Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 125-rasm. Hiqildoq tog‘aylari va boylamlari, yon tomondan ko‘rinishi
- 126-rasm. Hiqildoqning tog‘aylari, bo‘g‘im va boylamlari. Old tomondan ko‘rinishi
Hiqildoq
Hiqildoq (larynx) murakkab tuzilgan a’zo (125-, 126-rasm) bo‘lib, nafas olishda, pastki nafas yo‘llarini himoya qilishda va tovush hosil qilishda ishtirok etadi. Hiqildoq bo‘yinning oldin- gi sohasi o‘rtasida joylashib, hiqildoq bo‘rtig‘ini hosil qiladi. Bu bo‘rtiq erkaklarda kuchli rivoj langan. Hiqildoq yuqorida til osti suyagiga birikkan bo‘lib, pastda kekirdakka davom etadi. Hiqil- 125-rasm. Hiqildoq tog‘aylari va boylamlari, yon tomondan ko‘rinishi: 1–til osti suyagining katta shoxi; 2– hiqildoq usti tog‘ayi; 3–til osti suyagining kichik shoxi; 4–til osti tog‘ayining tanasi; 5–o‘rta qalqonsimon-til osti boylami; 6–qalqon- simon tog‘ayning o‘ng yaprog‘i; 7–o‘rta uzuksimon-qal- qonsimon boylam; 8–uzuksimon tog‘ay ravog‘i; 9–uzuk- simon-kekirdak boylami; 10–kekirdakning halqasimon boylamlari; 11–kekirdak tog‘aylari; 12–shoxsimon-uzuk- simon boylam; 13–qalqonsimon tog‘ayning pastki shoxi; 14–qiyshiq chiziq; 15–qalqonsimon tog‘ayning yuqorigi shoxi; 16–lateral qalqonsimon-til osti boylami; 17–bug‘doysimon tog‘ay. 245 126-rasm. Hiqildoqning tog‘aylari, bo‘g‘im va boylamlari. Old tomondan ko‘rinishi: 1–til osti suyagi; 2–bug‘doysimon tog‘ay; 3–qalqonsimon tog‘ayning yuqorigi shoxi; 4–qalqonsimon tog‘ayning chap yaproqchasi; 5–qalqonsimon tog‘ayning pastki shoxi; 6–uzuksimon tog‘ay ravog‘i; 7–kekirdak tog‘ay- lari; 8–kekirdakning halqasimon boylamlari; 9–uzuk-qalqonsimon bo‘g‘imi; 10–o‘rta uzuksimon-qalqonsimon boylam; 11–ustki qalqonsimon o‘yma; 12–qalqonsimon- til osti pardasi; 13–o‘rta qalqonsimon-til osti boylami; 14–lateral qalqonsimon-til osti boylami. doqni old tomondan bo‘yinning til osti suyagining ostidagi mu- shaklar yopib tursa, yon tomon da bo‘yinning tomirli-nervli das- tasi va qalqonsimon bezning yon bo‘laklari, orqasida esa halqum- ning hiqildoq qismi joylashadi. Katta yoshdagi odamlarda hiqil- doqning yuqori chegarasi IV, pastkisi esa VI–VII bo‘yin umurtqa- lari o‘rtasida joylashgan. Ayollarda hiqildoq biroz yuqoriroq joy- lashadi. Erkaklarda hiqildoq ayollarga nisbatan katta bo‘ladi. Hi- qildoq harakatchan bo‘lib, ovqat yutganda va tovush hosil bo‘lga- nida, vertikal yo‘nalishda harakat qiladi. Hiqildoq ning qattiq aso- sini juft (cho‘michsimon, shoxchali, ponasimon) va toq (qalqon- simon, uzuksimon, hiqildoq usti) tog‘aylari (125-rasm), shuning- dek, ular o‘rtasidagi bo‘g‘imlar hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ay toq gialin tog‘ay bo‘lib, bir-biri bilan er- kaklarda 90°, ayollarda 120° burchak hosil qilib, birikkan ikkita o‘ng va chap to‘rtburchakli yaproqlardan iborat. Tog‘ayning ol- dingi qismida yaxshi bilinadigan ustki qalqonsimon о‘yma Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling