Anatomiya 2014. indd
Yo‘g‘on ichak patologiyasi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Yo‘g‘on ichak patologiyasi
Kolit yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishidir. U ichakning biror qismi, (tiflit, transverzit, sigmoidit, proktit) yoki hamma qismi- da rivoj lanishi mumkin. Kolit infeksiyalar (dizenteriya), surun- kali xolesistit, gastrit, enterit, allergik faktorlardan kelib chiqa- di. Kolit o‘tkir va surunkali kechadi. O‘tkir kolitda shilliq parda shishib, qon tomirlar kengayib ketadi, ba’zan yaralar ham pay- do bo‘ladi. Surunkali kolitda avval shiliq parda atrofiyasiz, keyin esa asta- sekin atrofiyalik kolitga aylanadi. Kolitda ich qotishi – qabziyat, qorin dam bo‘lishi – meteorizm, intoksikatsiya kuzatiladi. Kolit- ning asorati: ichakni perforatsiyasi, qon oqishlar, yo‘g‘on ichakni stenozi, og‘ir hollarda esa rakka ham aylanishi mumkin. Ko‘r ichakni chuvalchangsimon o‘simtasining yiringli yal- lig‘lanishi – appendisit deyiladi. U chuvalchangsimon o‘simtaga ichak lardan, qon va limfa tomirlari orqali infeksiya kirishi sabab bo‘ladi. Najas toshlari yoki ichak parazitlari ham kasallikni kelti- rib chiqarishi mumkin. Appendisitning o‘tkir va surunkali turlari farqlanadi. O‘tkir appendisit quyidagilarga bo‘linadi. 1. Kataral – o‘simta devorlari shishib, nuqtasimon qon quyiladi. 2. Flegmonoz – o‘simtaning keskin qalinlashuvi, yuzasida fib - rinoz parda, bo‘shlig‘ida yiringli suyuqlik bo‘lishi kuzatiladi. 3. Gangrenoz – o‘simta shalvirab, bo‘shlig‘ida to‘q rangli, qo- ramtir, yiringli suyuqlik bo‘lishi kuzatiladi. Surunkali appendisitda o‘simta bo‘shlig‘i bitib, o‘simta chandiq- li o‘z gargan bo‘ladi. Appendisit o‘ng yonbosh sohasida og‘riq bo‘lishi bilan xarak- 230 terlanadi. Ba’zan og‘riq kindik sohasiga, so‘ngra yonbosh sohasiga o‘tib, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechadi. Bundan tashqari, qator klinik simptomlar ham bo‘ladi. Sitkovs- kiy simp tomi – bemor chap biqinini bosib yotganida o‘ng yonboshi sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Rovzing simptomi – chap yonbosh sohasi kaft yoni bilan bosilsa, o‘ng yonbosh sohasida og‘riq bo‘ladi. Bundan tash qari, Shetkin–Blumberg simptomi musbat, o‘ng yon- bosh sohasi qorin mushak larining taranglashishi, haroratning ko‘ta- rilishi, leykositlar miq dorini 12 000–20 000 gacha ko‘tarilganligi qayd qilinadi. O‘simta yorilganda peretonit kelib chiqadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling