Reja: Pastki ichak tutilishi nima
Download 75.95 Kb.
|
REFERAT
REFERAT MAVZU: TUG’MA PASTKI ICHAK TUTILISHI. Pastki ichak tutilishi Reja:
Pastki ichak tutilishi nima Etiologiya Klinikasi P.I.T turlari Atreziya sababli kelib chiqadigan ichak tutilishlari Churra sababli kelib chiqadigan ichak tutilishi Ichak ikkilanishi Mekonial ilius Dolixosigma Foydalinillgan adabiyotlar. Pastki ichak tutilishi oshqozon ichak tizimida tugʻma toʻsiq boʻlishi natijasida ovqat (ona koʻkrak suti) mahsulotlarining passaji buzilishi va oʻtmay qolishi.[1] Etiologiya: Bu nuqsonlarni vujudga kelish vaqti organogenez davriga to’g’ri keladi. Ya’ni homilaning 3-4 haftasida. Bunda ichak devori, ichak oraliqlari, bo’yi va harakatlanishi shakllanish jarayonining buzilishi kuzatiladi. Normada ichak rivojlanishi 2 ta bosqichda kechadi: vakuolizatsiya va rekanalizatsiya. Klinikasi: Pastki ichak tutilishi quyidagi klinikalar bilan namoyon boʻladi: ich oʻtmasligi qorin dam boʻlishi qusish (avval hazm boʻlmagan ozuqa bilan, keyin oʻt aralash yoki ichak mahsulotlari bilan) ichaklar giperperistaltikasi Pastki ichak tutilishining asosiy xarakterli belgisi qorin boʻshligʻi rentgenogrofiyasida aniqlanadigan 3 va undan ortiq suyuqlik sathi ustida gaz boʻlishi yaʼni kloyber kosachalari hisoblanadi.[2] Ichak tutilishlari ovqat hazm qilish yoʻllaridagi mexanik yoki funksional obstruksiya (bekilib qolish) natijasida ovqat hazm qilish mahsulotlarining normal harakatiga toʻsqinlik qiladi. Ichak tutilishlari qaysi sohada uchrashiga koʻra yuqori va pastki ichak tutilishlariga boʻlinadi. Yuqori ichak tutilishlari deb obstruksiya qiziloʻngach yoki oshqozonda sodir boʻlganda aytilsa, obstruksiya ingichka yoki yoʻgʻon ichakda sodir boʻlsa pastki ichak tutilishi deyiladi. Download 75.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling