2 -amaliy mashg‘ulot Normal meteorologik sharoitlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar. Shamollatish


Download 86.36 Kb.
bet1/7
Sana16.01.2023
Hajmi86.36 Kb.
#1094798
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy


2 -Amaliy mashg‘ulot


Normal meteorologik sharoitlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar. SHamollatish
Ishdan maqsad:Ishlab chiqarish xonalarida normal sanitar-gigienik va meteorologik sharoitlarni ta’minlovchi muhim vositalari bilan tanishish.
Ishlab chiqarish xonalarida normal sanitar-gigienik va meteorologik sharoitlarni ta’minlovchi muhim vositalardan biri bu shamollatishdir. Gaz, bug‘, chang va issiqlikning ajralib chiqishi vaqtida shamollatuvchi havoning katta xajmida ularning suyultirilishi, odatda normal sanitra-gigienik sharoitlarni ta’minlamaydi. Ishlab chiqarish xonalaridagi havo muhitini sog‘lomlashtirishning asosiy chora-tadbirlari bu - apparaturalarni germitiklash, yopmq transport vositalarini qo‘llash, suyuqliklarning bug‘lanish yuzalarini va chang chiqishi mumkin bo‘lgan joylarni to‘liq berkitish, changlanuvchi materiallarni namlash kabilardir. Konveksion va nursimon issiqlik ajralish manbalarini izolyasiyalab, ekranlar, shitlar, suvli yoki g‘avoli chodirlar bilan yopiladi.
Havo almashinishininsh tashkil etilishiga ko‘ra shamollatish umumiy almashinishli, joydagi va murakkab turlarga ajratiladi. Umumiy almashinishli shamollatishda havo almashinishi xonaning to‘liq xajmi bo‘ylab bo‘lib o‘tadi. Bu turdagi havo almashinishini oz miqdordagi zaxarli moddalar butun xona bo‘ylab bir tekis tarqalgan vaqtlarda qo‘llaniladi.ajralib chiqqanda Joyidagi shamollatitishnizaharli ajralma (gaz, bug‘, chang, ortiqcha issiqlik) larni ular hosil bo‘lgan joyidan so‘rib olish va xonadan chiqarib yuborish uchun qo‘llaniladi. Murakkab tizimda esa bir vaqtning o‘zida ham umumiy almashinishli, ham joyidagi shamollatishni birgalikda qo‘llanishni nazarda tutiladi. Joyidagi shamollatishni uskunalariga va ekspluatatsiya qilinishiga oz miqdordagi xarajatlar sarflanadi. Havo siljishi usuliga ko‘ra shamollatish tabiiy va mexanik turlarga bo‘linadi.. Tabiiy shamollatishda havo issiqlik bosimi yoki shamol ta’siri kabi tabiiy faktorlar ta’siri ostida siljiydi. Mexanik shamollatishda havo ventilyatorlar, ejektorlar va x.k.lar yordamida siljiydi. Tabiiy va sun’iy shamollatishlarning uyg‘unlashuvi shamollatishninig aralash tizimini yuzaga keltiradi.
SHamollatishning maqsadiga ko‘ra, ya’ni havoning xonaga uzatilishi (oqib kelishi) yoki chiqarib yuborilishi (chiqarilishi)ga ko‘ra shamollatish oqib kiradigan yoki chiqarib yuboriladigan deb ataladi. Bir vaqtning o‘zida havoni oqib kiradigan va chiqarib yuboriladigan shamollatishni oqib kiruvchi-chiqarib yuboriluvchi shamollatish deb ataladi. Ishchi zonaga katta miqdordagi zaxarli va portlashga xavfli moddalarni to‘satdan tashlanishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida avariyaviy shamollatish ko‘zda tutiladi.
Xonadagi havoning tabiiy harakati uning xona tashqarisidagi va ichidagi zichliklarining orasidagi farq (issiqlik bosimi) natijasida, shuningdek, binoning shamolga qaragan va shamolga qarshi tomonlaridagi tashqi havoning bosimlari farqi ta’siri ostida yuzaga keladi. (1 rasm).
Tabiiy shamollatish mexanik shamollatishga qaraganda birmuncha arzonroq, chunki havoning katta xajmi xonaga ventilyatorlar va xavouzatgichlar yordamisiz uzatiladi va chiqarib yuboriladi. SHamollatish so‘rib chiqaruvchi kanallar, darchalar orqali amalga oshiriladi.


Download 86.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling