Anatomiya 2014. indd
Qorinning ko‘ndalang mushagi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorinning to‘g‘ri mushagi
- Piramidasimon mushak
Qorinning ko‘ndalang mushagi (m. transversus abdomi-
nis) uchinchi qavatni hosil qilib tolalari orqadan oldinga va me- dial tomonga gorizontal yo‘nalgan bo‘ladi. Uning tolalari oltita pastki qovurg‘alardan, ko‘krak-bel fassiyasining chuqur qatlami- dan, yonbosh suyagi qirrasining ichki labi oldingi yarmidan va chov boylamining lateral 1/3 qismidan boshlanib, keng aponev- rozi qarama-qarshi mu shak aponevrozi bilan birikib, qorinning oq chizig‘ini hosil qilishda ishtirok etadi. Faoliyati: qorin bosimini oshiradi, qovurg‘alarni oldinga, o‘rta chi ziqqa tortadi. Qorinning old devorida qorinning to‘g‘ri mushagi va pirami- dasimon mushak joylashgan. 1. Qorinning to‘g‘ri mushagi (m. rectus abdominis) qorin- ning oq chi zig‘ini ikki tomonida bo‘ylamasiga yo‘nalgan uzun tasmasimon mu shak. U qov qirrasi va qov simfizidan ikki pay bi- lan boshlanib, yuqo riga yo‘naladi va biroz kengayib, xanjarsimon o‘siqchaning oldingi yuza si, V–VII qovurg‘alar tog‘ayiga birika- di. Bu mushak tolalari 3–4 yerida ko‘ndalang yo‘nalgan mushak qorinchalari orasidagi paylar bilan bo‘linadi. Buning natijasida mushakning ayrim qismlari alohida qisqarishi mumkin. Faoliyati: umurtqa pog‘onasini bukadi, qovurg‘alarni pastga tortadi. 2. Piramidasimon mushak (m. pyramidalis) uchburchak shakli- da bo‘lib, qorinning to‘g‘ri mushagini pastki qismi oldida yota- di. Bu mu shak qov qirrasidan boshlanib, tolalari pastdan yuqori- ga yo‘naladi va qorinning oq chizig‘iga birikadi. Faoliyati: qorinning oq chizig‘ini taranglaydi. Qorinning orqa devorida belning kvadrat mushagi (m. qua- dratus lumborum) yotadi. U bel umurtqalari ko‘ndalang o‘siq- 159 chalarining yon tomonida yotadi. Yonbosh suyagi qirrasi, yon- bosh-bel boylami, pastki bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq- chalaridan boshlanib, XII qovurg‘aning pastki qirrasi va ustki bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchalariga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarganida umurtqa pog‘onasini tik tutsa, bir tomonlama qisqarganida uni o‘z tomoniga, XII qo- vurg‘ani pastga tortadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling