Anatomiya 2014. indd


va osh qozonning pilorik kanali


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   422
Bog'liq
True

 
va osh qozonning pilorik kanali
 tafovut qilinadi. Oshqozonning o‘n 
ikki barmoq ichakka o‘tish yerida oshqozonning pilorik qismining 
teshigi joylashgan. Oshqozonning tubi 
bilan pilorik qismi o‘rtasida oshqozon 
tanasi joylashgan. Oshqozonning devo-
111-rasm. Oshqozon
(old tomondan ko‘rinishi):
1–oshqozonning kardial qismi; 2–oshqozon 
tubi; 3–oshqozon tanasi; 4–oshqozonning 
katta egriligi; 5–oshqozonning pilorik qismi; 
6–o‘n ikki barmoq ichakning gorizontal qis-
mi; 7–o‘n ikki barmoq ichakning tushuv chi 
qismi; 8–o‘n ikki barmoq ichakning
yuqorigi qismi; 9–oshqozonning kichik
egriligi; 10–qizilo‘ngach.


217
ri quyidagi qavat: shilliq parda, shilliq 
osti asos, mushakli parda va seros par-
dadan iborat.
Shilliq parda (112-rasm)
kulrang 
pushti rangli bo‘lib, bir qavatli silindr-
simon epiteliy bilan qoplangan. Shilliq 
pardaning qalinligi 0,5–2,5 mm. Un-
da shilliq parda mushak qatlami borli-
gi va shilliq osti asosi yaxshi rivojlan-
gani uchun turli yo‘nalishdagi burma-
lar
 hosil bo‘ladi. Burmalar kichik egri-
lik bo‘ylab bo‘ylamasiga yo‘nalib, osh-
qozon yo‘lini
 hosil qiladi. Bu yo‘l osh-
qozonning kirish va chiqish qismlarini 
o‘zaro bog‘laydi. Oshqozonning qol-
gan qismlarida burmalar yulduzsimon 
shaklda bo‘ladi. Uning pilorik qismi-
ning teshigi sohasida burmalar halqa 
shaklida bo‘lib, klapanni
hosil qiladi. 
Burmalarning ichida uncha katta bo‘lmagan oshqozon maydon-
chalari ko‘tarilib turadi. Bu maydonchalarning yuzasida ko‘p sonli 
(35 mln ga yaqin) oshqozon bezlarining teshiklari ochiladigan osh-
qozon chuqurchalari joylashgan.
Oshqozon bezlari joylashishiga qarab: tanasi va gumbaz qismi-
dagi xususiy bezlar va chiqish qismidagi bezlarga bo‘linadi. Oshqo-
zonning xususiy bezlari ko‘p sonli bo‘lib uch xil: ferment ajratuv-
chi asosiy hujayralari, xlorid kislota ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha 
hujayralar va shilliq ishlab chiqaruvchi mukositlardan iborat.
Shilliq osti asosi nisbatan qalin va harakatchan bo‘lgani uchun 
shilliq par da burmalar hosil qiladi.
Mushakli parda (113-rasm) uch qa vat shilliq mushakdan ibo-
rat: tashqi bo‘y lama qavat qizilo‘ngach bo‘ylama mu shak qavati-
ning davomi bo‘lib, ko‘p roq kichik va katta egriliklar bo‘ylab joy -
lashgan. O‘rta halqali qavat
 tashqi qa vat ga nisbatan kuchli rivoj-
langan. U qi zil o‘ngach halqasimon mushak qavatining bevosita 
davomi bo‘lib, oshqozonning chi qish qismida qalinlashib, pilo-
rik qismidagi qisuvchi mushakni
hosil qiladi. Ichki qiya tolalar 
osh qozonning kardial qismidan boshlanib, pastga va o‘ngga katta 
egrilikka yo‘naladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling