152
rining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan boshlanib, tashqi ensa do‘ngligi
sohasiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog‘onasini yozadi.
O‘rta qavatda:
O‘tkir qirrali-ko‘ndalang mushaklar (mm. spinotransversales)
umurt qalarning o‘tkir qirrali va ko‘ndalang o‘siqchalari o‘rtasi-
dagi egat da birnecha qavat bo‘lib joylashgan.
Bu mushak umurt-
qalarning ko‘nda lang va qirrali o‘siqchalari o‘rtasida yuqoriga qiya
yo‘nalgan tolalardan iborat. Uning tolalari turli uzunlikka ega
bo‘lib, nechta umurtqaning ustidan o‘tishiga
qarab uch guruhga
bo‘linadi: mu shakning yuza joylashgan qismi yarim qirrali mushak
4–6 ta umurtqa ustidan o‘tib birikadi. Uning o‘rta qavatida joy-
lashgan ko‘p bo‘lakli mushak 2–4 ta umurtqa ustidan o‘tib
birik-
sa, chuqur joylashgan buruvchi mushak
bitta umurtqa ustidan o‘tib
keyingisiga birikadi.
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini bo‘ylama o‘q atrofida buradi.
Chuqur qavatda:
1. Qirrali o‘siqlar oralig‘idagi mushaklar (mm. interspinales)
ham me dial egatda joylashgan bo‘lib ikki qo‘shni
umurtqaning
qirrali o‘sim talari o‘rtasida tortilgan bo‘ladi. Faoliyati: umurtqa
pog‘onasi ni yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: