Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Oshqozon osti bezi
Oshqozon osti bezi (pancreas) cho‘zinchoq kulrang pushti rang li a’zo bo‘lib, oshqozonning orqasida I–II bel umurtqala- ri sohasida ko‘ndalang yotadi (115-rasm). Uning uzunligi 12–15 sm, og‘irligi katta yoshdagi odamlarda o‘rtacha 80 g bo‘ladi. Uni tashqi tomondan yupqa biriktiruv chi to‘qimali kapsula qoplagan bo‘lib, undan bez bo‘lakchalari ko‘rinib turadi. Qorinparda uni old va qisman pastki yuzalarini qoplaydi. Oshqozon osti bezining uch: boshchasi, tanasi va dumi tafovut qilinadi. Oshqozon osti be- zining boshchasi yassi shaklda bo‘lib, I–III bel umurtqalari so- hasida o‘n ikki barmoq ichakning botiq yuzasiga birikib turadi. U orqa yuzasi bilan pastki kavak venaning ustida yotsa, oldingi yuza- sini ko‘ndalang chambar ichak kesib o‘tadi. Oshqozon osti bezi- ning tanasi uch qirrali shaklda bo‘lib, I bel umurtqasining oldi- da o‘ngdan chapga qarab yo‘nalib, taloq darvozasigacha boruvchi bezning dum qismiga o‘tib ketadi. Osh qozon osti bezi tanasida ol- dingi ustki, orqa va oldingi pastki yuzalar tafovut qilinadi. Oldin- gi ustki yuza orqa yuzadan yuqori qirra , oldingi ustki yuza oldingi pastki yuzadan oldingi qirra va oldingi pastki yuza orqa yuzadan pastki qirra vositasida ajralib turadi. Oshqozon osti bezining dumi chapga va yuqoriga taloq darvozasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Oshqo- zon osti bezi faoliyat jihatidan aralash, tuzilishi jihatidan murak- kab alveolyar-naysimon bez hisoblanadi. Uning tashqi sekretsiya qismini oshqozon osti bezi bo‘lakchalari tashkil qiladi. Bo‘lak- chalarning naychalari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan oshqozon os- ti bezining chiqaruv nayi , uning dumidan boshlanib, bezning ta- nasi va boshida chapdan o‘ngga qarab o‘tib umumiy o‘t yo‘li bi- lan qo‘shiladi va o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga ochiladi. Oshqozon osti bezi nayining ochilish sohasida qisuvchi mushak joylashgan. Oshqozon osti bezining boshi sohasida ho- sil bo‘lgan qo‘shimcha naycha o‘n ikki barmoq ichakning kichik so‘rg‘ichiga ochiladi. Oshqozon osti bezining ichki sekretsiya qis- 237 mi, uning bo‘lakchalari o‘rtasida joylashgan alohida epiteliy hu- jayralaridan tashkil topgan pankreatik orolchalardan iborat. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling