Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   422
Bog'liq
True

113-rasm. Oshqozonning
mushakli pardasi:
1–halqali qavat; 2–qiya
tolalar; 3–oshqozonning pilo-
rik qismini 12 barmoq ichak-
ka o‘tish joyi; 4–qizilo‘ngach.


219
Qayt qilish. Goho oshqozonga sifatsiz ovqat tushib qolsa, u 
tash qariga chiqarib tashlanadi. Qayt qilish murakkab himoya ref-
leksi bo‘lib, uning markazi uzunchoq miyada joylashgan. Qayt qi-
lishdan oldin chuqur nafas olinadi, undan keyin pilorik sfink-
ter yopiq holat da bo‘lganida oshqozon va qorin mushaklari ku-
chli qisqarib, oshqozon ichidagi mahsulotlar tashqariga chiqarib 
yubo riladi.
Ovqatni oshqozondan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishi. Osh-
qozon ning kirish qismidan peristaltik qisqarish ovqat bo‘tqasini 
pilorik qism ga qarab suradi. Agar pilorik sfinkter ochilsa, oshqo-
zon ichidagi mahsulotlar o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi. Spink-
terni ochilishi va bekilishi o‘n ikki barmoq ichakdan ba’zi bir 
kimyo viy va mexanik ta’sirlovchilar bilan (ichida xlorid kislota 
alohida o‘rin tutadi) bosh qariladi.
Oshqozon patologiyasi
Gastrit – oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, 
sa bablari: sifatsiz ovqatlanish, ovqatlanish tartibining buzilishi, 
dag‘al, o‘ta achchiq ovqat, spirtli ichimliklar iste’mol qilish ham 
katta ahamiyatga ega. Gast rit o‘tkir va surunkali bo‘ladi. 
O‘tkir gastrit kataral, flegmonoz va yiringli bo‘ladi. O‘tkir gas-
trit, shilliq pardaga ta’sirlovchi moddalar ta’sir qilganda yoki un-
dan toksik moddalar ajralib chiqqanda (uremiya va infeksion ka-
salliklarda) kelib chiqadi. Bunda, shilliq parda qalinlashib, qonga 
to‘lishib qoladi, ba’zan shilliq pardada erroziyalar paydo bo‘ladi.
Flegmonoz gastritda, shilliq parda yiringli infiltratsiyaga uch-
raydi. Ba’zan jarayon shilliq osti, mushak, serroz pardaga o‘tib, 
peretonitga olib keladi.
O‘tkir gastrit, tez-tez qaytalanib, oxirigacha davolanmasa 
surun kali gastritga aylanadi. Yana, u «B» vitamin komleksi yetish-
masligidan kelib chiqadi. Kasallikda shilliq parda gipertrofiya-
ga uchraydi va gipersekretsiya kuzatiladi. Ba’zan, gipertrofiya – 
atrofiya bilan almashinadi, osh qozon burmalari kamayib, shilliq 
parda yupqalashib, sekretsiyasi kamayadi.
Yara kasalligi, ko‘p uchraydigan kasallik bo‘lib, gastrit, alle-
giya, ay rim dori-darmonlar, spirtli ichimliklar, ovqatlanishning 
buzilishi dan ke lib chiqishi mumkin. Neyrogen faktor – stress, 
katta ahamiyat ga ega. Yara lar yakka, dumaloq yoki oval shaklida 


220
uchraydi (114-rasm). Ba’zan bir nechta 
yara ham bo‘lishi mumkun, diametri 1–6 
sm. Yaralar ko‘pincha, oshqozonning ki-
chik egriligida, plorik qismida, 12 bar-
moqli ichakning bosh lanish qismida joy-
lashadi. Yara kasalligi, ko‘ pincha, osh-
qozon sekre tsiyasini oshi shi bilan bosh-
lanadi – osh qozon shirasida xlorid kis-
lota ko‘payib ketadi.
U, yara ichiga kirib, nerv oxirlarini 
ta’sirlab, og‘riq keltirib chiqaradi. Bundan tashqari xlorid kislo-
ta qon tomirlarni yemirib, qon oqishiga ham olib keladi va be-
morlarda anemiya paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yara chetla-
ri bo‘ylab chandiq lanish, regeneratsiya jarayoni ro‘y beradi va 
bunday yara qadoqlash gan – kallez yara deyiladi. Og‘ir hollar-
da yara oshqozon pardalarini teshib, ichidagi massa qorin bosh-
lig‘iga tushadi va peretonit rivoj lanadi. Ba’zan, yara atrofdagi 
a’zolarga kirib o‘sadi, bunday yara penetirlanuv chi yara deyiladi. 
Yara kasalligi surunkali kasallik bo‘lib, og‘ir hollarda, rakka ham 
aylanishi mumkin.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling