228
sirida kletchatka yemiriladi va o‘simlik hujayralari tarkibi hazm
qilinish ga va so‘rilishga tayyor bo‘ladi. Ovqat tarkibidagi 50 %
kletchatka hazm qilinadi. Bakteriyalar vitamin K va B guruh vita-
minlarini sintez qiladi.
Yo‘g‘on ichakda ingichka ichakdan
farqli ravishda peristal-
tik ha ra katdan boshqa antiperistaltik harakatlar sodir bo‘lib, ichak
ichidagi moddalarni orqaga, ingichka ichakka tomon suradi. Bu ja-
rayon ovqat qoldiq larini ichakda uzoq vaqt
ushlanib turishiga olib
keladi va oziqa moddalar va suvni ko‘proq so‘rilishiga olib keladi.
Aralash ovqatlanganda organizmda 10 %ga yaqin qabul qi-
lingan ovqat o‘zlashtirilmaydi. Ovqatning hazm qilinmagan qis-
mi va bakteriyalar shilliq bilan yopishib (axlatning 50 %ga
yaqin
quruq moddasini tashkil qiladi) axlatni hosil qiladi. To‘g‘ri ichak
to‘lgan sari, uning devori cho‘zilib hojatga talab paydo bo‘ladi va
ichakning ixtiyoriy bo‘shashi ro‘y beradi. Ixtiyordan tashqari ho-
jat markazi orqa miyaning dumg‘aza qismida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: