Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   422
Bog'liq
True

Jigar patologiyasi
Jigar patologiyasi ichida eng ko‘p 
virusli gepatitlar uchraydi. 
Bu kasalliklar bir guruhga kirib, jigar shikastlanishi va intoksika-
tsiya paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi va ko‘pincha, sarg‘ayish 
bilan kechadi.
Gepatitning A, B, E, C, D, J turlari uchraydi.
A gepatiti. Virus sog‘lom odamga bemordan o‘tadi – fekal 
yo‘l orqali yuqadi, ya’ni ovqat, suv va maishiy yo‘l orqali. 


234
B gepatiti. Kasallik manbayi bemor. Sun’iy yuqish yo‘llari: qon 
va uning preparatlarini quyish, tibbiy jihozlar, manikyur, pedikyur, 
quloq teshish, tatuaj qilish va boshqalar. Tabiiy yuqish yo‘llari: jinsiy 
aloqa, ona qornida va tug‘ruq vaqtida.
E gepatiti. Yuqish yo‘llari – maishiy, suv orqali.
C gepatiti. Yuqish yo‘llari – parenteral, narkomanlar gepatiti 
ham deyiladi.
D gepatiti. B gepatiti virusi bo‘lganida namoyon bo‘ladi. Ko‘pin-
cha, surunkali gepatit rivojlanishi o‘limga ham olib keladi.
J gepatiti. Parenteral yo‘l orqali yuqadi.
Gepatit o‘tkir va surunkali kechadi.
O‘tkir turini inkubatsion davri birnecha kundan olti oygacha 
cho‘ ziladi. Prodromal davrida ishtaha pasayadi, holsizlik, bosh 
aylanishi, ko‘ngil aynishi kuzatiladi. Klinik davrida ko‘zning oq 
pardasi, teri, tirnoqlar sarg‘ayib ketadi, jigar kattalashadi, hujay-
ralari shikastlanib nekrozga uch raydi, axlat oqarib, siydik to‘q pi-
vo rangiga o‘x shab qoladi.
Surunkali gepatit, odatda, o‘tkir gepatitning oqibati sifati-
da rivoj lanadi. Jigar hajmi kattalashadi, qattiqlashadi, rangi ola-
chipor ko‘rinishda bo‘ladi. Kasallik gepatositlar distrofiyasi va 
nekrozi, stroma va portal yo‘llari yallig‘lanish infiltratsiyasi bilan 
ifodalanadi va og‘ir hollarda jigar sirroziga olib keladi.
Jigar sirrozi uchun to‘rtta asosiy belgilar xarakterlidur: jigar hu-
jayralarini distrofiyasi, ularni regeneratsiyasi, biriktiruvchi to‘qi-
mani o‘sib ketishi va jigar deformatsiyasi. Jigar sirrozining sabab-
lari: ovqatlanish ning buzilishi, (avitaminoz, ovqatda oqsil yetish-
masligi) intoksikatsiyalar, virusli gepatit, xolangit. Yana jigarda 
qon dimlanishi bilan kechuv 
chi yurak yetishmovchiliklarining 
oqibati bo‘lishi ham mumkin. Alkogol ham alo hida rol o‘ynay-
di. Sirroz rivojlanishi asosida gepatositlarni nekrozi, natijada yosh 
biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi (gipertrofik sirroz) yotadi 
(121-rasm). Keyinchalik jigar hujayralarining ko‘plab o‘lishi tu-
fayli jigar kichrayib ketadi (atrofik sir-
roz). Sirrozda jigarda qon aylanishi kes-
kin buziladi. Natijada qorin bo‘shlig‘ida 
joylashgan a’zolarda, qon dimlanib qola-
di, ayniqsa, taloq 1 kg gacha kattalashib 
ketadi. Jigar sirrozida bir qator kompen-
sator mexanizmlar kelib chiqadi: qorin-

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling