Elektr motorlari, kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi
Download 38.25 Kb.
|
atrabotka tb 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- «To‘xta! Kuchlanish!»
Mavzu:Elektr motorlari, kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllar, xamda tok transformatorlarining elektr xavfsizligi. REJA: Elektr motorlari Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllar. Tok transformatorlari. Elektrodvigatellar va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlarining tok o‘tkazuvchi va aylanayotgan qismlariga tegish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar olib borilganda, elektrodvigateldan kuchlanish olib tashlanishi shart. Elektrodvigatellarni tok o‘tkazuvchi qismlari va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlariga va aylanayotgan qismlariga tegib ishlash kerak bo‘lmagan barcha ishlarni dvigatel ishlab turgan paytida bajarish mumkin. Elektrodvigatelda ish olib borilganda erga ulagichni elektrodvigatelni taqsimlovchi uskuna (shchit) bilan bog‘lovchi kabel elektr tarmog‘ining istalgan qismiga qo‘yish mumkin. Mexanizmlarning aylanayotgan qismiga tegish darkor bo‘lmagan ishlarni bajarishda va ulovchi muftani bo‘shatib ajratish kerak bo‘lgan taqdirda kabel elektr tarmog‘ini erga ulash talab qilinmaydi. Agar o‘chirilgan elektrodvigateldagi ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga to‘xtatilgan bo‘lsa, elektrodvigatelni elektr tarmog‘i bilan ulaydigan kabel elektr tarmog‘i elektrodvigatel tomonidan erga ulab qo‘yilishi shart. Kabelning ko‘ndalang kesimi ko‘chma erga ulash uskunasini qo‘llashga imkon bermasa, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektrodvigatellarda kabelning fazalari payining ko‘ndalang kesimidan kam bo‘lmagan mis sim bilan yoki kabelni fazalari paylarini o‘zaro bir-biriga ulab ularni izolyasiyalash keraq Ushbu erga ulash yoki kabel fazasi paylarini bir-biriga ulash, tezkor-dispetcherlik jurnalida ko‘chma erga ulagichlar singari hisobga olinishi shart. Nasoslar, tugun mo‘rilari va havo yuboruvchi uskunalar elektrodvigatellarida, agar ushbu uskunalarga ulangan mexanizmlar orqali elektrodvigatelni aylanib ketishi mumkin bo‘lsa, elektrodvigatellarda ishlashga ijozat berishdan oldin ularning zadvijka va shiberlari yopilishi va qulflanishi, shuningdek elektrodvigatel rotorlarini tormozlash choralari ko‘rilishi shart. Ish olib borilayotgan elektrodvigatel yaqinida joylashgan bir xil turdagi yoki unga o‘xshash gabaritli elektrodvigatellarga, ishlab turishidan yoki zaxirada turganidan qat’iy nazar «To‘xta! Kuchlanish!» degan shiorlar osilishi shart.
YUritmasi qo‘ldan boshqariladigan yurgizish apparatlari bilan jihozlangan elektrodvigatellarni ulash yoki (yoqish) va o‘chirish dielektrik qo‘lqopda bajarilishi zarur. Boshqaruv mexanizmlarining elektr yuritmalari shiber, zadvijka va boshqa qurilmalar bilan ulangan bo‘lsa, zadvijkalarning elektr yuritmasini ishlash-ishlamasligini tekshirish, o‘sha uskuna o‘rnatilgan texnologik sexning smena boshlig‘i ruxsati bilan maxsus brigada amalga oshirishi shart. Ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risida texnologik sexning tezkorlik-jurnaliga, bu ruxsatni olganligi haqida esa ishlash-ishlamasligini tekshiruvchi sexning (bo‘limning) tezkorlik jurnaliga yozib qo‘yiladi. Boshqaruvchi mexanizmlar, tartibga soluvchi organlari va ochib-yopuvchi apparatlarga ulanmagan elektroprivodlarni, elektr yuritmalarning elektr chizmalarini ta’mirlash va sozlash farmoyish bilan bajarilishi mumkin. Ularni ishlash-ishlamasligini tekshirishga farmoyish bergan xodim ruxsat beradi. Bu to‘g‘ridagi yozuvni farmoyish ro‘yxatga olinayotganda yoziladi. Ish batamom bitirilgunga qadar elektrodvigatelni ishlash-ishlamasligini tekshirish uchun, uni elektr tarmog‘iga ulash tartibi quyidagicha: - ish naryad bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ishboshchi naryadning 3-jadvalida ish tamom bo‘lganligini rasmiylashtirib, naryadni topshiradi; - ish farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ish to‘xtatilishi va brigada ish joyidan chiqarilishi shart. Ishlash ishlamasligi tekshirilgandan so‘ng naryadning 3-jadvali rasmiylashtirilib, brigada qayta ishlashga ijozat beriladi. Ish farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, brigadaga qayta ishlashga ijozat berish uchun yangi farmoyish beriladi. Download 38.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling