150
ning o‘tkir qirrali o‘siqchalaridan
boshlanib, IX–XII qovurg‘alar-
ning orqa yuzasiga birikadi.
Faoliyati: qovurg‘alarni pastga tushiradi.
Orqaning xususiy mushaklari umurtqalarning o‘tkir qirrali va
ko‘n dalang o‘siqchalari, qovurg‘alar burchagi o‘rtasidagi egatlarda
joylashib, uch: yuza, o‘rta va chuqur qavatlarni hosil qiladi.
Yuza qavatda bosh va bo‘yinning
tasmasimon mu shagi, umurt-
qa pog‘onasini tiklaydigan mushak lar joylashgan (82-rasm).
1. Boshning tasmasimon mushagi (m. splenius capitis) ensa
boylamining
pastki qismi, VII bo‘yin va yuqorigi 3–4 ta ko‘krak
umurt qalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan boshlanadi. Mushak
tolalari yuqoriga lateral yo‘nalib, ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i
lateral qismiga va so‘rg‘ichsimon o‘simtaga birikadi.
Faoliyati:
ikki tomonlama qisqarsa, bosh va bo‘yinni
orqaga
tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o‘z tomoniga tortadi.
2. Bo‘yinning tasmasimon mushagi (m. splenius cernicis)
III–V ko‘k rak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan bosh-
lanib, 2–3 ta yuqo rigi bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq-
chasining orqa do‘mboq chasiga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasining bo‘-
yin qismini orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, o‘z tomoniga
buradi.
3. Umurtqa pog‘onasini tiklaydigan mushak (m. erector spinae)
orqaning eng kuchli autoxton mushagi bo‘lib umurtqa pog‘onasi-
ning bor bo‘yicha tortilgan (82-rasm). U qalin, pishiq pay vosita-
sida dum g‘azaning orqa yuzasidan, bel,
XII va
XI ko‘krak umurt qalarining o‘tkir qirrali o‘siq-
chasidan, yonbosh suyagi qirrasining orqa qis-
midan boshlanadi. Mushak tolalari yuqori to-
monga yo‘nalib, yuqorigi
bel umurtqalari soha-
sida uch qismga: lateral-qovurg‘alarga birikuv-
Do'stlaringiz bilan baham: