Anatomiya 2014. indd
Siydik nayi Siydik nayi (ureter)
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patologiyasi.
Siydik nayi
Siydik nayi (ureter) siydikni buyrak jomidan qovuqqa o‘tka- zib beruvchi naysimon a’zo. U buyrak jomining toraygan qismi- 280 dan bosh lanib, qovuqda tugaydi. Siydik nayining uzunligi 30– 35 sm, keng ligi o‘rtacha 8 mm, bo‘shlig‘ini kengligi 3–4 mm. U qorinpardaning orqasida turadi. Siydik nayida uch: qorin bo‘shlig‘idagi, chanoq bo‘shlig‘idagi va devor ichidagi qismi ta- fovut qilinadi. Uning qorin bo‘shlig‘idagi qismi katta bel mu- shagining oldingi yuzasida yotadi. Uning old tomonida moyak (tuxum don) arteriyasi va venasi yotadi. Chanoq bo‘shlig‘idagi qismiga o‘tish joyida o‘ng siydik nayi ingichka ichak tutqichi ildizi bilan, chapi esa sigmasimon ichak tut qichi bilan kesishadi. Siydik nayining chanoq bo‘shlig‘idagi qismi o‘ng tomonda o‘ng ichki yonbosh arteriyasi va venasining oldidan o‘tsa, chap tomonda umumiy yonbosh arteriyasi va ve- nasining oldidan o‘tadi. Kichik chanoq bo‘shlig‘ida siydik nayi ichki yonbosh arteriyasining oldida va yopqich arteriyasi hamda venasining medial tomonida yotadi. Siydik nayining devor ichidagi qismi qovuq devorini qiya teshib o‘tadi. Uning uzunligi 1,5–2 sm. Siydik nayining uch: boshlanish, qorin bo‘shlig‘idagi qismining chanoq bo‘shlig‘idagi qismiga o‘tgan va qovuq devoriga kirgan soha- larida toraygan joyi bor. Siydik nayi devori uch qavatdan iborat. Ichki shilliq qavat bo‘yla ma burmalar hosil qiladi. O‘rta mushakli qavat yuqori qis- mida ikki bo‘ylama va halqasimon, pastki qismda esa uch: ichki va tashqi bo‘ylama, o‘rta halqasimon qavatlardan iborat. Tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimali parda bilan qoplagan. Patologiyasi. Turli jаrоhаtlаrdа vа yallig‘lаnishlаrdа (ko‘prоq, sil kаsаlligidа) siydik yo‘li dеvоridа distrоfik o‘zgаrish kuzatiladi. Kеyin chаlik bu jоydа аt rоfiya rivоjlаnib, nеkrоzgа uchrаydi, оxiri nеkrоz bo‘lgаn jоydа chаndiq rivоjlаnаdi. Chаndiq siydik yo‘lini siqib, siydik оqishini qiyinlаshtirаdi. Оqibаtdа gidrоnеfrit pаydо bo‘ladi. Siydik yo‘lidа, ko‘pinchа, pаpillоmа vа turli shakldagi xаvfli o‘s malаr kuzatiladi. Pаpillоmа, ko‘pinchа, epi tеliy to‘qimasidаn so‘r g‘ichsimоn o‘simtаlаr shаklidа pаydо bo‘lib, kеyinchаlik rаkkа аy lаnаdi. O‘smаlаr limfа yo‘llari оrqаli o‘pkаgа, jigаr vа suyaklаrgа mеtаstаz bеrаdi. Siydik yo‘li rаkidа gеmаturiya оg‘riqsiz bo‘lmаydi. Siydikdа qоn аrаlаshmаsi bo‘lib, bеldа оg‘riq kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling