An’anaviy tilshunoslik
Struktur tilshunoslikning asoslari va yo’nlishlari
Download 48,56 Kb.
|
kurs ishi
Struktur tilshunoslikning asoslari va yo’nlishlari.
Strukturaviy tilshunoslik- tilshunoslik yo’nalishlaridan biri , tilga nisbtan ilmiy qarashlar va uni tadqiq etish usullari majmui. Tilni aniq, ajralib turadigan struktur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va boshqa)larga ega bo’lgan belgilar tizimi tarzida tushunish va tilni qat’iy (aniq fanlarga o’xshatib)formal tavsiflashga intilish mazkur qarashlar va usullar asosini tashkil etadi. Strukturaviy tilshunoslik o’z nomiga til strukturasiga bo’lgan alohida e’tibori tufayli olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar doirasida iyerarxik (pog’onali) bog’lanishda joylashgan va tartibga solingan elementlari o’rtasidagi munosabatlarini ifodalaydi. Tilni struktur jihatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (o’zgarmas) birliklar(ran qoliplari, morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni aniq,nutqiy bo’laklar bilan munosabatini qat’iy qo’llanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi tahlilni talab qiladi. Struktur tilshunoslik g’oyalari asosida strukturaviy (formal) grammatika yuzaga keldi, mashina tarjimasi bilan bog’liq masalalar kun tartibiga olib chiqildi va ma’lum darajada o’z yechimini topdi. Tilshunoslikda matematik tadqiqot usullarining keng qo’llanishiga imkon tug’ildi. Struktur tilshunoslik garchi XXasrning 20-30-yillarida alohida yo’nalish sifatida shakllangan bo’lsada, uning dastlabki kurtaklari qadimgi hind tilshunosi Panini asarlarida, o’rta asrlardagi universal grammatikalarda , R.Dekart va G.V.Leybnitsning falsafiy lingvistik grammatikalarida uchraydi. Strukturaviy tilshunoslikning paydo bo’lishida I.a.Boduen de Kurtene , F.F.Fortunatov, E.Sepir, L.Blumfild , ayniqsa, F.de Sossyurning ilmiy izlanishlari va amaliy faoliyati muhim rol o’ynagan. Strukturaviy tilshunoslikning konsepsiya va metodlari uning ayrim maktablari(Praga lingvistik to’garagi –funksional tilshunoslik; kopengagen maktabi-glossematja ; Amerika maktabi-deskriptiv tilshunoslik) hamda bu maktablarga mansub bo’lmagan E.Benvenist , A.Martine, L.Kurilovich, Ye.D.Polivanov va boshqa olimlar tomoidan ishlab chiqilgan. Strukturaviy tilshunoslikning 50-yillargacha bo’lgan rivojlanish bosqichida tilni formal tavsiflash , uning mazmun jihatini inkor qilish , til tizimini matematik tizim sifatida tushunish ustunlik qilganligi tufayli strukturaviy tilshunoslik qattiq tanqidga uchragan. 50-yillardan keyin esa lisoniy ma’noni o’rganish kuchayadi, ma’no-mazmunni tavsiflashning struktur usullari ishlab chiqiladi. Bu davrda fonologik tahlil usullari grammatika va semantikaga ko’chiriladi. Strukturaviy tilshunoslikning o’zi esa yangi yo’nalishlarga qo’shilib ketib , 70-yillarda alohida yo’nalish sifatida barham topdi. Strukturaviy tilshunoslik ishlab chiqqan usullar adabiyotshunoslik, etnologiya, psixologiya, antropologiya,san’atshunoslik kabi ijtimoiy-gumanitar fanlardan boshqa usullar bilan yonma-yon qo’llanilmoqda. Tilshunoslikda strukturalizm XIX asrning 70-yillaridan hukm surgan yosh grammatikachilarning pozitivistik qarashlariga qarshi maydonga keldi. Bunga fransuz “sotsiologik maktabi” qarashlari ma’lum darajada turtki bo’ldi. Yosh grammatikachilarning “fonetik qonun” va “analogiya amali”singari tilning asosiy tushunchalariga shubha bilan qarashga turtki bo’ldi. Boshqa ilmiy oqim kabi strukturalizm ham o’z g’oyaviy asoslariga ega . Struktur tilshunoslikning paydo bo’lishiga I.A.Boduen de Kurtene va F.de Sossyur kabi olimlarning ilmiy qarashlariga asos bo’ldi. I.A.Boduen da Kurtene va uning o’quvchisi Krushevskiy fonema haqidagi qarashlari struktur tilshunoslikdagi fonologik nazariyaga asos bo’ldi. Tilshunoslikka funksionallik tamoyilini olib kirgan olim I.A.Boduen da Kurtene lingvistik vositalar nutq jarayonidagi bajaradigan vzifasiga qarab belgilanishini isbotlab bergan. Bu esa o’z navbatida fonetika sohasida fonema tushunchasini vujudga kelishiga asos bo’ldi. Olim nutqiy jarayondagi fiziologik tavsifi bilan teng bo’lmagan tovush haqida fikr yuritdi va fonema tushunchasiga asos soldi. Mashhur shvet olimi F.de Sossyurning tilshunoslikdagi eng katta xizmatlaridan biri sinxroniya va diaxroniyani farqlab berdi. Shu bilan birga sinxron nuqtai nazar ma’lum bir tilning muayyan bir davrida mavjud bo’lgan elementlarning o’zaro uzviy bog’liqlik sistemani hosil qiladi degan fikrni vujudga kelishiga zamin yaratdi. Olimning fikriga ko’ra til qismlari sinxron munosabatda o’rganilishi mumkin bo’lgan sistemadir. Boduen va Sossyur g’oyalariga asosan funksional va struktural nuqtai nazar hozirgi kunda tilshunoslik rivoji uchun mustahkam zamin yaratuvchi yagona nazariyadir degan fikrlari mavjud. XX asr boshqa fanlar taraqqiyotida bo’lgani kabi lingvistika tarixida ham asosiy e’tiborning obyektga substansional nuqtai nazardan yondashuvdan struktur-funksional nuqtai nazardan yondashuvga o’tish bilan xarakterlanadi.8 Bu fikrga Sossyurning tilning mohiyat ekanligi, shakl emasligi haqidagi fikrlari sabab bo’ldi. Olimning qarashlariga ko’ra shaklning mohiyatdan ajralishi va uning nisbiy mustaqilligi e’tirof etilishi keying davrda tilshunoslik uchun yuksak kashfiyotlar qilish bilan birgalikda, bir qator noto’g’ri qarashlarning vujudga kelishiga ham imkon berdi. Olim substansiya(mohiyat) va shakl atamalari ostida sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi moddiy vositalar zamirida yotgan munosabatlarni tushunadiva tilning shakl ekanligiga tilning munosabatlar sistemasi sifatida tavsiflaydi. Tilning moddiy tomoni ,ya’ni tovush tomoni mohiyat sifatida ikkinchi planga tushiriladi. Shunday fikrlar turfaligi va xilma-xilligi bilan tilshunoslik tarixida sistem-struktur tilshunoslik yangi bir davrning boshlanishiga asos bo’la olgan yangi yo’nalish sifatida bo’y ko’rsatdi. Tilshunoslikda struktura atamasi turli ma’noda talqin qilinadi. Ulardan keng tarqalgani ikki xildir. Birinchisida struktura deb o’zaro bog’langan va shartlangan munosabatda bo’lgan elementlardan tashkil topuvchi butunlik tushuniladi . strukturaga bunday yondashuv o’rganilayotgan obyektni uni tashkil etgan elementlar o’rtasida ichki aloqa va bog’liqlikni yoritishni talab etadi. Ikkinchi yo’nalishda esa struktura sof shakllar va sof munosabatlar sifatida tushuniladi. Shakl esa konkret qo’llanilishidan uzilgan holda talqin qilinadi. 9 XIX asrning 70-yillarida yosh grammatikachilarning tillar taraqqiyoti fonetik qonuniyatlar asosida belgilanadi degan g’oyasi hukm surar bunday aqida tilshunoslikning tamal toshiga aylangan edi. G.Shuxardt fonetik qonuniyatlar haqida maqolasida tilshunoslikda hukm surgan ana shu dogmatik qarashga qat’iy qarshi chiqadi. Uning fikriga ko’ra til taraqqiyotini faqatgina tashqi mehanik factor bilan belgilab bo’lmaydi. Til taraqqiyoti qonuniyati fiziologik faktor bilan birga psixologik tomon bilan ham bog’liqdir. Lekin bu faktor yosh grammatikachilar e’tiboridan chetda qoladi. Shu bilan bo’liq holda G.Shuxardt til elementlarining o’zaro uzviy bog’liqligi haqida fikr yuritadiki, bu fikr XX asrda keng tarqalgan tilning sistemaviy xarakteriga urg’u beruvchi struktur tilshunoslikninhg shakllanishiga ma’lum darajada turtki bo’ldi. Struktur tilshunoslik asoschisi F.de Sossyurning “Umumiy lingvistika kursi” bo’yicha ma’ruzalari tilshunoslik tarixida sistem-struktur tilshunoslikning shakllanishiga olib keldi. Sossyur yosh grammatikachilarning individual til haqidagi g’oyasini davom ettirgan holda tilde individuallik va sotsiallik o’rtasidagi munosabatga asosi e’tiborni qaratdi. Shuningdek, V.Gumboldning til ergon emas, balki energiya ekani haqidagi g’oyasidan foydalangan holda tilshunoslikning o’rganish obyekti lisoniy faoliyat bo’lishi lozim degan xulosaga keladi. Lisoniy faoliyat sotsiallik bilan individuallikni o’zida birlashtirgan murakkab jarayon ekanini e’tirof etadi. U o’zaro dialektik aloqada bo’lgan til va nutqning munosabaridan tashkil topgan butunlik ekanini ilmiy asoslab berdi. A.A.Xolodovich ta’kidiga ko’ra Sossyurning asosiy tayanch nuqtasi semiologiya deb nomlanuvchi alohida ijtimoiy fanning ajralib chiqishi uning o’rganish obyekti jamiyat tomonidan foydalanilayotgan belgilarning umumiy nazariyasi bo’lishi lozimligini ko’rsatishi. Sossyur lingvistikani alohida belgilar haqidagi fan deb hisoblaydi va uni semiologiyaning muhim tarmog’i sifatida e’tirof etadi. Til eng murakkab va eng keng tarqalgan semiologik Sistema ekanini ta’kidlaydi. Til har qanday semiologik sistema kabi ma’lim bir sharoitda rivojlanadi va ba’zan halok bo’ladi. Shuning uchun uni sharoitdan uzib olib bo’lmaydi. Shu bilan birga u o’zining ichki tuzilish xususiyatiga ega bo’ladi. Bu esa Sossyurning lingvistikani ikki turga tashqi va ichki lingvistikaga bo’lishni taqazo e’tadi. Tashqi lingvistika tilning yashashi uchun zarur bo’lgan tashqi sharoitlarni , ichki lingvistika esa o’zi o’rganayotgan obyektning ichki tuzilishi va xususiyatini o’rganadi. F. de Sossyurning tilshunoslikdagi xizmati shundaki, u tilni substansiya emas , shakl deya e’tirof etdi. Sossyur sistemaning ikki muhim xususiyatini ko’rsatadi : a) sistemaning barcha a’zolari tenglikka ega; b) Sistema yopiq hisoblanadi. Lekin keyinchalik tilde ochiq sistemalar ham borligi aniqlandi. F. De. Sossyur konsepsiyasida Sistema bilan birgalikda struktura atamasi ham muhim ahamiyatga ega. Struktura atamasi ostida Sistema a’zolarining munosabat tiplari tushuniladi. E. Benvenist turli sistemalarni tahlil qilish natijasida til shakllari ma’lum strukturaga ega, degan xulosaga keladi va uning quyidagi xususiyatlarini ko’rsatadi: 1. U qismlari ustidan hukmronlik qiladigan ma’lum butunlik birligi sanaladi; 2. Bu birliklar ma’lum barqaror tamoyillar asosida shakliy tartibga solingandir; 3. Butunning barcha qismlari u yoki bu vazifani bajargani tufayligina struktura xarakteriga ega bo’ladi; 4. Bu qismlar ma’lum sathning har bir birligi boshqa yuqoriroq sathning kichik birligi, ya’ni butunning bo’lagi bo’lishi mumkin. Munosabatlar yig’indisi tilning aloqa vositasi sifatida amal qilishni belgilaydi. Bu esa uning sotsialligini ko’rsatadi. Lekin “tilning boshqa sotsial hodisalardan, xususan, siyosiy, huquqiy hodisalardan farqi nimada?”, - degan savolga F. de Sossyur : “Til g’oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasidir”, deb javob beradi. Shuning uchun Sossyur lingvistik ta’limotida libgvistik belgi masalasi markaziy o’rinni egallaydi. Boduen de Kurtene va F. de Sossyur struktur tilshunoslikka asos soldilar. Yuqorida ta’kidlanganidek, keyinchalik struktur tilshunoslikning turli maktablari maydonga keladi. Hozirgi davrda strukturalizmning asosiy maktablari uchta bo’lib, ular Praga strukturalizmi, Amerika strukturalizmi va Kopengagen strukturalizmi nomi bilan ataladi. Download 48,56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling