Anatomiya 2014. indd


yotadi. 120-rasm. Jigarning visseral yuzasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   422
Bog'liq
True

 yotadi.
120-rasm. Jigarning visseral yuzasi:
1–jigarning chap bo‘lagi; 2–dumli bo‘lak;
3–vena boylami joylashgan yoriq; 4–jigarning o‘ng bo‘lagi;
5–buyrak botig‘i; 6–chambar ichak botig‘i; 7–o‘t pufagi chuqurchasi; 
8–kvadrat bo‘lagi; 9–yumaloq boylam yorig‘i; 10–jigar darvozasi.
O‘ng va chap sagittal egatlar o‘zaro ko‘ndalang egat-jigar dar-
vozasi vositasida qo‘shiladi. Jigar darvozasidan jigarga darvoza 
venasi, jigarning xususiy arteriyasi va nervlar kiradi. Jigardan esa 
jigar o‘t yo‘li va limfa tomirlari chiqadi. Jigarning visseral yuzasi-
dagi egatlar vositasida o‘ng bo‘lakdan kvadrat va dumli bo‘laklar 
ajratiladi. Kvadrat bo‘lagi
 jigar darvozasi oldida o‘t pufagi chu-
qurchasi bilan yumaloq boylam yorig‘i o‘rtasida, dumli bo‘lak esa
 
jigar darvozasining orqasida, pastki kavak venaning egati va ve-
na boylami joylashgan yoriq o‘rtasida joylash gan. Jigarning vis-
seral yuzasida ichki a’zolarning tegib turishidan botiq liklar ho-
sil bo‘ladi.
Jigar tashqi tomondan seroz parda bilan (qorin parda bo‘lma-
gan maydondan tashqari) qoplangan. Uning ostida yupqa va 
pishiq fib roz parda
 bor. Jigar darvozasida fibroz parda qon to-
mirlar bilan jigar ichiga kirib uni bo‘laklarga bo‘ladi.
Jigar jarrohligining taroqqiyotiga bog‘liq ravishda oxir-
gi vaqt da jigarning segmentar tuzilishi haqidagi ilm keng tar-
qalmoqda. Qon tomir lar va o‘t naylarining tarqalishiga qarab 
(Kuyno, 1957) ji garda ikkita bo‘lak, 5 sektor va 8 segment tafo-
vut qilinadi. Jigar bo‘laklari da jigarning darvoza venasining o‘ng 
va chap tarmoqlari tarqaladi. Jigar sektori jigar parenximasini 
jigarning darvoza venasini ikkinchi tartibli tarmog‘i, jigarning 
xususiy arteriyasini shunga mos tarmog‘i va sektor o‘t yo‘lini 
o‘ragan qismidan iborat. Jigar segmenti jigar parenximasini ji-
garning darvoza venasini uchinchi tartibli tarmog‘i, jigarning 
xususiy arteriyasi va o‘t yo‘lining shunga mos tarmog‘ini o‘ra-
gan qismidan iborat.


232
Tuzilishi jihatidan jigar murakkab tarmoqlangan naysimon bez 
bo‘ lib, uning chiqaruv nayi o‘t yo‘llaridan iborat. Jigarning tarki-
biy-vazifaviy birligi jigar bo‘lakchasidir. U prizma shaklida, keng-
ligi 1–2,5 mm bo‘lib, odam jigarida 500 000 ga yaqin bo‘lak-
cha bor. Bo‘lakchalar o‘rtasida oz miqdorda biriktiruvchi to‘qi-
ma bor bo‘lib, uning ichida bo‘lakchalararo o‘t naychasi, arte-
riya va vena joylash gan. Jigar bo‘lakchasi ikki qator gepatositlar-
dan hosil bo‘lgan va radiar joylashgan jigar ustunchalaridan ibo-
rat. Bo‘lakcha markazida markaziy vena
yotadi. Jigar ustunlari 
o‘rtasida bo‘lakcha chekkasidan markaziga qon olib boruvchi si-
nusoid kapillyarlar bor. Sinusoid kapillyarlar bo‘lakcha atrofida-
gi vena tomirlari bilan markaziy vena o‘rtasida bo‘lgani uchun 
uni jigarning ajoyib venoz to‘ri deb ataladi. Bo‘lakchalar ichida-
gi kapillyarlar devorida joylashgan yulduzsimon shakldagi endo-
teliy (kuper) hujayralari qonda aylanib yurgan zaharli moddalar, 
mikroblar toksinlarini zararsizlantiradi. Jigar ustunlarining ikki 
qator jigar hujayralari o‘rtasida o‘t yo‘li bo‘lib, bo‘lak marka zida 
uning uchi yopiq. Bo‘lakcha chekkasida esa u bo‘lakchalar aro o‘t 
yo‘liga quyiladi. Ularning o‘zaro qo‘shilishidan pirovard natijada 
o‘ng bo‘lakdan jigarning o‘ng o‘t yo‘li,

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling