Anatomiya 2014. indd
bo‘lib, ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o‘tadi. Pastki devori
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burun bo‘shlig‘i
bo‘lib, ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o‘tadi. Pastki devori ustki jag‘ suyagining ko‘z kosasiga qaragan yuza- si, yonoq suyagining ko‘z kosasiga qaragan yuzasi va tanglay suya- gining ko‘z kosasi o‘sig‘idan hosil bo‘lgan. Bu devorda ko‘z kosa- sining ost ki egati joylashgan. Bu egat yuqori jag‘ suyagining oldin- gi yuzasiga ochiladigan shu nomdagi kanalgacha davom etadi. Lateral devori ponasimon suyak katta qanotining ko‘z kosasi- ga qaragan yuzasi, yonoq suyagining peshona o‘sig‘i va peshona suyagining yonoq o‘simtasidan hosil bo‘ladi. Bu devorda yonoq- ko‘z kosasi teshigi bor. Ko‘z kosasining lateral va ustki devorla- ri o‘rtasida ko‘z kosasining ustki yorig‘i bo‘lib, u o‘rta kalla chu- qurchasiga ochiladi. Lateral va pastki devor o‘rtasidagi ko‘z ko- sasining pastki yorig‘i qanot-tanglay va chakka osti chuqurchala- riga ochiladi. Burun bo‘shlig‘i (cavum nasi) yuzning o‘rtasida joylashgan (75-rasm). G‘alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasi va dimog‘ suya gidan hosil bo‘lgan burun to‘sig‘ining suyak qismi past tomon da burun qirrasiga mustahkamlanib uni ikki bo‘lakka ajratadi. Burun bo‘shlig‘ining old tomonida yon tomondan ust- ki jag‘ suya gining burun kemtigi, yuqo ridan burun suyaklarining pastki chekkalari bilan chegaralangan burunning noksimon teshigi bor. Orqa tomonda burun bo‘shlig‘i xoanalar vositasida halqumga qo‘shiladi. Burun bo‘shlig‘ining uchta devori tafovut qilinadi. Burun bo‘shlig‘ining ustki devorini burun suyaklari, peshona suyagining burun qismi, g‘alvirsimon suyakning g‘alvirsimon plas- tinkasi va ponasimon suyak tanasining pastki yuzasi hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘ining pastki devori ustki jag‘ suyagining tang- lay o‘sig‘i va tanglay suyagining gorizontal plastinkasidan hosil bo‘lgan. 138 Burun bo‘shlig‘ining lateral devori murakkab tuzilgan. Uni ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘i, g‘al virsimon suyak labirin- ti, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi va qanotsimon o‘simta ning medial plastinkasi hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘i- ning lateral devori da uchta: burunning yuqorigi, o‘rta va past- ki chig‘anoqlari bo‘lib, ular burun bo‘shlig‘ining yon devorini uchta burun yo‘liga ajratadi. Yuqorigi va o‘rta chig‘anoq g‘alvir- simon labirintning qismi bo‘lsa, pastki burun chig‘anog‘i alohi- da suyak. Yuqorigi burun yo‘li yuqorigi va o‘rta burun chig‘anoqlari o‘rtasida joylashgan. Unga orqa g‘alvirsimon katakchalar va po- nasimon bo‘shliq aperturasi ochiladi. O‘rta burun yo‘li o‘rta va pastki burun chig‘anoqlari o‘rtasi- da joylashgan. Unga oldingi va o‘rta g‘alvirsimon katakchalar, pe- shona, ustki jag‘ bo‘shliqlari aperturasi ochiladi. Pastki burun yo‘li pastki burun chig‘anog‘i bilan qattiq tanglay o‘rtasi da joylashgan. Uning oldingi qismiga ko‘z yoshi-burun ka- nali ochiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling