Anatomiya 2014. indd
Qo‘lning bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini yozuvchi mushak
- Qo‘l panjasi mushaklari
Qo‘lning bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak (m. exten-
sor pollicis longus) tirsak suyagi o‘rta qismining orqa yuzasining lateral qismi, suyaklararo pardadan boshlanadi. Uning payi bosh barmoqning distal falangasi asosiga birikadi. Faoliyati: bosh barmoqni yozadi. 10. Qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini yozuvchi mushak (m. ex- tensor indicis) tirsak suyagining orqa yuzasi va bilakning suyaklar- aro pardasidan boshlanadi. Mushak payi ko‘rsatkich barmoq prok- simal falangasini orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: ko‘rsatkich barmoqni yozadi. Qo‘l panjasi mushaklari, asosan, kaft tomonda joylashib, uch gu ruhga bo‘linadi: 1) bosh barmoq mushaklari lateral tomonda 97-rasm. O‘ng bilak orqa guruh mushaklari. Chuqur qavat: 1–yelka suyagi; 2–lateral do‘ng usti do‘mboqchasi; 3–kaftning bilak tomonga yozuvchi uzun mushak; 4–barmoqlarni yozuv chi mushak (kesilgan); 5–kaftning bilak tomonga yozuvchi kalta mushak; 6–bilak suyagi; 7–qo‘lning bosh barmog‘ini usoqlashtiruvchi uzun mushak; 8–qo‘lning bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak; 9–qo‘lning bosh barmog‘ini yozuv chi kalta mushak; 10–kaftning bilak tomonga yozuvchi uzun mu shakning payi; 11– kaftning bilak tomonga yozuvchi kalta mushakning payi; 12–barmoqlarni yozuvchi mushak paylari; 13–qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini yozuvchi mushak; 14–kaftning tirsak tomonga yozuvchi mushak; 15–tirsak suyagi. 181 joylashib, bosh barmoq asosidagi tepalikni hosil qiladi; 2) jimji- loq mu shaklari ichki tomonda joylashib, jimjiloq asosidagi tepa- likni hosil qiladi; 3) kaftning o‘rta guruh mushaklari yuqoridagi ikki guruh mu shaklar o‘rtasida joylash gan bo‘lib, kaftning orqa- sida ham bo‘ladi. Bosh barmoq tepaligida to‘rtta kalta mushak: qo‘lning bosh barmog‘ini uzoqlashtiruvchi kalta mushak, qo‘lning bosh bar- mog‘ini bu kuv chi kalta mushak, qo‘lning bosh barmog‘ini qara- ma-qarshi qo‘ yuvchi mushak, qo‘lning bosh barmog‘ini yaqin- lashtiruvchi mu shak lar joylashgan. Bu mushaklar bosh barmoq- ni bukish, uzoqlash tirish, yaqinlashtirish va boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yish da ishtirok etadi. Jimjiloq tepaligi sohasida ham to‘rtta kalta mushak: qo‘l kaf- tini kalta mushagi, jimjiloqni uzoqlashtiruvchi mushak, jimji loqni bukuv chi kalta mushak, jimjiloqni qarama-qarshi qo‘yuvchi mu- shaklar joylashadi. Bu mushaklar jimjiloqning har tomonlama ha- rakatida ishtirok etadi. Kaftning o‘rta guruh mushaklariga chuvalchangsimon va suyaklararo mushaklar kiradi. 1. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling