Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorin mushaklari va fassiyalari Qorin
- 85-rasm. Tana mushaklari. Old tomoni
Ko‘krak fassiyalari. Ko‘krak sohasida yuza fassiya yaxshi rivoj-
lanmagan bo‘lib, u sut bezlarini o‘rab, uning ichida biriktiruvchi to‘qimali to‘siqlar hosil qiladi. Ko‘krak ustidagi fassiya yuza va chuqur qatlamlardan ibo- rat bo‘lib katta ko‘krak mushagini old va orqa tomondan o‘ray- di. Ko‘krak fassiyasining yuza qatlami yuqoridan o‘mrov suyagiga, medial tomondan to‘sh suyagining oldingi yuzasiga birikadi. U la- teral va yuqoriga deltasimon mushak, pastga qo‘ltiq osti fassiyasiga davom etadi. Uning chuqur qatlami kichik ko‘krak va o‘mrov osti mushaklarini o‘rab, qo‘ltiq osti fassiyasiga o‘tib ketadi. Ko‘krak xususiy fassiyasi tashqi qovurg‘alararo mushak va qo- vurg‘alarni tashqi tomondan qoplagan pishiq qatlamdan iborat. Ko‘krakning ichki fassiyasi ko‘krak qafasini ichki tomondan qop laydi. Qorin mushaklari va fassiyalari Qorin tananing ko‘krak bilan chanoq o‘rtasida joylashgan qis- mi bo‘lib, bu yerdagi mushaklar qorin devorini hosil qilib qorin bo‘sh lig‘ini chegaralaydi. Qorin mushaklari (85-rasm) topografiya nuqtayi nazaridan uch guruhga: qorinning oldingi, yon va orqa devori mu shaklariga bo‘linadi. Qorinning yon devorida uch qavat serbar mushaklar joy lash- gan bo‘lib, ular: qorinning tashqi qiyshiq mushagi, qorinning ich- ki qiyshiq mushagi va qorinning ko‘ndalang mushagidir. Bu mu- shaklarning oldingi qismlari serbar pay – aponevroz hosil qilib, qorinning to‘g‘ri mushagini old va orqa tomonidan o‘tib unga aponevrotik qin hosil qiladi. So‘ngra bu aponevrozlar oldingi o‘rta chiziqda o‘zaro birikib qorinning oq chizig‘ini hosil qiladi. 157 85-rasm. Tana mushaklari. Old tomoni: 1–trapetsiyasimon mushak; 2–ko‘krak fassiyasi; 3–deltasimon mushak; 4–oldingi tishchali mushak; 5–yelkaning ikki boshli mushagi; 6, 13–qorinning to‘g‘ri mushagi; 7–mushak qorinchalari orasida- gi paylar; 8–oq chiziq; 9–piramida- simon mushak; 10, 11–urug‘ tizim- chasi; 12–son venasi; 14–qorin- ning ichki qiyshiq mushagi; 15–qorin to‘g‘ri mushagining qini (oldingi plastinka); 16–qovurg‘alararo tash qi mushaklar; 17–ichki qovurg‘alararo mushaklar; 18–katta ko‘krak mushagi. 1. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling