W– xonani shamollatish uchun havo xajmi, m3/s;
Vp– xona xajmi, m3.
Ko‘pgina kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari uchun texnologik jarayonlarni normal olib borilganda K 3 dan 10gacha oraliqlarda o‘zgaradi.
Zaharli mahsulotlar konsentratsiyasi bo‘yicha hisoblash. Ishlash xonasidagi umumiy almashinish orqali shamollatish bilan havoni almashtirish uchun zarur bo‘lgan havoning minimal miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerdaW – xonadan so‘rib chiqarilayotgan havo xajmi, m3/s;
q– ishlash xonasida ajralib chiqayotgan zaxarli moddalar (joydagi so‘rib chiqariladigan havodan tashqari) miqdori , kg/s;
SD– sanitar normalar bo‘yicha zaharli moddalarning chegaraviy mumkin bo‘lgan tarkibi, mg/m3;
S0– uzatilayotgan “sof” havodagi zaharli moddalar tarkibi, mg/m3,
So‘rib chiqarilayotgan tashqi havodagi zaharli moddalar tarkibi (zavodning havo basseyniga texnologik va shamollatish gazlarini chiqarib tashlash hisobiga) ularning ishlash xonasidagi chegaraviy mumkin bo‘lgan havo konsentratsiyasining 30% idan oshmasligi shart.Mana shu konsentratsiyadan oshib ketgan hollarda shamollatuvchi havoni maxsus tozalash talab etiladi.
Yuqorida keltirilgan formuladan foydalanish uchun ishlash xonasiga jixoz va uskunalardan ajralib chiqadigan zaharli moddalar miqdorini (d) bilish zarur.Unitahlillar yordamida va so‘rib chiqarilayotgan havo xajmini o‘lchash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Taqriban uni jixoz va uskunalarning germetiklik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisoblab topiladi:
bu yerda
q – jixozva uskunalar nozichligi tufayli ajralib chiqadigan modda miqdori , kg/ch;
Do'stlaringiz bilan baham: |