Anatomiya 2014. indd


joylashgan.  Ingichka ichakning shilliq qavatida xususiy  mushak qatlami bo‘ladi. 116-rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining tuzilishi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   422
Bog'liq
True

 joylashgan. 
Ingichka ichakning shilliq qavatida xususiy 
mushak qatlami bo‘ladi.
116-rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining tuzilishi:
1–ingichka ichakdagi vorsinkalar; 2–qon tomir
kapillyarlari; 3–qon tomirlar; 4–yakka-yakka
limfa tugunchalar; 5–limfa tomirlari;
6–limfa kapillyarlari.


223
Shilliq osti asosi nisbatan qalin, yum shoq tolali biriktiruvchi 
to‘qi madan tashkil topgan bo‘lib, qon va limfa tomirlar, nervlar 
joylashgan.
Mushakli parda
ikki: tashqi bo‘ylama, uzunasiga ketgan qa-
vat
va ichki halqali qavatlardan iborat. Halqali qavati uzunasi-
ga ketgan qa vatga nisbatan yaxshi rivojlangan. Yonbosh ichakni 
ko‘richakka o‘tish joyida halqali qavat qalinlashgan.
Seroz parda
qorin pardaning visseral varag‘idan hosil bo‘lib, 
ingich ka ichak devorini hamma tomondan o‘rab ichak tutqich ho-
sil qi ladi. Seroz pardaning ichak tutqich hosil qiladigan yuzasida 
uning ikki varog‘i o‘rtasidan ichakka qon, limfa tomirlar va nerv-
lar kiradi. Bu pardaning ostida seroz osti asosi
 bo‘lib, mushak qa-
vatni seroz pardadan ajratib turadi.
Ingichka ichakning fiziologiyasi. Ingichka ichakda so‘lak va 
osh qozon shirasi ishlangan ovqat massasi ichak shirasi, o‘t va 
osh qozon osti bezi shirasi ta’siriga uchraydi. Ingichka ichak bir 
qancha fiziologik vazifalarni bajaradi: ichak shirasini ishlab chi-
qarish, ovqat bo‘tqasini aralashtirib surish. Parchalangan oziqa 
moddalar, asosan, ingich ka ichakda qon va limfaga so‘riladi. In-
gichka ichakning shilliq pardasida oshqozon, oshqozon osti bezi 
va jigar sekretsiyasini boshqaruvchi gormonlar hosil bo‘ladi.
Ingichka ichak bo‘ylama va halqali mushak tolalarining qisqa-
rishi hisobiga murrakkab harakatlar qiladi. Ikki turdagi: mayatnik-
simon va peristaltik harakatlar tafovut qilinadi. Harakat vaqtida 
ingich ka ichakdagi ovqat bo‘tqasini aralashishi va yo‘g‘on ichak-
ka qa rab surilishi ro‘y beradi. Aralashish mayatniksimon harakat 
hisobiga sodir bo‘ladi. Bunda ichakning qisqa qismida bo‘ylama 
va halqasimon mushaklar bir bo‘shashib, bir qisqarishi natijasi-
da ovqat bo‘tqasi oldin bir tomonga, keyin boshqa tomonga qa-
rab suriladi.
Ingichka ichakning peristaltik harakati shilliq pardaning ta’-
sirlani shi natijasida reflektor ravishda hosil bo‘ladi. Agar ichak-
ning bir qismi to‘lsa va cho‘zilsa, uning proksimal qismida hal-
qasimon mushak 
larning kuchli qisqarishi, distal qismida esa 
halqasimon qavatning bo‘shashishi va bo‘ylama qavatning qis-
qarishi kuzatiladi. Ichakning hosil bo‘lgan tortishishi va ken-
gayishi sekin-asta to‘lqinsimon yo‘nalib yo‘g‘on ichakka xi-
musni suradi. Peristaltik harakatlar ichak ichida ovqat bo‘tqasi 
bo‘lganda kuzatiladi.


224
Enterit
Ingichka ichak, silliq pardasini yallig‘lanishiga enterit deyi-
ladi. Sabablari: sifatsiz ovqatlanish, toksik moddalar ta’siri, in-
feksiya, gel mintoz lar. Yana enterit dag‘al, eski ovqatlardan, al-
lergik faktorlardan ham kelib chiqadi. Enterit o‘tkir va surunka-
li kechadi.
O‘tkir enteritta shilliq parda shishib, qonga to‘lishib, qon to-
mirlar kengayib ketadi. Ba’zan, mayda eroziyalar paydo bo‘ladi. 
Bemorni ko‘ngli ayniydi, qayt qiladi, ichi kuniga 5–6 marta keta-
di, axlatda qon, yiring bo‘ladi. O‘tkir enterit tez-tez takrorlanib, 
oxirigacha davolanmasa surunkali enterit kelib chiqadi.
Surunkali enteritda avval shilliq parda atrofiyasi rivojlanadi, 
ke yinchalik asta-sekin atrofik enteritga o‘tadi, natijada so‘rilish 
va hazm buziladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling