An’anaviy tilshunoslik
Download 48.56 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- An’anaviy tilshunoslik “ atamasi ostida ifodalanayotgan asosiy tushunchalar.
Reja:
1.Istiqlol davrida o’zbek tilshunosligi taraqqiyoti. 2 .“ An’anaviy tilshunoslik “ atamasi ostida ifodalanayotgan asosiy tushunchalar. 3.Struktur tilshunoslikning asoslari va yo’nalishlari. 4. Xulosa. Istiqlol davrida o’zbek tilshunosligi taraqqiyoti. Har qanday millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan, jahon bilan madaniy va ma’naviy aloqalarini yo’lga qo’yishiga asos bo’ladigan, asosiy vosita bu o’sha millatning tili hisoblanadi. Tilning taraqqiyoti bevosita yuritiladigan davlat siyosati va olib boriladigan islohotlarga ham bog’liqdir. Sho’rolar davrida o’zbek tiliga, uning rivojiga e’tibor ,albatta, qoniqarli darajada bo’lmagan. Rus tilshunosligiga umuman o’xshamagan o’zbek tilshunosligi aynan sho’rolar davrida mustamlakada bo’lgan tillarning o’zaro yaqinlashib ,yagona bir tilga aylanishi haqidagi Stalincha siyosati va undan keyin ham olib borilgan siyosat natijasida tilda jiddiy kamchiliklar vujudga keldi. Bu esa xalqimiz o’rtasida yetishib chiqqan, til bilan bevosita shug’ullanuvchi bir guruh ziyolilarning jiddiy e’tiroziga sabab bo’ldi. Bundan tashqari , sho’rolar davrida dunyo tilshunosligida sodir bo’layotgan o’zgarishlar, erishilgan yutuqlar, tekshirish metodlarining mamlakatimizga kirib kelishiga sezilarli to’siqlar qo’yilgan edi. O’sha davrda tilshunoslik dunyosida katta burilish bo’lgan struktur tilshunoslik masalalari ilgari surilmoqda edi. Ammo o’zbek tilshunosligiga bu ancha keyinroq kirib keldi. Mustaqillikka erishgandan so’ng o’zbek tilshunosligida sezilarli o’sish ko’zga tashlana boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri boshqa davlatlar bilan madaniy va diplomatik aloqalarning o’rnatilishi natijasida o’zga millat tilshunosligiga nazar solish imkoniyat yaratildi. Bu esa o’z navbatida o’zbek tilining ham jahon bo’ylab nufuzining oshishiga , boshqa xalq vakillarining e’tiborini o’zbek tiliga qaratilishiga imkon yaratdi. Mustaqillikka qadar o’zbek tilshunosligi rus tilshunosligiga asoslangan grammatik tuzilish qoidalariga moslashtirilgan edi. Bu esa tilshunoslikda katta xatoliklar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Buning asosiy sababi o’zbek tili boshqa sistemadagi til ekanligi, uning tuzilishi, gap qurilishidagi farqlar, rus tilidan batamom ajralib turar edi. Ammo mustaqillikka qadar o’zbek tilshunosligi aynan rus grammatikasi asosiga qurila boshladi. Ammo ko’p o’tmay, mustaqillik sharofati bilan “marksistik metodologiyaga yot ta’limot” hisoblangan sistemaviy – struktur tilshunoslik va uning tekshirish metodlari mustaqillik tufayli o’zbek tilshunosligiga ham kirib kela boshladi. Mustaqillikka qadar o’zbek tilshunoslari , o’zbek tilining ichki tuzilishini tavsifiy asosda o’rgangan bo’lsa , mustaqillikdan so’ng esa umumiy tilshunoslik muammolarini hal qilishga , tilshunoslik nazariyasi, lingvistik ta’limot tarixi masalalarini ochib berishga qadar dolzarb masalaga aylantirildi. Mustaqillik davrida maydonga kelgan “ O’zbek tilshunosligi tarixi” nomli asarlaridan (A.A.Abduazizov, R.Rasulov, N.Turniyozov, Sh.Iskandarova (A.A.Nurmonov bilan hamkorlikda)) o’zbek tilining boshqa tillarga nisbatan tarixiy taraqqiyoti uzoq davrlarga borib taqalishi, o’zbek tilshunoslari Yevropa tilshunoslaridan ancha ilgariroq qiyosiy-tarixiy tilshunoslik,kontrastiv lingvistika , ideografik lug’atlar yaratishgani va ulardan XV asrdayoq o’zbek tilshunoslari tomonidan foydalanilganini ilmiy jamoatchilikka yetkazish uchun muhim manbaa bo’lib xizmat qila oldi. Mustaqillikka qadar tilshunoslikdagi barcha nazariy masala va muammolarni rus tilshunoslari hal qilishgan bo’lsa, endi o’zbek tilshunoslari ham nazariy masalalarda o’z fikr- mulohazalarini erkin bayon etishni boshladilar. Mustaqillik yillarida tilshunoslarning e’tibor markazida struktur tilshunoslik va antropolingvistika bo’ldi. Sh. Safarovning “ Kognitiv lingvistika” va “ Pragmalingvistika” kabi asarlari o’zbek tilshunosligida erishilgan ulkan yutuqlarning samarasi o’laroq nashr etildi. O’zbek tilshunosligidagi eng katta yutuqlardan yana biri bu etimologik lug’atning yaratilishidir. Garchi mustaqillikdan ancha oldinroq 1922-yilda E.D.Polivanov qisqacha o’zbekcha-ruscha lug’atida “O’zbek tilining etimologik lug’ati” nashrga tayyorlab qo’yganini yozgan bo’lsa ham u lug’at nashr etilmay yo’qolgan. O’zbek tilining ilk etimologik lug’ati mustaqillik yillarida o’zbek tilshunos olimi, professor Sh.Rahmatullayev tomonidan nashr etildi. Bundan tashqari besh jildlik 60 ming so’zdan iborat “O’zbek tilining izohli lug’ati” o’zbek tili leksikasining aksi sifatida baholandi. Izohli lug’atda o’zbek tilining leksikologiyasi va leksikografiyasining barcha imkoniyatlari to’laligicha o’z ifodasini topgan. O’zbek tilidagi so’zlarning sinonimlari ko’pligi va bir so’zning bir nechta muqobil variantidan gapning mazmuniga zarar yetkazmasdan foydalana olish imkoniyatining borligi ham tilimizning naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Tildan faqatgina aloqa vositasi sifatidagina foydalanilib qolmasdan, balki kelajak avlod uchun erishilgan bilim va malakalarni yetkazuvchi estetik his uyg’otuvchi vositadir. Tilning lug’at tarkibini bilish undan to’laqonli foydalana olish imkoniyatini bermaydi. So’zlarning grammatik vositalar yordamida bog’lanishi, gap qurilishida ishtirok etuvchi vositalar, ohang , so’zlarning inversiyaga uchrashi oqibatida sodir bo’ladigan jarayonlarni tushinish uchun tilning lug’at tarkibidan tashqari,sintaksis, stilistikadan ham xabardor bo’lish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari insonlarda nutq madaniyatining shakllanishi ham bevosita tilshunoslikning masalalaridan biri hisoblanadi. So’z qo’llashda yo’l qo’yilgan qo’pol xatoliklar,so’zlarning maqsadli va o’rinli qo’llanmasligi oqibatida nutqimizda nutqiy buzilishlar yuzaga keladi. Bu esa millat madaniy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etibgina qolmay, kelajak avlod uchun ham qoldirajak boy tilimizdagi qusurlar sifatida saqlanib qolish extimolini yuzaga keltiradi. Tilimizning ta’sirchanligini oshiruvchi nutqiy jarayon asosiy tarbiya quoli bo’lib ham xizmat qilishini sedan chiqarmasligimiz lozim. Ushbu sohada ham tilshunos olimlarimiz o’z asarlari bilan tilimizni yanada teranroq anglashga undaganlar. Professor Mahmudovning “ O’qituvchi nutqiy madaniyati” kitobi keng jamoatchilikka taqdim etildi. Ushbu kitob tilshunoslikda lingvistika va poetika to’qnashgan nuqtada o’z aksini topdi. “Til madaniyati deganda tilning “madaniylashganlik”, adabiylashganlik, normallashganlik darajasi, lug’at tarkibi grammatik, semantik, stilistik jihatlardan rivojlanganligi, boylik darajasi, potensional imkoniyatlarining ko’lamdorligi, nutq madaniyati deganda esa tildan bemalol,maqsadga muvofiq ta’sirchan bir tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning jami tushunilishi ta’kidlanadi”- deb yozadi professor A.Nurmonov. ushbu farqni to’g’ri idrok etish orqali tilimizdagi emotsional imkoniyatlar yuqori ekanligini bilish mumkin. Bir so’zni o’z o’rnida, to’g’ri qo’llay olish nutqiy ortiqchalikni oldini oladi. Badiiy asarlarni o’qish davomida oddiy so’zlarni o’qiganimizda asar nisbatan puch va so’z qo’llashdagi kambag’allik o’quvchini tez zeriktiradi. Bunda adabiyot va tilshunoslikni tutashtiruvchi lingvopoetikaga murojaat etish , asarda mavzu va g’oyani teranroq anglash imkoniyatini beradi.Tilshunos olimlarimiz bu masalaga ham so’zning badiiy-estetik vazifasini yoritishga qaratilgan asarlari bilan oydinlik kiritib berdilar. M.Yo’ldoshevning lingvopoetikaga bag’ishlangan monografiyasi nazariy fikrlar bilan amaliyot bilan singdirilgani bilan boshqalaridan tubdan farq qiladi. Mustamlaka tuzumning davlat tilida olib borgan siyosati natijasida, umumiy til tushunchasini ilgari surishi tufayli boshqa millat tilining rivojiga katta zarar yetkazdi, xususan o’zbek tiliga ham. Qadimiy arab yozuviga asoslangan o’zbek tilida yuritiladigan ish hujjatlari,xo’jalik va hokazolar rus tilida , umuman boshqa shakl va mazmunda yoziladigan bo’ldi. Bu esa o’zbek tilining rasmiy uslubiga jiddiy shikast yetkazdi va hozirgi kunda ham rasmiy uslubda bu kamchiliklar to’laligicha hal etilgani yo’q. Ish hujjatlari, korxona va tashkilot, muassasa hujjatlari ham aynan davlat tilida amalga oshiriladi. Davlat tili rus tili bo’lganligi uchun ham mamlakatimizdagi amaldagi barcha hujjatlar rus tilida olib borilgan. Natijada rasmiy uslub rivojlanishdan to’xtagan. Mustaqillikdan so’ng ham bu borada talaygina muammolar vujudga keldi. Bu muammolarning yechimi sifatida A.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov va N.Mahmudov tomonidan “ Ish yuritish”(Toshkent:O’zME,2000)kitobi maydonga keldi. Bu asarda har respublikadagi barcha tashkilot, muassasa va korxona ish yuritish hujjatlarini amalga oshirishning rasmiy ish yuritish me’yorlari belgilab berilgan. Mustaqillik yillarida respublikamizga ham texnika yutuqlarining barchasi o’z bo’yini ko’rsata boshladi. Shu o’rinda axborot texnologiyalari ham yuqori suratlarda rivojlana boshladi. Bu esa tilshunoslikda yaratilishi mumkin bo’lgan qulayliklarga zamin yaratdi. Axborot almashinuvi jarayonining jadal suratlar bilan o’sib borishi, bevosita bir tildan ikkinchi tilga avtomatik tarjima qilish imkoniyatini beruvchi sohaga extiyojni oshirdi. O’zbek tilshunosligida ham avtomatik tarjima qilish imkoniyati yaratildi. Bevosita kompyuter texnolgiyasi bilan aloqador soha hisoblangan , kompyuter lingvistikasi vujudga keldi. Qisqa vaqt oralig’ida kompyuter lingvistikasida ulkan muvvaffaqiyatlarga erishildi. Kompyuter lingvistikasi amaliyot va nazariya tutashgan nuqtada paydo bo’lgan. Kmpyuter lingvistikasiga bag’ishlangan A.Po’latov, S.Muhamedova (Toshkent, 2007) asarlari nashr etildi. Bugungi kunda ham ushbu soha bo’yicha ko’plab izlanishlar olib borilmoqda. Kompyuter lingvistikasi avtomatik tarjima, matn tahriri,til o’rgatish jarayonini avtomatlashtirish kabimuammolarni hal etishga qaratilgan dasturlar va amaliy ishlarga alohida e’tibor qaratgan fan bo’lib kelmoqda. Mustaqillikka erishilgandan so’ng har bir sohada bo’lgani singari , tilshunoslikda ham ilmiy salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj sezila boshlandi. Dunyo standartlariga mos keladigan ilg’or texnologiyalardan unumli foydalanib, fanga foyda keltiradigan ilmiy izlanishalari bilan nafaqat mamlakatimizda balki jahonda ham taniqli olimlar darajasiga chiqqan J.Eltazarov, A.Rahimov singari olimlar tilshunoslik ilmi bo’yicha o’z qarashlarini , o’zbek tilshunosligi yutuqlarini jahonga tanitdilar. Andijonimizda yashab, o’zining ilmiy izlanishlarini olib borgan yosh tilshunos olim, A. Rahimov o’ziningn ilmiy izlanishlarini dunyo tillarini lisoniy tillarga ajratish va fuzion tillar bilan agglyutinativ tillar munosabati munosabati masalari bo’yicha olib bordi va shu mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Olim o’z qarashlarida har qaysi tilda vaqt o’tishi bilan tipologik o’zgarishlar ro’y berishini va xalqlarning til xususiyatlari tarixiy taraqqiyot natijasida o’zgarib borishini isbotlab berdi. Olimning kompyuter lingvistikasi bo’yicha ham yozgan kitobi hozirgi kunda filologiya fakulteti talabalariga ushbu fan bo’yicha asosiy darslik sifatida o’qitilib kelmoqda. Mustamlaka davrida respublikamizda ta’lim sohasiga jiddiy zarar berildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng birinchilardan bo’lib, ta’limni isloh qilishga e’tibor qaratdi. “ Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ta’limga berilgan e’tiborning yaqqol dalili bo’la oldi. Mustabid tuzumdan qolgan darslik, o’quv qo’llanmalar hozirgi zamon ta’lim standartlariga javob bera olmasligi va ushbu darsliklarda milliy mafkuramizga , ma’naviyatimizga zid qarashlar mavjudligi tufayli yangidan darsliklar yaratish masalasi dolzarb vazifaga aylandi. Mamlakatimizdagi yetakchi tilshunos olimlar ona tili , adabiyot fanlari yuzasidan darslik, o’quv qo’llanmalar va boshqalar yaratishga kirishdilar. Darsliklarda milliy mafkuramiz, boy ma’naviy va madaniy merosimiz, vatanparvarlik ruhi yetakchilik qilgan fikr va mulohazalar o’rin olgan. Tilshunoslikda qo’lga kiritilgan yutuqlarning amalda qo’llanish jarayoni ham aynan darsliklar nashr etilgandan so’ng amalga oshirildi. O’rta maktab, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, oliy ta’lim muassasalari uchun darsliklar yaratishda respublikamizdagi eng bilimli mutaxassislar yetakchilik qildi. N. mahmudov boshchiligidagi mualliflar guruhi umumiy o’rta maktablar uchun “Ona tili” darsliklari muallifi bo’ldilar. Akademik litsey talabalari uchun “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darsligi muallifi A.Nurmonov o’zining nashr ettirilgan darsliklarida hozirgi o’zbek tili grammatikasi, til qurilishi va til tarixiga alohida e’tibor berganlar. Kasb-hunar kolleji talabalari uchun yozilgan “O’zbek tili va adabiyoti” darsligi muallifi A.Rafiyev ham darslikda ona tili va adabiyot bo’yicha jamlangan ma’lumotlarni darslikka joylagan. Oliy ta’limning filologiya fakulteti talabalari uchun yaratilgan darsliklar mualliflari Sh.Rahmatullayev , M.Mirtojiyev, R.Sayfullayevalar “Hozirgi o’zbek tili ” darsliklarini yaratdilar. Tilshunoslikda muhim sanalgan til taraqqiyoti bosqichlaridan tortib hozirgi kunda tilshunoslikda erishilgan so’nggi yutuqlar hammasi darslikdan joy olgan. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar singari tilshunoslikda ham ulkan o’zgarishlar, yutuqlar,muammolar o’z yechimini topdi. “ An’anaviy tilshunoslik “ atamasi ostida ifodalanayotgan asosiy tushunchalar. Tilshunoslik –bu til va uning tuzilishi, jumladan grammatika, sintaksis va fonetikani o’rganadigan ilmiy fan. An’anaviy grammatika zamonaviy tilshunoslik boshlanishidan oldin mavjud bo’lgan tilni o’rganish turiga tegishli. Bu tilning tuzilishi haqidagi ko’rsatmalar va qoidalar to’plami edi. Eng muhimi an’anaviy grammatikani ta’riflash zamonaviy tilshunoslikni tavsiflash bu an’anaviy grammatika va zamonaviy tilshunoslik o’rtasidagi asosiy farq. Bundan tashqari ko’pchilik an’anaviy grammatiklar yozma shaklni tilning eng muhim jihati deb hisoblashgan. Ammo zamonaviy tilshunoslar nutqni tilning eng muhim jihati deb bilishadi. Bundan tashqari an’anaviy grammatika tilni lotin asosdagi ramkaga majburlashga urindi. Ammo zamonaviy tilshunoslar bir tilni boshqasining standarti bo’yicha baholamaydilar.Tilshunoslik yoki zamonaviy tilshunoslik til va uning tuzilishini ilmiy o’rganishni anglatadi. Hozirgi kunda tilimizda ishlatiladigan an’anaviy tilshunoslik atamasi bilan zamonaviy tilshunoslik atamasini to’g’ri tavsifla olishimiz lozim. Mustaqillik sharoitida o’zbek tilshunosligida ham katta o’zgarishlar va rivojlanishlar vujudga keldi. Mustabit tuzum davrida o’zbek tilshunoslari tilning kelib chiqishi, til tarixi, ichki tuzilishi,adabiy til va dialektlar munosabati , o’zbek tilining o’ziga xos bo’lgan muammolari bilan cheklanib qolgan bo’lsa, mustaqillikdan so’ng umumiy tilshunoslikning nazariy masala va muammolari bo’yicha ham fikr – mulohazalarini bemalol ifoda etishni boshladilar. H.Nematov va O.Bozorovning “Til va nutq”, Sh.Rahmatullayening “Til qurilishining asosiy birliklari” risolalari, A.Hojiyevning “Til qurilishining asosiy birliklari yuzasidan mulohazalar” kabi maqolalarida mustaqillik tufayli erishilgan xurfikrlik o’z ifodasini topgan. Erkin fikrlay olish qobilyati bevosita tilshunoslikda ham olg’a siljishlarga turtki bo’ldi. Fikrlar xilma-xilligi tufayli tilshunoslikda ham olimlar o’rtasida ko’plab baxs-munozaralar kelib chiqdi. Bu esa albatta tilshunoslikda erishilgan yutuqlarga sabab bo’ldi. Taniqli tilshunos olim Bazel “Fikriy xilma –xillik to’xtagan joyda rivojlanish nolga teng” degan gaplari ortidagi haqiqat amalda ham o’z isbotini topdi. Tilshunoslikdagi ma’lum lingvistik qarashlar tufayli olimlar o’rtasida fikrlar jangi boshlandi. Tanqid, baxs-munozaralar tilshunoslik ilmida ham yuksalishga asosiy voita bo’la oldi. Umumiy tilshunoslikda ham ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan ba’zi tushuncha va ularning ifodalovchi atamalarni o’zgacha ta’riflash, ularni ifodalovchi muayyan fikrlar asosida nazariy bilimlarning yetishmasligi ushbu atama va tushunchalarni izohlashga majbur etmoqda. Shunday muammoli tushunchalardan biri tilshunoslikda “an’anaviy tilshunoslik” atamasi ostidagi fikrlardir. Ko’pchilik olimlar “an’anaviy tilshunoslik”ni “zamonaviy tilshunoslik”ning aksi sifatida tushunishadi. Bu fikr qay darajada haqiqatga yaqin ekanligini olimlarimizning fikr –mulohazalari orqali ifoda etmoqqa qaror qildim. Xususan, akad.A.Hojiyev “hozirgacha bo’lgan tilshunoslik “an’anaviy tilshunoslik” deb baholanayotganligi ” ni bayon qiladi va “bu fikrga qo’shilib bo’lmasligi, chunki an’anaga ko’ra ish ko’riladigan bo’lsa, ilm-fan haqida, qolaversa, o’zbek tilshunlik fani haqida gapirish mumkin bo’lmasligi” haqida o’z fikrlarini bayon qiladi1” . olimning fikrlariga o’xshash fikrlar 20yil muqaddam R.A.Budagov tomonidan ham aytilgan edi. Olim “an’anaviy tilshunoslik” va “zamonaviy tilshunoslik” atamalari go’yo “eski, qoloq tilshunoslik” va “yangi, ilg’or tilshunoslik” ma’nolarida qo’llanilishi marksistik ta’limotga mutlaqo yotligini ta’kidlagan.2 “An’anaviy tilshunoslik” “ hozirgi tilshunoslik” yoki “zamonaviy tilshunoslik” bilan zidlanmaydi. “An’anaviy tilshunoslik” sof xronologik ma’noni , ya’ni “hozirgacha bo’lgan tilshunoslik “ ma’nosi bilan chegaralanib qolmaydi. “An’anaviy tilshunoslik” hozirgi kungacha bo’lgan tilshunoslikni tushunish noto’g’ri. Zamonaviy va an’anaviy tilshunoslik atamalari bir –birini rad etmaydi. “An’anaviy tilshunoslik” tilning mohiyatiga ikki xil yondashuvchi fan sifatida system struktur tilshunoslikka zidlanadi. Ammo ular bir-birini rad etmaydi, biri ikkinchisining natijalariga asoslanadi. Tilshunoslik tarixini uch davrga bo’lgan olim E.Benvenist XX asrning birinchi choragida tilshunoslikning yangi davri ya’ni tilga sistemaviy-struktur yondashuv davri boshlanganini ta’kidladi. “Bu davrdan lingvistikaning e’tibori til falsafasiga ham, til evolyutsiyasiga ham emas , balki tilning immanent realligiga qaratiladi. Natijada lingvistika formal, ixcham sistematik fanga aylanishga intila boshladi3”. Ammo bu fikrlar orqali “an’anaviy tilshunoslik”ni aslo rad etmaydi, balki uning davomi sifatida system-struktur tilshunoslik aynan an’anaviy tilshunoslik negizida yuzaga kelgan degan fikrni ilgari suradi. XX asrda boshqa fanlar rivojlanishi bilan birga lingvistika tarixida ham asosiy e’tiborning obyektga substansional nuqtai nazardan yondashuvdan struktur –funksional nuqtai nazardan yondashuvga o’tishi bilan xarkterlanadi.4 Olimning ushbu fikriga tilshunos olim F.de Sossyurning “Umumiy lingvistika kursi”da bayon qilingan “til substansiya emas , balki shakldir” degan qarashlari sabab bo’ldi. Ushbu fikrga asosan , strukturaning substansional ajratilishi va uning nisbiy mustaqilligi e’tirof etilishi tilshunoslikning keying davrida buyuk kashfiyotlar qilinishiga turtki bo’lish bilan bir qatorda fikrlarda chalkashliklar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. F.de Sossyur substansiya va shakl atamalari zamirida sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi moddiy vositalar va bu moddiy vositalar ostida yotgan munosabatlarni tushunadi., til shakldir deganda tilning munosabatlar sistemasi ekaniga urg’u beradi. Tilning moddiy tomoni , ya’ni tovush tomoni substansiya sifatida ikkinchi planga surildi. Shuning natijasida olim til va nutqni ajratdi. A.Gardiner F.de Sossyurning bu dixotomiyasidan ta’sirlanib, tilshunoslikning bundan keyingi barcha yutuqlari ana shu izlanishga asoslanadi deb bashorat qilgandi.5 Nutqiy faoliyat til va nutqning dialektik munosabatidan tashkil topishining e’tirof etilishi sistemaviy tilshunoslikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Sistemaviy tilshunoslikka zidlanuvchi an’anaviy tilshunoslik tilni , F.de Sossyur ta’biri bilan aytganda , substansiya deb tushunadi va asosiy e’tiborni bevosita sezgi a’zolarimiz ta’siriga beriladigan moddiy vositalarni o’rganishga qaratadi. Tilning ontologik tabiati yuzasidan an’anaviy va sistemaviy tilshunoslik o’rtasidagi birinchi farq sanaladi. Tilning ontologik muammosi bo’yicha yuqoridagi tilshunoslik yo’nalishlarining ikkinchi farqi tilning ichki tuzilishiga yondashuv masalasidir.6 Substansiya ma’nosi F.de Sossyur ta’biri bo’yicha tilshunoslikda qo’llangan. Keyinchalik esa substansiya so’zi o’z muqobil varianti bo’lgan mohiyat ma’nosida qo’llanila boshlagan. An’anaviy tilshunoslik substansiyaning muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topganiga asosiy e’tiborni qaratsa, sistemaviy tilshunoslik substansiyani tashkil etgan qismlarning o’zaro munosabatini, ana shu munosabatlar orqali namoyon bo’layotgan farqlovchi(markaziy, differensial, dinstinktiv) va farqlanmaydigan (chegara , nodifferensial, nodinstinktiv) belgilarini aniqlash va ana shu yo’l bilan shakl(mohiyat)ni lingvistik birliklarning modelini belgilshni bosh maqsad qilib qo’yadi. Ularning fikricha , har qanday o’rganilayotgan obyekt obstrakt konstrukt darajasiga olib chiqilgandagina o’zining haqiqiy ilmiy talqinini topadi.7 Sistemaviy tilshunoslikda asosiy e’tibor munosabatga qaratiladi , moddiy tomon esa bundan mustasno. Lingvistik reallik sifatida muayyan bir tilning alohida tomoniga emas , sistema sifatidagi til e’tirof e’tiladi. Sistemaviy tilshunoslikning an’anaviy tilshunoslikdan uchinchi farqi , tilga belgilar sistemasi sifatida qaraydi. Belgilar sistemasi bilan shug’ullanuvchi semiotikaning tarkibiy qismi sifatida tilshunoslikni tushunadilar. Tilda mohiyat va shakl tushunchalarini bir-biridan ajratish fonologik sathda turli fikrlar xilma-xilligini keltirib chiqardi. Tilshunoslikda tovushlarning artikulyatsion-akustik belgilari o’z doirasidan chiqarib yuborildi va tabiiy fanlarning o’rganish obyekti sifatida sanala boshlandi. An’anaviy tilshunoslik mohiyatni o’rganishga e’tibor qaratgani uchun , uning asosiy maqsadi qilib tilning akustik-artikulyatsion vositalar yordamida bevosita yuzaga chiqish jaryonini o’rganishni qo’yadi. Faqat tilning nazariy tomonini o’rganish bilan hech qanday natijaga erisha olmasliklarini olimlar tushunishgani holda tilning yuzaga chiqish omillari va jarayondagi o’zgarishlarga katta ahamiyat bera boshladilar. Sezgi a’zolarimiz bilan xis qila oladigan uni idrok eta oladigan ba’zi bir tushunchalar borki, ularni izohlab o’tishni lozim deb topdik. Sistemaviy tilshunoslik an’anaviy tilshunoslikdan gnoseologik nuqtai nazaridan ham farq qiladi.An’anaviy tilshunoslik bevosita kuzatishda berilgan moddiy vositalarni o’rganish bilan shug’ullanib, bilishning induktiv usuliga asoslansa, sistemaviy tilshunoslik moddiy vositalar yordamida yuzaga chiquvchi , ularning har birida o’zgarmas belgi, mohiyat, immonent birliklarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Tilshunos olim L.Elmslev struktura o’sib borish usuli bilan xarakterlanishi va bu o’sib borishni faqatgina anglab olish yo’li bilangina yoritish mumkinligini aytgan va obyektni induktiv usul orqali o’rganishga asoslangan an’anaviy tilshunoslikdan farqlanishini aytib o’tgan. An’anaviy tilshunoslikka zid qo’yilayotgan sistemaviy tilshunoslikni “ilg’or tilshunoslik” sifatida talqin qilish ham doimo to’g’ri bo’lavermaydi. Tilshunos olim F.de Sossyur tilshunoslikda tilning faqat ichki lingvistika muammo va masalalarini o’rganadi va tashqi lingvistika e’tiboridan chetda qoladi. Tilning ichki tuzilishi, uning ichki tuzilishidagi birliklar orasidagi munosabatlarni asosiy o’rganish obyekti sifatida ko’rgan sistem tilshunoslik tilning yuzaga chiqish omillari va til evolyutsiyasi va hokazolarni o’rganishdan chegaralandi. An’anaviy tilshunoslik til va jamiyat, til va so’zlovchi shaxs, til evolyutsiyasi , adabiy til va xalq shevalari o’rtasidagi munosabat, til va tafakkur, matn lingvistikasi kabi qator masalalarni hal etishda tashabbusni o’z qo’liga oldi. Tilshunoslikning bu ikki yo’nalishi bir –biridan alohida belgilari, o’rganish obyektlari bilan farq qilsada, ikkisi ham tilshunoslik rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatib kelmoqda. An’anaviy lingvistika asosiy e’tiborni mazmunga qaratsa, struktural lingvistika e’tiborni shaklga qaratdi. Til munosabatlardan alohida holda hech qachon rivojlanmaydi va mavjud bo’lmaydi. Shu o’rinda ikki yo’nalishda ham shaklsiz mazmun, mazmunsiz shakl bo’lmasligini dunyo dialektikasi ancha oldin isbotlab bergan. An’anaviy tilshunoslik va struktur tilshunoslik o’z kamchilik va yutuqlariga ega tilshunoslikning teng huquqli bo’lgan ikki yo’nalishidir. Hozirgi tezkor axborot vositalari rivojlangan davrga kelib tilshunoslkda ham yo’nalishlarning qay biri bo’lishidan qat’iy nazar, ikki yo’nalishning ham kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida , ularning afzalliklarini uyg’unlashtirib , tadqiqot jarayonida ularning kuchli tomonlaridan foydalanib kelinmoqda. Download 48.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling