An'anaviy iqtisodiyot
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari
Download 35.77 Kb.
|
Ananaviy iqtisodiyot
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari Bozor iqtisodiyoti yetuklik bosqichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi. Bozor iqtisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar: 1.Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi. Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari ham turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, har bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarining mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotiga erishib bo’lmaydi. 2. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir. Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xohlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng huquqligi qonuniy ravishda ta’minlangan. 3.Bozor iqtisodiyoti yakka hokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm — korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror sohada tanho hukmronlik qilishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanho hukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va hokazo. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega. 4.Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan holda ularni samarali ishlatishga undaydi. Raqobat kurashida g’olib chiqish uchun aholi talabiga mos tovarlar ishlab chiqarishga, talabning o’zgarishiga tez moslashish zarur. Natijada raqobat kurashi iqtisodiyotni olg’a qarab rivojlanishiga olib keladi. Bu monopoliya mavjud bo’lgan taqdirda ham o’z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi.Chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Antimonopol kuchlar vujudga keltirilib, bozor iqtisodiyotining hamma sub’ektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi. Ana shu imkoniyatdan qay darajada foydalanish ishbilarmonlikka bog’liq. Bozor iqtisodiyotida bir tomondan, manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchi tomondan, sub’ektlar o’z faoliyatini, demak, manfaatlarini bir-birlariga muvofiqlashtirishga intiladilar. Chunki faqat raqobatlashsalar ularning ishi yurishmaydi. Bu iqtisodiyotda ikki bir-biriga zid tomon. Iqtisodiy integratsiya ham iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlarini moslashtirishga, murosaga kelishiga undaydi. Ishlab chiqarishdagi o’zaro bog’liqlik kuchayishi bilan integratsiyalashmay yaxshi foyda olish qiyin bo’lib qoladi. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining kuchayishi firma, korxonalarning bir-biriga bog’liqligini kuchaytiradi. Natijada ular o’rtasida doimiy ravishda tijorat aloqalari o’rnatiladiki, bunda sheriklariga pand bermaslik muhim rol o’ynaydi. 5.Bozor iqtisodiyotida narxlar erkin, talab va taklif nisbati asosida shakllanadi. Narx sotuvchi bilan xaridorning savdolashib kelishishi tufayli belgilanadi. Bunda sotuvchi sarflagan xarajatlarini qoplab, foyda ko’rishni nazarda tutsa, xaridor eng yuqori naf ko’rishini o’ylaydi. Pul iqtisodiy aloqalarning asosiy vositasi hisoblanadi. Liberallashgan narxlar sotuvchini ham, xaridorni ham hamisha narxni hisobga olgan holda, foyda-zararni nazarda tutgan holda faoliyat yuritishga olib keladi. 6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish xaridorning talab va ehtiyojiga qarab moslashishga majbur. Agarda moslashmasa, ya’ni talabga loyiq mahsulot ishlab chiqarmasa, xizmat ko’rsatmasa, u zarar ko’rishi, hatto bor budidan ajralib qolishi mumkin. Bundan kelib chiqib tovar va xizmatlar to’kinligiga erishiladi. Tovarlar to’kinligini ta’minlashda narxlarning erkinligi muhim rol o’ynaydi. 7.Bozor iqtisodiyoti faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarishda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Unda o’z-o’zini boshqarish bilan davlat ta’sirini o’tkazishi qorishib ketadi. Bozor iqtisodiyoti har qanday iqtisodiyot kabi iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida rivojlanadi. Bu qonunlar bir tomondan, umumiqtisodiy qonunlardan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan bozor iqtisodiyotining o’ziga xos qonunlaridan iborat. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat yuritishning, uni tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bo’lib, avvalo u tovar-pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar bozor orqali bog’lanadi, ularning hamkorligi ham bozor orqali ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyoti har bir insonni o’z faoliyatining natijasini o’ylab, hisob-kitob qilib, oqilona ish yuritishga undaydi. Download 35.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling