Naryad va farmoyish berish tartibi
Download 17.71 Kb.
|
NARYAD VA FARMOYISH BERISH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar royxati
NARYAD VA FARMOYISH BERISH TARTIBI Naryad va farmoyish berish, ular haqida umumiy tushuncha Naryad, bu farmoyish beruvchi shaxs tomonidan bajariladigan ishni xavfsiz bajarish shartini belgilaydi. U naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarini to‘g‘riligi va yetarli darajadaligiga, brigada a’zolarining malakasi va soni bo‘yicha yetarligiga, ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxsni tayinlashga, shuningdek naryadda ko‘rsatilgan xizmatchilarni elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi, ular bajarishi kerak bo‘lgan ishga muvofiq ekanligiga javobgardir. Naryad - ijozat toldirish haqida korsatma 1. Naryaddagi yozuvlar aniq bolishi kerak. Naryadni qalam bilan toldirish va tekstlarga tuzatishlar kiritish man qilinadi. 2. Naryadlarni tartib raqami bilan belgilashni korxona rahbariyati ornatadi. 3. Sana yozilayotganda avval kun, keyin oy va songida yilning oxirgi ikki soni korsatiladi, masalan, 02.11.94. 4. Naryadda korsatilayotgan shaxsning familiyasidan tashqari uning ism sharifi va elektr xavfsizligi boyicha gruppasi yoziladi. 5. Naryadda elektr uskunalarning, ulamalarning, jihozlarning dispetcherlik nomi (belgisi) korsatiladi. 6. Agar naryadni toldirishda jadvaldagi bosh qatorlarga va tekstga yozish uchun joy yetishmasa, yozuvni davom ettirish uchun naryad beruvchining imzosi bilan, naryadning asosiy nusxasidagi tartib raqami bilan unga qoshimcha naryad blanki biriktiriladi 7.«Bolinma» deb korsatilgan qatorga elektr uskunada ish olib borish lozim bolgan korxonaning bolimi (sex, xizmat, tuman, uchastka) korsatiladi. 8. Ish rahbari tayinlanmay bajariladigan ishlarda «Ish rahbari» degan qatorga «Tayinlanmaydi» deb yozib qoyiladi. 9.«Ijozat etuvchi» degan qatorda tezkor-tamirlash xodimlaridan yoki ishboshchi tarafidan ijozat etuvchi huquqini orindoshlik yoli bilan bajarishga tamirlash xodimlaridan tayinlangan shaxsning familiyasi korsatiladi. 10.«Brigada azolari» degan qatorlarda brigada azolarining hammasi qayd qilinishi zarur. 11.«bilan quyidagi ish topshiriladi» degan qatorda: - elektrostansiya, podstansiyalarning elektr uskunalarida va kabel tarmoqlarida ish bajariladigan joydan elektr uskunaning nomi va uning ulamalari hamda ishning mazmuni korsatiladi, masalan: Podstansiya «Yulduz», 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi uskuna, I va II shinalar. tizmasi orasidagi ochirgich, ochirgich izolyatorlarini almashtirish. 12.«Ish boshlansin» va «Ish tamomlansin» qatorlarida ushbu naryad boyicha ishni boshlash va tugatish sanasi hamda vaqti korsatiladi. 13. Elektrostansiyalar, podstansiyalar elektr uskunalarida va kabel elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarilganda, 1 jadval kataklarida quyidagilar korsatiladi: - 1 katakda-kommutatsion apparatlar bilan operatsiya qilinishi va yerga ulagich ornatilishi zarur bolgan elektr uskunalarning nomlari; - 2 katakda-operatsiya bajarilishi zarur bolgan kommutatsion apparatlar, ulamalar, jihozlar, uskunalar nomlari (belgilari) va yerga ulagich ornatilishi zarur bolgan joylar. Ikknlamchi zanjirlarda, rele himoyasi, avtomatika, telemexanika aloqa qurilmalarida ochirilgan joylarni 1-jadvalda korsatish talab qilinmaydi. Taqsimlovchi qurilmada ularni ekspluatatsiya qilmaydigan xodim tomonidan ochirilib va yerga ulagich ornatiladigan havo elektr uzatish tarmogi va kabel elektr uzatish tarmogi (masalan: elektrostansiya va podstansiya navbatchisi) uchun 1 jadval kataklari quyidagicha toldiriladi: - 1. katakda-elektr uzatishtarmogi ochirilishi zarur bolgan elektrostansiya yoki podstansiya nomi: - 2. katakda-elektrostansiya yoki podstansiya nomiga moslangan elektr uzatish tarmogining nomi (belgisi). 14. Havo elektr uzatishtarmoqlarida ish bajarilganda 1 jadval kataklarida quyidagilar korsatiladi: - 1 katakda-naryadning «Quyidagi ish topshiriladi» degan qatoriga yozilgan elektr uzatish tarmogining, zanjirining, simlarning nomi, hamda tamirlanayottan elektr uzatish tarmogi yoki zanjirdagi tamirlash bilan bogliq ochirilishi va yerga ulagich ornatilishi zarur bolgan boshqa elektr uzatish tarmogining nomi (masalan, tamirlanayotgan elektr uzatishtarmogi kesib otgan yoki uning yaqinidan otgan elektr uzatish tarmogi, kopzanjirli havo elektr uzatish tarmogining boshqa zanjirlari va hokazolar); - 2 katakda tezkor tamirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi tomonidan ochiriladigan va yerga ulagich ornatiladigan havo elektr uzatish tarmoqlari uchun taqsimlovchi qurilmadagi va havo elektr uzatish tarmogining ozidagi kommutatsion apparatlarining nomi va yerga ulagich ornatilishi zarur bolgan ustunni tartib raqami. SHu bilan birga ushbu katakda 5.6.2., 5.6.6.-5.6.8., 5.6.10-bandlarga asosan ish joyida ishboshchi simlar va trosslarga yerga ulagich ornatishi shart bolgan ustunlarning tartib raqamlari yoki ustunlar oraligi korsatilishi kerak. Agar naryad berish paytida yerga ulagich ornatilishi lozim bolgan joyni aniqlash mumkin bolmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga kochirib bajarishni talab qilsa, ushbu katakda «ish joylarida yerga ulagich ornatilsin» deb yozilishi zarur. 2 katakda shuningdek ishboshchi tomonidan tamirlanayotgan havo elektr uzatish tarmogi bilan kesishgan yoki uning yaqinidan otgan havo elektr uzatish tarmogiga ornatilishi kerak bolgan yerga ulagich joyi ham korsatilishi kerak. Agar ushbu havo elektr uzatish tarmogi boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning «Alohida korsatmalar» degan qatoriga boshqa korxona xodimlari tomonidan ornatiladigan yerga ulagichni tekshirish zarurligi korsatilishi kerak. 15. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bolgan kommutatsion apparatlar bilan bajariladigan operatsiyalar kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga ozgartirishlar kiritish bilan bogliq bolgan qayta ulashlar (taqsimlovchi uskunalarda bir ulamani ochirib, boshqa shinalar tizmasiga otkazish, tarmoq uchastkasini bir manbadan ikkinchi manbaga otkazish va hokazolar) jadvalga yozilmaydi. 16. Tezkor-tamirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchiga, naryad berish paytida oldindan tayyorlangan ish joyiga brigadani quyish topshirilgan hollarda 1 jadvalning 2 katagiga naryad beruvchi ish joyini tayyorlash uchun zarur bolgan ochirilishi va yerga ulagich qoyilishi kerak bolgan operatsiyalarni yozib, ushbu operatsiyalardan qaysilari bajarib qoyilganini korsatib qoyishi kerak. Ish joyini tayyorlash talab qilinmaydigan ishlarda 1 jadval kataklariga «Talab qilinmaydi» deb yozib qoyiladi. 17.«Alohida korsatmalar» qatoriga quyidagilar yoziladi: - ishchilarning xavfsizligini taminlovchi qoshimcha choralar (tosiqlar ornatish, ish bajarilayotgan xonalarda vodorod yoqligini tekshirish, yonginga qarshi xavfsizlik choralari va hokazolar); - ish rahbarini uzluksiz rahbarligida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (4.1.5.-band); - agar naryad kuzatuvchi nomiga rasmiylashtirilsa brigadaga boshchilik qiluvchi, javobgar shaxs (4.1.10.-band); - ish rahbariga yoki ishboshchiga (kuzatuvchiga) brigadani bir ish joyidan boshqa ish joyiga kochirishga va ish joyiga qayta ijozat etishga ruxsat berish (4.8.1, 4.9.3.-bandlar); - elektr uskunalarini hammasini yoki ayrim qismini (ayrim kommutatsion apparatlarni) navbatchidan korsatma yoki ruxsat olmasdan turib yoqishga ruxsat berish (4.10.3.-band); - yerga ulagichni vaqtinchalik olishga ruxsat berish (5.5.5.-band); - ishboshchiga kommutatsion apparatlar bilan operatsiya qilishga ruxsat berish (18.2.-band); - kran bilan yuklarni bir joydan ikkinchi joyga kochirishda ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxs tayinlash (10.1.-band); - boshqa korxonalarning havo elektr uzatish tarmoqlariga qoyilgan yerga ulagichlarni tekshirish zarurligi togrisida korsatma (ushbu ilovaning 14-bandi). Naryad beruvchining xohishiga kora, ushbu qatorga ishni xavfsiz bajarish bilan bogliq bolgan qoshimcha tadbirlarni ham yozishga ruxsat etiladi. 18.«Naryad berdi» va «Naryad muddati uzaytirildi» degan qatorlarga naryad beruvchi unga qol qoygan vaqtini va sanasini korsatishi zarur. Naryad beruvchi va uni muddatini uzaytiruvchi shaxslar qol qoyishdan tashqari ozlarining familiyalarini ham korsatishlari zarur. 19. 2 jadval ish joyini tayyorlashga ruxsat olishda va birinchi bor ishlashga ijozat olishda toldiriladi. - 1 katakda ish joyini tayyorlovchi va ishlashga ijozat etuvchi shaxslar ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat bergan shaxslarning lavozimlari va familiyalarini korsatadilar. Agar ruxsat shaxsan berilsa 1 katakda ruxsat beruvchi imzo chekib, oz lavozimini yozib qoyishi shart. - 2 katakda ruxsat berilgan vaqt va sana korsatiladi. - 3 katakda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat olgan shaxslar imzo qoyishlari kerak. Ish joyi bir nechta xodimlar yoki har xil sex ishchilari tayyorlashsa, 3 katakka ish joyini tayyorlagan barcha shaxslar imzo qoyishlari shart. Agar ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat har xil vaqtda soraladigan bolsa, 2-jadvalni ikki qatori: birinchi qatori ish joyini tayyorlashda ruxsat uchun, ikkinchisi esa ishlashga ijozat etishga ruxsat uchun toldiriladi. 20. Elektrostansiya, podstansiya elektr uskunalarida va kabel elektr uzatish tarmoqlarida ish olib borilganda «Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi» degan qatorga ishlashga ijozat etuvchi shaxs tamirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qoshni ulamalarning (yoki qoshni ulamalarning jihozlarini) kuchlanish ostida qolgan tok otkazuvchi qismlarini korsatishi zarur. Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish olib borilganda ushbu qatorlarga naryad beruvchi «Alohida korsatmalar» qatorida korsatgan tok otkazuvchi qismlar, zaruriyat tugilganda esa boshqa tok otkazuvchi qismlarni ham yozib qoyadi. Ishlashga ijozat etuvchi va ish rahbari (agar ish rahbari tayinlanmagan bolsa ishboshchi yoki kozatuvchi) «Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi»degan qator ostiga faqat birinchi bor ishlashga ijozat etishda imzo chekadilar. 21. 3-jadvalda har kungi ishlashga ijozat etish va tugallash, shu jumladan brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga kochirish rasmiylashtiriladi. Agar ishboshchi, ijozat etuvchi vazifasini orindoshlik yoli bilan bajarsa, hamda ishboshchiga brigadani qayta ishga qoyilishida ularning ishlariga ijozat etish uchun ruxsat berilgan bolsa, u ijozat etayotgan paytida jadvalning 3 va 4 kataklariga imzo chekadi. Agar ish rahbariga brigadani qayta ishga qoyilishida ularning ishlashlariga ijozat etish uchun ruxsat bergan bolsa, u ijozat etayotgan paytida jadvalning 3 katagiga imzo chekadi. Ish kunining tugashi munosabati bilan bogliq bolgan ishni tamomlashni ishboshchi (kuzatuvchi) 5 va 6 kataklarni toldirish bilan rasmiylashtiradi. 22. 4 jadvalda avtomobil haydovchisi yoki mexanizm mashinistini va kranchini brigada tarkibiga kiritish yoki undan chiqarishda qoshimcha yana unga biriktirilgan avtomobil, mexanizm va ozi yurar kranning turi ham korsatilishi kerak. 4 katakka brigada tarkibini ozgartirishga ruxsat bergan xodim imzo chekadi. Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilsa, ishboshchi 4 katakda shu xodim familiyasini korsatishi zarur. 23. Ish toliq tamom qilingandan song ishboshchi (kuzatuvchi) va ish rahbari naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun moljallangan qatoriga ishni tamom bolgan vaqti va sanasini korsatib imzo qoyadilar. Agar ish rahbari tayinlanmagan bolsa «Ish rahbari» degan qatorga hech qanday imzo qoyilmaydi. Agar ishni toliq tamom bolganligini naryadda rasmiylashtirish vaqtida navbatchi yoki tezkor-tamirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi yoki navbatchi yoq bolsa yoki ishboshchi orindoshlik yoli bilan ijozat etuvchi vazifasini ham bajarsa, ishboshchi yoki kuzatuvchi ushbu rasmiylashtirishni faqat ozining naryad nusxasida bajaradi va ishni toliq tamom bolganligi togrisidagi xabarni olgan xodimning lavozimini va familiyasini korsatib, xabar qilingan vaqtni va sanasini yozib qoyishi shart. Agar ishni toliq tamom bolganligini naryadda rasmiylashtirish vaqtida navbatchi yoki tezkor-tamirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi qatnashayotgan bolsa, ishboshchi yoki kuzatuvchi, ushbu rasmiylashtirishni naryadning ikkala nusxasida bajaradi. Agar brigada yerga ulagich ornatmagan bolsa, u holda «brigada ornatgan yerga ulagichlar olindi» degan sozlar ish tola tugallanganligi togrisidagi xabardan ochirib tashlanishi shart. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar ro'yxati www.google.com www.zinoyet.uz https://cyberleninka.ru http://innovatsiya.uz https://hozir.org Download 17.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling