Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
110-rasm. Qizilo‘ngach
devorining tuzilishi: Ko‘ndalang kesimi: 1–adventitsial parda; 2–mu shak pardaning bo‘ylama qavati; 3–mushak pardaning hal- qali qavati; 4–shilliq osti aso- si; 5–shilliq pardasi; 6–epiteliy; 7–qizilo‘ngach bo‘shlig‘i; 8–shilliq parda burmalari. 216 old va yon tomondan qorin mushaklari chegaralab turadi. Past- ki tomon qorin bo‘shlig‘i chanoq bo‘shlig‘iga davom etib, uning tubini chanoq diafragmasi hosil qiladi. Qorin bo‘shlig‘ida oshqo- zon, ingichka va yo‘g‘on ichak (to‘g‘ri ichakdan tashqari), jigar, oshqozon osti bezi, taloq va siydik-tanosil a’zolar joyla shadi. Oshqozon Oshqozon (gaster) hazm nayining eng kengaygan (111-rasm) qismi hisoblanadi. Oshqozon qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma va jigar ostida joylashadi. Uning 5/6 qismi chap qo- vurg‘a osti, 1/6 qismi qorin usti sohasida turadi. Oshqozonning hajmi odam qomatining tuzilishiga va to‘lganligiga bog‘liq. Kat- ta odam oshqozoninnig o‘rtacha hajmi 3 l yaqin. Oshqozonda ol- dingi va orqa devor tafovut qilinadi. Devorlarning o‘zaro birikishi- dan yuqoriga va o‘ng tarafga qaragan oshqozonning kichik egri- ligi, past ga va chap tarafga qaragan oshqozonning katta egriligi hosil bo‘ladi. Kichik egrilikning pastki qismida burchak o‘ymasi bor. Kichik egrilikning yuqori qismida qizilo‘ngachning oshqozon- ga o‘tish qismi kardial teshik joylashgan bo‘lib, oshqozonning bu teshikka yondashgan qismi oshqozonning kardial qismi deb atala- di. Bu qism chap tomonga gumbaz shaklida ko‘tarilib oshqozon tu- bini hosil qiladi. Oshqozonning o‘ng toraygan qismi pilorik qismi deb ataladi. Unda ikki qism: kengaygan pilorik qismidagi bo‘shliq Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling