Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaft usti soha suyaklari
Kichik boldir suyagi (fibula, 49-rasm) katta boldir suyagiga
nisbatan ingichka bo‘lib uchlari yo‘g‘onlashgan. Uning yuqorigi uchida kichik boldir suyagi boshchasi va uning uchi, medial to- monida esa katta boldir suyagiga birikadigan kichik boldir suyagi boshchasining bo‘g‘im yuzasi joylashgan. Pastga tomon boshcha torayib kichik boldir suyagi bo‘yinchasini hosil qilib suyak tana- siga o‘tadi. Kichik boldir suyagining tanasi uch qirrali, o‘zining bo‘ylama o‘qi atrofida biroz buralgan. Tanada oldingi qirra, orqa qirra va katta boldir suyagiga qaragan suyaklararo qirra tafovut qilinadi. Ular lateral yuza, orqa yuza va medial yuzani bir-biridan ajratib 103 turadi. Suyakning pastki uchi kengayib, katta boldir suyagini me- dial to‘pig‘idan uzunroq bo‘lgan lateral to‘piqni hosil qiladi. La- teral to‘piqning ichki tomonida oshiq suyak bilan birlashadigan lateral to‘piqning bo‘g‘im yuza si, uning orqasida esa kichik boldir mushaklari payi o‘tadigan lateral to‘piqning chuqurchasi bor. Oyoq panjasining suyaklari Oyoq panjasining suyaklari (ossa pedis, 52-rasm) xuddi qo‘l panjasiga o‘xshab kaft usti soha suyaklari, oyoq kafti suyaklari va barmoq suyaklaridan iborat. Kaft usti soha suyaklari (ossa tarsi) ikki qator joylashgan 7 ta g‘ovak suyakdan iborat. Orqa (proksimal) qatorda 2 ta katta: oshiq va tovon suyaklari, oldingi (distal) qatorda qayiqsimon, la- teral, oraliqdagi, medial ponasimon va kubsimon suyaklar bor. Oshiq suyagi (talus) yirik bo‘lib, uning boshchasi, tanasi va ularni biriktirib turuvchi tor bo‘yinchasi tafovut qilinadi. Oshiq suyagining tanasi eng katta qismi. Uning yuqori qismida oshiq suyagining g‘altagi bo‘lib, uning uchta bo‘g‘im yuzasi ko‘rina- di. Ustki yuzasi katta boldir suyagining pastki bo‘g‘im yuzasi bi- lan, ikkita yon tomonda joylashgan medial ва lateral to‘piq yuza- lari shu nomdagi to‘piq bo‘g‘im yuzalari bilan bo‘g‘im hosil qi- ladi. Lateral to‘piq yuza si medialiga nis batan katta bo‘lib oshiq suyakning lateral o‘sig‘igacha yetib boradi. G‘altakning orqasi- dagi oshiq suyagining orqa o‘simtasini bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak payining egati medial va lateral g‘adir-budurlikka bo‘ladi. Oshiq suyagining pastki yuzasida tovon suyagi bilan bir- lashadigan uchta: oldingi, o‘rta va orqa tovon suyagining bo‘g‘im yuzalari bor. O‘rta va orqa bo‘g‘im yuzasi o‘rtasidan oshiq suya- gining egati o‘tadi. Oshiq suyak boshchasi oldinga va medial to- monga yo‘nalgan, unda qayiqsimon suyak bilan birlashadigan qayiqsimon bo‘g‘im yuzasi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling