Anatomiya 2014. indd
hosil qiladi. Ko‘z yoshi suyagi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burun suyagi
- Tanglay suyagi
hosil qiladi.
Ko‘z yoshi suyagi (os lacrimale) bir juft, to‘rtburchak shakl- dagi juda yupqa va nozik plastinka bo‘lib, ko‘z kosasi medial de- vorining oldingi qismini hosil qilishda qatnashadi. Old va past to- 129 mondan ustki jag‘ning peshona o‘sig‘i bilan, orqa tomondan g‘al- virsimon suyakning ko‘z kosasi plastinkasi bilan, yuqoridan pesho- na suyagini ko‘z kosasi qismi ichki chekkasi bilan chegaralanadi. Lateral yuzada joylashgan ko‘z yoshi suyagining orqa qirrasini ol- dida joylashgan ko‘z yoshi egati bilan qo‘shilib ko‘z yoshi xaltasi- ning chuqurchasini hosil qiladi. Burun suyagi (os nasale) bir juft bo‘lib, to‘rtburchakli plas- tinka shaklida. U yassi suyaklar guruhiga kiradi. U ikki tomon dan medial qirralari vositasida o‘zaro birikib burun orqasini hosil qila- di. Yuqori qirrasi peshona suyagining burun qismiga, lateral chek- kasi ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘iga birikadi. Pastki qirrasi erkin bo‘lib, burun teshigini yuqo ri tomondan chegaralaydi. Tanglay suyagi (os palatinum) juft bo‘lib, ko‘z kosasi, burun bo‘sh lig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va qanot-tanglay chuqurchasini hosil qi- lish da ish tirok etadi (69-rasm). U bir-biriga to‘g‘ri burchak hosil qi- lib, birikkan gorizontal va perpendikulyar plastinkalardan iborat. Gorizontal plastinka old tomondan ustki jag‘ning tanglay o‘sig‘i bilan, medial tomondan esa qarama-qarshi plastinka bilan o‘rta chok vositasida birikadi va qattiq tanglayni hosil qilishda ishtirok etadi. Uning orqa chekkasi silliq va erkin bo‘lib, ko‘ndalangiga bu- kilgan; og‘iz bo‘shlig‘i ga qaragan pastki yuzasi g‘adir-budir, burun bo‘shlig‘iga qaragan yuzasi silliq. Gorizontal plastinkaning medial chekkasida joylashgan dimog‘ suyagi birikadigan burun qirrasi burunning orqa o‘tkir qirrasiga o‘tib ketadi. Perpendikular plastinka burun bo‘sh lig‘ining lateral devorini hosil qi lishda ish tirok etadi. Uning lateral yuzasida katta tanglay egati joylashgan. Bu egat ustki jag‘ va po- nasimon suyak qanotsimon o‘simta- sidagi egatlar bilan birga katta tang- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling