamiyat va davlat hayotida urf – odat naqadar beqiyos ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.

Umumxalq bayramlar – marosimlar gultoji.
Bayram (turkiycha — katta yig’in, to’y) — keng nishonlanadigan tantanali kun. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi, mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga ko’ra an’anaviy, diniy, milliy va boshqa bayramlar vujudga keldi. Avloddan-avlodga meros tariqasida o’tib keladigan bayramlar an’anaviy bayramlar deyiladi. Masalan: navro’z bayrami. An’anaviy bayramlar biror xalq yoki millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy turmushi, hayot kechirish tarzi bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi. Diniy bayramlarda har bir monoteistik dinning aqidalarida belgilab qo’yilgan marosimlar nishonlanadi. Masalan: iyd bayrami. Milliy bayramlarda u yoki bu millatning tarixidagi muhim voqea-hodisalar nishonlanali. Masalan: Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni. Bulardan tashqari yana kasb-hunar bayramlari ham bor (O’qituvchi va murabbiylar kuni, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni kabi).4 Sho’rolar hukmronligi davrida o’zbek xalqining qadimiy, milliy, an’anaviy yangi yil bayramlaridan hisoblangan Navro’z qatag’on qilinib, diniy bayramlar (Ramazon hayiti, Qurbon hayiti) tazyiqqa uchradi. Ko’p yillar davomida, ayniqsa ziyoli va firqa a’zolari hayit namozini o’qish uchun masjidga chiqqanliklari uchun ham ta’qib qilindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach Prezident I.A. Karimovning farmoni bilan Ro’za va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Hayit kunlari va ular bilan bog’liq marosimlar batamom qaror topdi, shuningdek boshqa qadriyatlar ham tiklanmoqda. Chunonchi Navro’z umumxalq bayramlari sifatida har yili katta tantana qilinib, bu kun (21 mart) dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Bayram deb biror diniy guruh, davlat yoki xalq uchun muhim bo’lgan kunga aytiladi. Biror bayramni o’zi uchun qadrli, deb bilgan odamlar uni nishonlashadi. Bayram atamasi o’zbek tiliga forschadan kirib kelgan. Bayramlar- biror bir muhim voqea, hodisa, sanani ko’pchilik bo’lib ko’tarinki ruhda xursandchilik bilan nishonlash. Ular vaqtni qadriga yetishga, uni ezozlashga da’vat etdi. Bayramlarda vujudga keladigan ko’tarinki kayfiyat kishilarni ertangi kunga umid bog’lashga, kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi Azaldan bayram kuni tinchlik kuni hisoblangan. Bayram kuni nizolar, urushlar, mojarolar to’xtatilgan. Gina- kudrat unitilgan, arazlashganlar yarashgan. Jamiyatda o’zaro hamjihatlikni ta’minlaydi. Bayramlar xalqning eng yaxshi an’analari odatlari, axloqiy qadriyatlarini mujassamlashtirgan holda yoshlar tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Bayramlarning ma’no-mohiyati ularning mazmun va g’oyasiga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 131-moddasida quyidagi bayramlar dam olish kuni etib belgilab qo’yilgan.

  • 1-yanvar- Yangi yil bayrami.

  • 8-mart- Xotin-qizlar bayrami.

  • 21-mart- Navro’z bayrami.

  • 9-may- Xotira va qadrlash bayrami.

  • 1-sentabr- Mustaqillik bayrami.

  • 1-oktabr- O’qituvchi va murabbiylar bayrami.

  • 8-dekabr- Konstitutsiya bayrami.

  • Iyd al-Fitr-Ro’za hayiti

  • Iyd al-Atxa – Qurbon hayiti.

Bayramlar an’ananing eng jozibador, qiziqarli, tantanali va quvonchli qismi hisoblanadi. Bayramlarning o’tkazilishi ko’pchilikning, jamoatchilik ishidir. Bayramlar qanchalik qiziqarli, zavqli, jozibali, tantanali, ixcham, saranjom-sarishtali va badiy-estetik jihatdan yuksak saviyada uyushtirilsa, u shunchalik rasmiyatchilikdan, yuzakichilikdan va o’zibo’larchilikdan yiroq bo’ladi. Bayramlarda bir xil tartib, qolip, o’lchov yoki andaza bo’lishi shart emas. Shuningdek bayramlar mazmun vz mundarijasiga ko’ra mutlaqo bir-birini aynan takrorlamasligi va bir- biriga to’liq o’xshab qolmasligi kerak.
NAVRO’Z” BAYRAMI.


Markaziy Osiyoda mashhur “Navro’z” bayrami va marosimlari juda uzoq davrlardan beri nishonlanib kelinardi. Lekin xudosizlikka asoslangan sobiq Ittifoq davrida bu bayramga diniy tus berilib, nishonlanmaydigan bo’lgan edi. “Navro’z” rasmiy bayramlar qatoriga kiritilmagan va norasmiy taqiqlangan.
Lekin 60-yillarning o’rtalarida xalq bu bayramga e’tibor bera boshladi. Matbuot, radio televideneyada ba’zan yoritila boshladi. 80-yillarning o’rtalarida “Navro’z”ni O’zbekistonda xalq bayrami sifatida nishonlash masalasida yangi to’siqlar paydo bo’ldi. 1985-1987 yillarda ommaviy axborot vositalari bu bayramni chetlab o’tishdi. Bu borada katta tortishuv yuzaga keldi. Respublikaning ilg’or yozuvchilari, olimlar va madaniyat xodimlari tomonidan “Navro’z” qadimdan davom etib kelayotgan haqiqiy xalq bayrami ekanligi, uning mohiyati din bilan emas, tabiat qonunlari bilan bog’liqligi va uni eng yaxshi an’analar asosida davom ettirish lozimligi haqida jiddiy so’zlar aytildi.
Buning natijasida “Navro’z” haqiqiy xalq bayrami sifatida keng nishonlanadigan bo’ldi. 1990-yildan boshlab 21-mart ya’ni “Navro’z” bayrami nishonlanadigan kun mamlakatimizda dam olish kuni deb e’lon qilindi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng “Navro’z” respublikamizning asosiy rasmiy bayramlaridan biriga aylandi.
“Navro’z” bayrami o’ziga xos katta tarixga ega. Bu bayram asli qadimiy dehqonchilik kalendari bilan bog’liq bo’lib, Yerning shimoliy yarim sharida bahorgi kecha bilan kunduz teng kelgan kunlari-20-21-martda boshlanadi. O’sha davrda butun tabiat uyg’ona boshlaydi. Bunday yangilanish jarayoning boshlanishi shamsiy (Quyosh) yil hisobida 21-martga to’g’ri kelgan birinchi yangi kunni “Navro’z” deb ataganlar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling