Anatomiya 2014. indd
yakka holdagi follikulalar
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 117-rasm. Ko‘r ichak chuvalchangsimon o‘simta bilan
, yakka holdagi follikulalar, yo‘g‘on ichak
bezlari va qadah simon hujay ralar ko‘p. Shilliq osti asosi yaxshi ri- vojlangan bo‘lib, shilliq pardada burmalar hosil bo‘lishida uning ahamiyati katta. Mu shak parda ikki qavat dan iborat. Bo‘ylama qavat uchta tasma shaklida joylashgan bo‘lib, halqali qavat yarim oysimon burmalar ostida biroz qalinlashadi. Seroz parda yo‘g‘on ichakning hamma qismini bir xil o‘ramaydi. Seroz parda osti aso- si yo‘g‘on ichakning qorin parda bilan o‘ralgan qismida uchraydi. U mushak qavatni seroz qavatdan ajratib turadi. Ko‘richak o‘ng yonbosh chuqurchasida joylashgan. U yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich kengaygan, yonbosh ichakning yo‘g‘on ichakka tushish joyidan pastdagi qismi (117-rasm). Ko‘r ichak qo- rinparda bilan hamma tomondan o‘ralgan bo‘lib, uzunliga 6–8 sm, kengligi 7–7,5 sm. Uning orqa medial yuzasida mushak tasmala- ri o‘zaro birikkan joydan chuvalchangsimon o‘simta boshlanadi. U qorinparda bilan hamma tomondan o‘ralib tutqich hosil qiladi. Chuvalchang simon o‘simtaning uzun ligi va joylashishi ko‘richakning holati va uzunligiga bog‘liq. Asosan u o‘ng yonbosh chuqurchasida, ba’zan yuqori, pastroqda yoki ko‘richakning orqasida bo‘lishi mum- kin. Ko‘richakning ichki yuzasiga ochiladigan chu valchangsimon o‘simta teshigi atrofida shilliq parda burmasi shaklidagi qopqoq bor. Chuvalchangsimon o‘simtaning shilliq pardasida juda ko‘p to‘plan- gan limfoid follikulalar joylashgan. Yonbosh ichakni ko‘richakka o‘tish joyida yaxshi taroqqiy etgan burma shaklidagi qopqoq bor. U quyg‘ich shaklida bo‘lib, tor qismi ko‘richak bo‘shlig‘iga qaragani uchun ovqat massasini bir tomonga qarab o‘tkazadi. Ko‘tariluvchi chambar ichak ko‘richakning yuqori tomonga davomi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i- 117-rasm. Ko‘r ichak chuvalchangsimon o‘simta bilan: 1–yonbosh ichak teshigi; 2–yonbosh-ko‘richak qopqog‘i; 3–ko‘tariluvchi chambar ichak; 4–yonbosh ichak; 5–chuvalchangsimon o‘simta teshigi; 6–chuvalchangsimon o‘simta; 7–ko‘richak. 226 ning o‘ng yon tomonida yotadi. Uning uzun ligi 15–20 sm. Ji- garning o‘ng bo‘lagi visseral yuzasiga borganida u chapga buri- lib, chambar ichakning o‘ng bukilmasini hosil qilib, ko‘ndalang chambar ichakka o‘tib ketadi. Qorinparda bilan old va ikki yon to monidan o‘ralgan. Ko‘ndalang chambar ichak chambar ichakning o‘ng bukil- masidan boshlanib ko‘ndalang joylashadi. Uning uzunligi 30–83 sm (o‘rtacha 50 sm) bo‘lib, chambar ichakning chap bukilmasi- ni hosil qilib tushuvchi chambar ichakka o‘tib ketadi. Ko‘ndalang chambar ichakning uzunligi, uning boshlanish va oxirgi nuqtalari oralig‘idan uzun bo‘lgani uchun, odatda, u pastga qaragan ravoq shaklida joylashadi. Ko‘ndalang chambar ichak qorinparda bilan har tomondan o‘ralgan, ichaktutqichi bor bo‘lib, uning vositasida qorin bo‘shlig‘i orqa devoriga birikadi. Tushuvchi chambar ichak chambar ichakning chap bukil- masidan bosh lanib pastga tomon tushib yonbosh suyagi qirra- si sohasida sigma simon chambar ichakka o‘tib ketadi. U qorin bo‘shlig‘ining chap yon tomonida yotadi. Tushuvchi chambar ichak ning uzunligi 12–15 sm. Tu shuvchi chambar ichakni qo- rinparda uch tomondan (old va ikki yon) o‘ragan. Sigmasimon chambar ichak chap yonbosh chuqurchasida yota di. U yuqorida yonbosh suyagi qirrasi sohasidan boshlanib, dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi sohasida to‘g‘ri ichakka o‘tib keta- di. Sigmasimon ichakning uzunligi 15–67 sm bo‘lib, odatda, ikki- ta qovuzloq hosil qilib joylashadi. U qorinparda bilan har tomon- dan o‘ralgan. Sigmasimon ichakni ichaktutqichi bor bo‘lib, qo- rin bo‘shlig‘ining orqa devoriga birikkan. Ichaktutqichi bo‘lgani uchun u harakatchandir. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling