Anatomiya 2014. indd


orqali qanot-tanglay chuqurchasiga ochiladi. Qanot-tanglay chuqurchasida


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   422
Bog'liq
True

 orqali qanot-tanglay chuqurchasiga ochiladi.
Qanot-tanglay chuqurchasida uchta devor tafovut qilinadi. 
Uning oldingi devorini ustki jag‘ suyagining bo‘rtig‘i, orqa devo-
rini qanotsimon o‘simtaning asosi, medial devorini tanglay suya-
gining perpendikulyar plastinkasi hosil qiladi.
Lateral tomondan u chakka osti chuqurchasi bilan qo‘shiladi. 
Qa not-tanglay chuqurchasi beshta teshik, kanal va yoriqlar vosi-
tasida kalla suyagining asosiy bo‘shliqlari bilan qo‘shiladi: l. Po-
nasimon-tanglay teshigi orqali burun bo‘shlig‘iga; 2. Yumaloq 
teshik
 orqali o‘rta kalla chuqurchasiga; 3. Ko‘z kosasining pastki 
yorig‘i
 orqali ko‘z kosasiga; 4. Katta tanglay kanali orqali og‘iz 
bo‘shlig‘iga; 5. Qa notsimon kanal
 orqali kallaning tashqi asosiga.
Kalla suyagining yoshga qarab o‘zgarishi
Chaqaloq kallasining (76-, 77-rasm) miya qismi yuz qismi-
ga nisbatan 8 marta (kattalarda 2 marta) katta bo‘ladi. Suyaklar 
o‘zaro tog‘ay yoki biriktiruvchi to‘qima vositasida birikkan. Pe-
shona va tepa do‘ngligi yaxshi bilinadi, chaqaloq boshiga tepa 
tomondan qaraganda u to‘rtburchak shaklida ko‘rinadi. Pesho-
na va pastki jag‘ suyaklari ikki bo‘lakdan iborat. Chakka suyagi 
qism lari bir-biridan yaxshi bilingan biriktiruvchi to‘qimali qatlami 
bor tirqishlar bilan ajralgan. Kalla suyaklarida mushak bo‘rtiqlari 
va chiziqlari yaxshi bilinmaydi. Chaqaloq kallasining asosiy bel-


140
gilaridan biri bu liqildoq 
lardir. 
Ular hali suyaklanib ulgurmagan 
biriktiruv chi to‘qimadan (parda-
dan) tash kil topgan bo‘lib, kalla 
qop qog‘ida joylashgan.
Oldingi (peshona) liqildoq 
romb shaklida. U pe shona suya-
gining ikki qismi va ikkita tepa 
suyaklari o‘rtasida joylashgan. Bu 
liqildoq bola 2 yoshga to‘lganida 
suyak lanib ketadi.
Orqa (ensa) liqildoq uch bur-
chak shaklida bo‘lib, ik 
ki ta te-
pa va ensa suyagining palla qis-
mi o‘rtasida joy lashgan. Bu liqil-
doq bola 2 oylik bo‘lganida beki-
lib ketadi. 
Oldingi yon (ponasimon) li-
qildoq
bir juft. U ponasi 
mon 
suyak katta qanotining tepa, peshona va chakka suyagining pal-
lasi bilan qo‘ shilgan yerda bo‘lib, bola 2–3 oyligida bekilib ke-
tadi. 
Orqa lateral (so‘rg‘ichsimon) liqildoq ham bir juft bo‘ lib chak-
ka, tepa va ensa suyagining palla qismlari o‘rt asida joylashadi, bo-
la 2–3 oyligida suyaklanib bitadi.
Kalla qopqog‘i suyaklarining chekkasi silliq, ular o‘rtasida 
chok lar bo‘lmaydi. 3 yoshlarda suyak chekkasida tishchalar pay-
do bo‘la boshlaydi va yoshga qarab ular ko‘payib tishli chok pay-
do bo‘ladi.
Bola tug‘ilganidan keyin kallaning 
o‘sishi uch davrga bo‘linadi. 
Birinchi davr 7 yoshgacha davom etib
unda kalla suyagi, ayniqsa, ensa suyagi tez 
o‘sadi. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling