Anatomiya 2014. indd


juft medial va lateral kindik burmala- rini


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   422
Bog'liq
True

 
juft medial va lateral kindik burmala-
rini
 hosil qiladi. O‘rtadagi kindik bur-
masida homilada qovuqning uchidan 
kindikkacha boruvchi bitib ketgan siy-
123-rasm. Qorinpardaning ayollar qorin 
bo‘shlig‘ida yo‘nalishi. Sagittal kesma:
1–jigarning tojsimon boylami; 2–jigar; 
3–jigar-osh qozon boylami; 4–charvi qop-
chasi; 5–oshqozon osti bezi; 6–ko‘ndalang 
chambar ichak tutqichi; 7–o‘n ikki barmoq 
ichak; 8–ingichka ichak tutqichining ildi-
zi; 9–to‘g‘ri ichak; 10–bachadon; 11–to‘g‘ri 
ichak-bachadon chuqurchasi; 12–siydik qo-
pi; 13–to‘g‘ri ichak-qovuq chuqurchasi;
14–yonbosh ichak; 15–och ichak;
16–katta charvi; 17–parietal qorinparda; 
18–ko‘ndalang chambar ichak;
19–qorin parda bo‘shlig‘i; 
0–oshqozon; 21–diafragma.


240
dik yo‘li yotadi. Medial kindik burmasida bitib ketgan kindik ar-
teriyasi, lateral burmada esa pastki qorin usti arteriyasi joylashadi. 
Qovuq ustida o‘rta kindik burmasining yon tomonlarida o‘ng va 
chap qovuq usti chuqurchasi, medial va lateral burmalar o‘rtasida 
medial chov chuqurchasi joylashadi. Lateral burmadan tashqari-
da lateral chov chuqurchasi bo‘lib, unga chov kanalining chuqur 
teshigi to‘g‘ri keladi. Qorinning old devorini qoplagan qorinpar-
da yon tomonga yo‘nalib o‘ng tomondan qorinning orqa devoriga 
o‘tib, ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simtani hamma tomon-
dan o‘rab uning tut qichini
 hosil qiladi.
Qorinparda ko‘tariluvchi chambar ichakni old va ikki yon to-
mon dan o‘rab, o‘ng buyrakning pastki qismining oldingi yuzasi-
dan o‘tadi. So‘ngra ichki tomonga yo‘nalib, belning kvadrat mu-
shagi va siydik yo‘lining oldidan o‘tib, ingichka ichak tutqichi 
ildizi
oldida tut qichning o‘ng varag‘iga aylanadi. Tutqich ildi-
zida uning chap varag‘i qorin devorining orqa tomonini qopla-
gan qorinpardaga o‘tadi. Ingichka ichak tut qichi yuqoridan past-
ga, chapdan o‘ngga II bel umurtqasi sohasidan dumg‘aza-yon-
bosh bo‘g‘imigacha qiya joylash gan. Uning uzunligi 15–18 sm, 
tutqich ning erkin qismi ildizga baravarlashish uchun 18–20 ta qo-
vuzloq hosil qiladi. Tutqichning ikki varag‘i o‘rtasidan qon, lim-
fa tomirlar va nervlar o‘tadi. So‘ngra qorinparda chapga tomonga 
chap buyrak pastki qismining oldingi yuzasidan o‘tib, pastga tu-
shuvchi chambar ichakni uch: old va ikki yon tomondan qoplaydi. 
Uning pastki qismi sigmasimon ichakni hamma tomondan o‘rab 
uning tutqichini
 hosil qiladi. Keyin qorinparda qorinning yon de-
voridan oldingi devoriga buriladi. Qorinning orqa devoridan past-
ga yo‘nalgan qorinparda to‘g‘ri ichakning yuqori qismini o‘rab 
qolmay, uning o‘rta qismini va siydik-tanosil a’zolarini ham qis-
man o‘raydi. Erkaklarda to‘g‘ri ichakni oldingi yuzasini o‘ragan 
qorinparda to‘g‘ri ichak-qovuq chuqurchasini
 hosil qilib, qovuq-
ning orqa, keyin ustki yuzasidan o‘tib, qorinning oldingi devorini 
qoplagan qorinpardaga davom etadi (122-rasm).
Ayollarda (123-rasm) qorinparda to‘g‘ri ichakning oldin-
gi yuza sidan qinning yuqori qismi orqa devoriga, undan yuqoriga 
ko‘tarilib, bachadonni orqasidan, so‘ngra oldidan qovuqqa o‘tadi. 
Bunda to‘g‘ri ichak bilan bachadon o‘rtasida to‘g‘ri ichak-bacha-
don chuqurchasi,
bachadon bilan qovuq o‘rtasida esa qovuq-ba-
chadon chuqurchasi hosil bo‘ladi. 


241
Qorinparda bo‘shlig‘i shartli ravishda ikki: yuqori va pastki qa-
vat ga bo‘linadi. Yuqori qavat yuqori tomondan diafragma bilan, 
pastdan ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichi bilan che-
garalanadi. Yuqori qavatda oshqozon, jigar, o‘t pufagi, taloq va 
o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qismi hamda oshqozon osti be-
zi joylashadi. Qorinparda bo‘shlig‘ining yuqori qavati uchta qop-
chaga bo‘linadi.
Jigar qopchasi
 o‘roqsimon boylamdan o‘ng tomonda joylashib, 
unda jigarning o‘ng bo‘lagi joylashadi. Bu qopchani yuqoridan 
diafragma, oldindan va yon tomondan qorin devori chegaralaydi.
Oshqozon oldi qopchasi
oshqozon oldida joylashib, yuqori-
dan diafragma, o‘ng tomondan o‘roqsimon boylam, oldindan qo-
rinning oldingi devori bilan chegaralangan. Unda jigarning chap 
bo‘lagi va taloq joylashadi.
Charvi qopchasi oshqozon va kichik charvi orqasida yotadi. 
Uni yuqo ri tomondan jigarning dumli bo‘lagi, pastdan ko‘ndalang 
chambar ichak tutqichi va uning chap bo‘lagi, oldindan oshqo-
zonning orqa devori, kichik charvi, oshqozon-chambar ichak va 
oshqozon-taloq boylamlari, orqadan chap buyrak usti bezi, chap 
buyrak, oshqozon osti bezining oldingi yuzasi, pastki kavak vena 
va aortani qoplagan parietal qorinparda chegaralaydi. Chap to-
mondan charvi qopchasi taloq darvozasigacha borib, taloq chu-
qurchasini hosil qiladi. Charvi qopchasi o‘ng devoridagi 2–3 sm 
kattalikdagi charvi (Vinslov) teshigi va dahlizi vositasida jigar qop-
chasi bilan qo‘shilib turadi. Bu teshik yuqoridan jigarning dumli 
bo‘lagi, pastdan o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qismi, oldin-
dan kichik charvi va orqadan pastki kavak venani qoplagan parie-
tal qorinparda bilan chegaralanadi.
Qorinparda bo‘shlig‘ining pastki qavati ko‘ndalang cham-
bar ichak va uning tutqichidan pastda joylashib, kichik chanoq 
bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Bu qavatda ingichka va yo‘g‘on ichak, 
siydik va tanosil a’zolari joylashadi. 
Qorinparda qorin bo‘shlig‘i a’zolarini turlicha o‘raydi. Agar 
qorin parda a’zolarni har tomondan o‘rasa, ularni intraperitoneal 
a’zolar deb ataladi. Bunday a’zolarga: oshqozon, och va yonbosh 
ichak, ko‘richak va chuvalchangsimon o‘simta, o‘n ikki barmoq 
ichakning boshlang‘ich qismi, ko‘ndalang chambar ichak, sig-
masimon ichak, to‘g‘ri ichakning yuqo ri qismi, taloq va bacha-
don kiradi.


242
Agar qorinparda a’zolarni uch tomondan o‘rasa, ularni mezo-
peritoneal a’zolar deb ataladi. Bunday a’zolarga: ko‘tariluv chi va 
tushuv chi chambar ichak, jigar, to‘g‘ri ichakning o‘rta qismi va 
to‘lgan holatdagi qovuq kiradi.
Qorinparda a’zolarni bir tomondan o‘rasa bunday a’zolarni 
ekstraperitoneal a’zolar deb ataladi. Ularga: oshqozon osti bezi
o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismi, to‘g‘ri ichak-
ning oxirgi qismi, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo‘li kiradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling