Anatomiya 2014. indd


hosil qilib o‘tadi. Bu ikkala boylam bir- birining davomi bo‘lib, birgalikda kichik charvi deb ataladi. Osh- 122-rasm. Qorinpardaning


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   422
Bog'liq
True

 hosil qilib o‘tadi. Bu ikkala boylam bir-
birining davomi bo‘lib, birgalikda kichik charvi deb ataladi. Osh-
122-rasm. Qorinpardaning 
erkaklar qorin bo‘shlig‘ida 
yo‘nalishi. Sagittal kesma:
1–jigarning tojsimon boyla-
mi; 2–jigar; 3-jigar-osh qozon 
boylami; 4–charvi qopchasi;
5–oshqozon osti bezi
6–ko‘ndalang chambar ichak 
tut qichi; 7–o‘n ikki barmoq 
ichak; 8–ingichka ichak tutqi-
chining ildizi; 9–och ichak; 
10–to‘g‘ri ichak; 11–to‘g‘ri 
ichak-qovuq chuqurchasi;
12–prostata; 13–siydik qopi; 
14–yonbosh ichak; 15–katta 
charvi; 16–parietal qorinpar-
da; 17–qorin parda bo‘shlig‘i;
18–ko‘ndalang chambar 
ichak; 19–oshqozon;
20–diafragma.


239
qozonning kichik egriligida jigar-osh qozon boylami ikki varaqqa 
bo‘linadi. Uning oldingi va orqa devorini qoplab oshqozonning 
katta egriligida ular yana birikadi. So‘ngra ko‘ndalang chambar 
ichak va ingichka ichak qovuzloqlari oldidan pastga tushib katta 
charvining
oldingi qatlamini hosil qiladi. Uning oshqozon katta 
egriligi bilan ko‘ndalang chambar ichak o‘rtasidagi qismi oshqo-
zon-chambar ichak boylami
 deb ataladi. Katta charvining oldingi 
qatlami ma’lum sohada orqaga qayrilib, uning orqa qatlamini ho-
sil qiladi. Ko‘ndalang chambar ichakka yetib borgach, katta char-
vining orqa qatlami ko‘ndalang chambar ichakning charvi tasmasi 
va uning tutqichiga birikadi. Ko‘ndalang chambar ichakning tut-
qichidan yuqorida bu qatlamlar parietal qorinpardaga o‘tib, osh-
qozon osti bezini old tomondan qoplaydi va qorin bo‘shlig‘ining 
orqa devoriga o‘tib ketadi. Katta charvining oldingi va orqa qat-
lamlari o‘rtasida yog‘ kletchatkasi bo‘ladi. Qorinpardaning oshqo-
zon katta egriligidan chiqqan ikki varag‘i chapga taloq darvozasi-
ga yo‘na lib, oshqozon-taloq boylamini, oshqozonning kardial qis-
mi bilan diafragma o‘rtasida oshqozon-diafragma boylamini hosil 
qiladi. Qorinning oldingi devorini qoplagan parietal qorinparda 
kindik bilan qov simfizi o‘rtasida 5 ta 
burma: toq o‘rtadagi kindik burmasi,

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling