Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   422
Bog'liq
True

Hiqildoq
Hiqildoq (larynx) murakkab tuzilgan a’zo (125-, 126-rasm) 
bo‘lib, nafas olishda, pastki nafas yo‘llarini himoya qilishda va 
tovush hosil qilishda ishtirok etadi. Hiqildoq bo‘yinning oldin-
gi sohasi o‘rtasida joylashib, hiqildoq bo‘rtig‘ini hosil qiladi. Bu 
bo‘rtiq erkaklarda kuchli rivoj langan. Hiqildoq yuqorida til osti 
suyagiga birikkan bo‘lib, pastda kekirdakka davom etadi. Hiqil-
125-rasm. Hiqildoq tog‘aylari va boylamlari, yon tomondan ko‘rinishi:
1–til osti suyagining katta shoxi; 2– hiqildoq usti tog‘ayi; 
3–til osti suyagining kichik shoxi; 4–til osti tog‘ayining 
tanasi; 5–o‘rta qalqonsimon-til osti boylami; 6–qalqon-
simon tog‘ayning o‘ng yaprog‘i; 7–o‘rta uzuksimon-qal-
qonsimon boylam; 8–uzuksimon tog‘ay ravog‘i; 9–uzuk-
simon-kekirdak boylami; 10–kekirdakning halqasimon 
boylamlari; 11–kekirdak tog‘aylari; 12–shoxsimon-uzuk-
simon boylam; 13–qalqonsimon tog‘ayning pastki shoxi;
14–qiyshiq chiziq; 15–qalqonsimon tog‘ayning yuqorigi 
shoxi; 16–lateral qalqonsimon-til osti boylami;
17–bug‘doysimon tog‘ay.


245
126-rasm. Hiqildoqning tog‘aylari, bo‘g‘im va 
boylamlari. Old tomondan ko‘rinishi:
1–til osti suyagi; 2–bug‘doysimon tog‘ay;
3–qalqonsimon tog‘ayning yuqorigi shoxi;
4–qalqonsimon tog‘ayning chap yaproqchasi; 
5–qalqonsimon tog‘ayning pastki shoxi;
6–uzuksimon tog‘ay ravog‘i; 7–kekirdak tog‘ay-
lari; 8–kekirdakning halqasimon boylamlari; 
9–uzuk-qalqonsimon bo‘g‘imi;
10–o‘rta uzuksimon-qalqonsimon boylam;
11–ustki qalqonsimon o‘yma; 12–qalqonsimon-
til osti pardasi; 13–o‘rta qalqonsimon-til osti 
boylami; 14–lateral qalqonsimon-til
osti boylami.
doqni old tomondan bo‘yinning til osti suyagining ostidagi mu-
shaklar yopib tursa, yon tomon da bo‘yinning tomirli-nervli das-
tasi va qalqonsimon bezning yon bo‘laklari, orqasida esa halqum-
ning hiqildoq qismi joylashadi. Katta yoshdagi odamlarda hiqil-
doqning yuqori chegarasi IV, pastkisi esa VI–VII bo‘yin umurtqa-
lari o‘rtasida joylashgan. Ayollarda hiqildoq biroz yuqoriroq joy-
lashadi. Erkaklarda hiqildoq ayollarga nisbatan katta bo‘ladi. Hi-
qildoq harakatchan bo‘lib, ovqat yutganda va tovush hosil bo‘lga-
nida, vertikal yo‘nalishda harakat qiladi. Hiqildoq ning qattiq aso-
sini juft (cho‘michsimon, shoxchali, ponasimon) va toq (qalqon-
simon, uzuksimon, hiqildoq usti) tog‘aylari (125-rasm), shuning-
dek, ular o‘rtasidagi bo‘g‘imlar hosil qiladi.
Qalqonsimon tog‘ay
 toq gialin tog‘ay bo‘lib, bir-biri bilan er-
kaklarda 90°, ayollarda 120° burchak hosil qilib, birikkan ikkita 
o‘ng va chap to‘rtburchakli yaproqlardan iborat. Tog‘ayning ol-
dingi qismida yaxshi bilinadigan ustki qalqonsimon о‘yma

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling