Anʼanaviy I. t belgilari: qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i ch ning agrar harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan q x


Download 106.92 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi106.92 Kb.
#137099
Bog'liq
GROUP 5


Anʼanaviy I.t. belgilari: qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i.ch.ning agrar harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan q.x.; sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan, oʻz is-teʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehti-yojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼ-molchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boʻladi.

Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda boʻlishi, iqti-sodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis — xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xil-maxil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.

Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi, i.ch.ning industrial-agrar harakteri; iqtisodiyotning yopiq bulishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanishi; iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshirikdarining majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi; iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiymaʼnaviy stimullarga ustuvorlik berilishi; iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past bulishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi.

Evolyusion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy I.t. bozor tizimiga aylanadi, uni revolyusiyey yul bilan yoʻqotish natijasida zurlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik tizimi urna-tiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi. Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni utish xrlatidagi I.t. yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyrukbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda turadi.

Bu tizim koʻp ukladli boʻlib (qarang Koʻp ukladli iqtisodiy tizim), uning qanchalik uzoq saqlanishi oʻtish davrining naqadar uzun

”Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.”Lekin aslida iqtisodiyotda rejalashtirish va buyruqbozlik usullaridan (sovet davridagi kabi) haligacha foydalanamiz va uni saqlab qolishga harakat qilyapmiz. Mana bunga isbot: ”Fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi majburiydir. Kengashga a'zolik tugatilganda, doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun topshirilgan yer uchastkasiga bo’lgan huquq bekor qilinadi.”

2019 Markaziy bank bank tizimi jami kredit portfeli 184 trln. so'mni tashkil qilganini va bu ko’rsatgich 12 oy ichida 52% ga oshganligini e’lon qildi.

Kreditlashdagi bunday o'sish xavotirga solmoqda. Ayniqsa, yangi kreditlarning qariyb 60 foizi hukumat qarori bilan ajratilgan va byudjet manbalaridan moliyalashtirilganda. Va eng muhimi, qo'shimcha kreditlarning yarmidan ko'pi imtiyozli shartlarda ajratilgan ekan. Boshqacha aytganda, mamlakatda kreditlarning deyarli uchdan biri imtiyozli kreditlar ekan.

Imtiyozli kreditlar:

- bozor tamoyillariga zid ravishda ajratiladi

- Markaziy bankning inflyatsiyani nazorat qilish va umuman pul-kredit siyosatini olib borish qobiliyatini pasaytiradi

- banklarning samaradorligini pasaytiradi

- iqtisodiyotda kapitalning oqilona taqsimlanishiga olib kelmaydi va hokazo.

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi missiyasining 2018 yilgi bayonotiga ko’ra, mamlakatda ja’mi to’lanmagan kreditlarning qariyb 50 foizi so'nggi o'n yil ichida bironta yangi ish joylarini yaratmagan davlat korxonalariga tegishli ekan.

Nima qilish kerak? Kreditlashning bunday o'sish sur'atlarini pasaytirish uchun hukumatning iqtisodiy siyosatni qo'llab-quvvatlashi uchun ajratayotgan kreditlash operatsiyalarini (imtiyozli kreditlar) qisqartirish lozim. Markaziy bankning maqsadli va imtiyozli kreditlarni ajratilishini qisqartirish uchun ta’siri yo'qligi (https://www.gazeta.uz/ru/2019/03/05/credits/) sababli bu ish Markaziy bank va hukumatning birgalikdagi harakatlarini talab qiladi. Ushbu harakat natijalari Markaziy bankning hukumatdan qanchalik mustaqil ekanligiga bog'liq.

Ushbu grafik 2016 yilning yanvar oyidan boshlab O'zbekistonda iste'mol qilinadigan mahsulotlarning oylik inflyatsiyasini ko'rsatadi. Har bir nuqta 2016 yil yanvariga nisbatan. Masalan 2016 yil yanvaridan 2019 yil martigacha:

- umumiy inflyatsiya darajasi 56% bo’lgan (qizil rangda)

- benzin narxi 79% ga oshgan

- go'sht narxi 70% ga oshgan

- kommunal xizmatlar narxi 58 foizga oshgan



- meva va sabzavot narxlari esa 142 foizga oshgan - bu iste’mol sektoridagi tovar va xizmatlar orasidagi eng katta o’sish. Mavsumli o'zgarishlarni hisobga olgan holda albatta.

Iqtisodiyotimizga eng katta zarar keltiradigan buzg’unchi va bemani so'z bu imtiyoz.

Fakt № 1.

Bank kreditlari bo'yicha tortilgan o’rtacha foiz stavkalari keskin oshib, 2019 yilning 1-choragi oxirida 23,4% ni tashkil etdi va bu anchadan beri eng yuqori ko’rsatkich. Imtiyozli kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi esa 5,9% ni tashkil etdi. Bu, imtiyozli kreditlar bozor narxidagi kreditlardan 4 barobar, qayta moliyalashtirish stavkasidan esa 2,7 barobar kam degani.

Fakt № 2.

Yuqorida aytilgan bank kreditining 23,4% stavkasi dunyodagi eng katta ko'rsatkichlardan biri. Bu faqat Braziliya, Madagaskar, Gambiya, Malavi, Argentina, Tojikiston va Mozambik kabi mamlakatlarda yuqoriroq ekan.

Bank foiz stavkasining bunday yuqori qiymati biznes va iste'molchilar uchun qarz olishga va o’sishga deyarli imkon bermaydi. Bu raqam, tabdirkorlik muhiti va ish yuritish riskining balandligini bildiradi desa ham bo’ladi. Buning yechimi, imtiyozli kredit sifatida pul narxini sun'iy ravishda tushirishda emas...

Fakt № 3.



2018 yil oxiriga kelib xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar miqdori qariyb 90 trillion so'mni tashkil etdi, ulardan 57 trillion (63%) imtiyozli kreditlardir…

Foiz stavkalari va imtiyozli kreditlar haqidagi mavzuni tugatar ekanman, davlat (har qanday mamlakatda) kapitalni va resurslarni samarali taqsimlash qobiliyatiga ega emasligini eslatib o'taman.
Download 106.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling