Anatomiya 2014. indd
-rasm. Orqaning chuqur mushaklari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yonbosh-qovurg‘a mushagi
- Eng uzun mushak
82-rasm. Orqaning chuqur mushaklari:
1–boshdagi yarim qirrali mushak; 2–ko‘krakning yon- bosh-qovurg‘a mushagi; 3–ko‘krakning eng uzun mu- shagi; 4–ko‘krakdagi o‘tkir qirrali mushak; 5–umurtqa pog‘onasini tiklaydigan mushak; 6–belning yonbosh- qovurg‘a mushagi; 7–ko‘krakdagi yarim qirrali mushak; 8–bo‘yinning yonbosh-qovurg‘a mushagi; 9–bo‘yinning eng uzun mushagi; 10–boshning eng uzun mushagi. 151 chi yonbosh-qovurg‘a, oraliq – ko‘ndalang o‘siqchalarga biri- kuvchi eng uzun va medial – o‘tkir qirrali o‘siqchalarga birikuv- chi o‘tkir qirrali mushaklarga bo‘linadi. Yonbosh-qovurg‘a mushagi (m. iliocostalis) qismlarining joyla- shish sohasiga qarab uchga bo‘linadi. Belning yonbosh-qovurg‘a mu shagi pastki oltita qovurg‘aning burchagiga birikadi. Ko‘krak- ning yonbosh-qovurg‘a mushagi pastki oltita qovurg‘aning oldingi mu shak birikkan joyidan ichkariroqda boshlanib, yuqoridagi olti- ta qovurg‘aning burchagiga va VII bo‘yin umurtqasining ko‘nda- lang o‘siq chasining orqa yuzasiga birikadi. Bo‘yinning yonbosh- qovurg‘a mu shagi III–VI qovurg‘a burchagining oldingi mushak birikkan joyidan ichkarida boshlanib, IV–VI bo‘yin umurtqasi- ning ko‘ndalang o‘siqchasini orqa do‘mboqchasiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog‘onasini yozadi, qovurg‘alarni pastga tushiradi. Bir tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasini o‘sha to- monga bukadi. Eng uzun mushak (m. longissimus) umurtqa pog‘onasini tiklay- digan mushakning o‘rta qismini tashkil qilib, uch qismga bo‘lina- di: ko‘krakning eng uzun mushagi pastki to‘qqizta qovurg‘aning burchagi va do‘mboqchasi oralig‘iga, barcha ko‘krak umurtqa- larining ko‘ndalang o‘siqchasi uchiga birikadi. Bo‘yinning eng uzun mu shagi beshta yuqorigi ko‘krak umurtqalarining ko‘nda- lang o‘siq chasi uchidan boshlanib, VI–II bo‘yin umurt qasining ko‘ndalang o‘siqchasi orqa do‘mboqchasiga birikadi. Boshning eng uzun mushagi I–III ko‘krak va III–VII bo‘yin umurt qasining ko‘n dalang o‘siqchasidan boshlanib, chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog‘onasini yozadi, yon tomonga bukadi. Bosh qismi boshni orqaga tortib, yuzni o‘z tomoniga buradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling