Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   422
Bog'liq
True

121-rasm. Jigar sirrozi.


235
ning oldingi devorini va qizil o‘ngachning shilliq pardasi venalari 
kengayadi, kollateral qon aylanish rivojlanadi. Bunda qon, qorin 
bo‘shlig‘i a’zolaridan oshqozon, qizilo‘ngach, to‘g‘ri ichak vena-
lari orqali aylanib o‘tadi. Kollateral qon aylanish qizilo‘ngach va 
boshqa a’zolar venalarini yorilishiga olib kelishi mumkin.
Qon aylanishini buzilishi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida qon 
dim lanib qolishi, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishiga – as-
sitga sabab bo‘ladi. Sariqlik sirrozda hamma vaqt ham bo‘lmay-
di. Moddalar almashinuvining buzilishi juda ifodalangan bo‘lib, 
bemorni ozib ketishiga, anemiyaga va asta-sekin jigar yetishmas-
ligiga, u esa jigar komasiga va o‘limga olib keladi.
O‘t pufagi
O‘t pufagi (vesica fellae) o‘t to‘planadigan a’zo. U jigarning 
visseral yuzasidagi o‘z nomidagi chuqurchada joylashib noksimon 
shaklga ega. O‘t pufagining hajmi 50–60 sm
3
. O‘t pufagida uch 
qism: tubi, tanasi va bo‘yni tafovut qilinadi. Uning kengaygan 
uchi o‘t pufagining tubi
 jigarning oldingi qirrasidan biroz chiqib 
turadi. O‘t pufagining tubi orqa tomonga uning katta qismi tana-
siga o‘tadi. Tanasi jigar darvozasi tomon yo‘nalib o‘t pufagining 
toraygan bo‘ynini
 hosil qiladi. O‘t pufagi bo‘yni uzunligi 3,5 sm 
bo‘lgan pufak yo‘liga
 davom etadi. Uning devori quyidagi qavat-
lardan iborat: ichki shilliq pardasida burmalar bo‘ladi. O‘t pufa-
gi bo‘yni va nayi sohasida spiralsimon burmalar
 hosil qiladi. Mu-
shak pardasi halqali va biroz qiyshiq yo‘nalgan shilliq mushak to-
lalaridan iborat. Uning ustida yupqa seroz parda osti asosi bor. 
Seroz pardasi
 uning erkin turgan yuzasini qoplaydi. Seroz parda 
yo‘q sohalar adventitsial parda bilan qoplangan.
Jigarning umumiy o‘t yo‘li pufak yo‘li bilan qo‘shilishidan 
hosil bo‘lgan uzunligi 7 sm atrofida bo‘lgan umumiy o‘t yo‘li 
jigar, o‘n ikki barmoq ichak boylami varaqlari o‘rtasida umu-
miy jigar arteriyasi va darvoza venasi bilan birga yotadi. U past-
ga tomon yo‘nalib, o‘n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi-
dagi o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga oshqozon osti 
bezi nayi bilan qo‘shilib, umumiy nay hosil qilgan holda ochila-
di. Bularning qo‘shilgan yerida jigar-oshqozon osti kengaymasi
quyish joyida esa kengaymaning qisuvchi mushagi hosil bo‘ladi. 
Umumiy o‘t yo‘lida oshqozon osti bezi nayi bilan qo‘shilishi-


236
dan oldin umumiy o‘t yo‘lini qisuvchi mushagi bor. U jigar va 
o‘t pufagidan kelayotgan o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishini 
boshqarib turadi. Bu qisqich yopiq vaqtda o‘t o‘t yo‘lidan pufak 
nayi orqali o‘t pufagiga yig‘iladi. Ichak bo‘shlig‘iga ovqat o‘t gan 
vaqtda qisqich ochilib o‘t ichakka o‘tadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling