Anatomiya 2014. indd


 Ko‘ndalang o‘siqchalar oralig‘idagi mushaklar


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   422
Bog'liq
True

2. Ko‘ndalang o‘siqchalar oralig‘idagi mushaklar (mm. inter-
transversarii)
 qo‘shni umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqchasi o‘rta-
sida tortilgan bo‘ladi.
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini o‘z tomoniga bukadi.
Orqa fassiyalari. Orqada uchta fassiya tafovut qilinadi:
1. Orqaning yuza fassiyasi, yupqa biriktiruvchi to‘qimali par-
da bo‘lib, orqaning yuza mushaklarini qoplaydi. 2. Ensa fassiyasi 
bo‘yinning orqa tomonida yuza va chuqur mushaklar orasida yota-
di. Ichki tomondan ensa boylamiga birikib ketsa, tashqi tomondan 
bo‘yinning yuza fassiyasiga o‘tib ketadi. 3. Ко‘кrак-bel fassiyasi
 or-
qaning chuqur mu shaklari uchun qin hosil qiladi. U ikki varaqdan 
iborat bo‘lib, yuza varag‘i bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqcha-
si bilan XII qovurg‘a va yonbosh qirrasi o‘rtasida tortilgan bo‘ladi. 
Yuza varag‘i past da yonbosh qirrasiga, tashqi tomondan qovurg‘alar 
burchagiga, ichki tomondan ko‘krak, bel va dum g‘aza umurtqala-
rining o‘tkir qirrali o‘siqchalariga birikadi. Bu fassiya bel sohasida 
qalinlashadi.


153
Ko‘krak mushaklari va fassiyalari
Ko‘krak mushaklari (83-, 85-rasm) kelib chiqishi va faoliyatiga 
ko‘ra ikki guruhga: 1) ko‘krak qafasidan boshlanib, yelka kamari 
va yelka suyagiga birikuvchi mushaklar; 2) ko‘krak qafasining o‘zi-
ga xos (autoxton) mushaklariga bo‘linadi. Birinchi guruhga to‘rt-
ta: katta va kichik ko‘krak mushaklari, o‘mrov osti va oldingi tish-
chali mushaklar kiradi.
1. Katta ko‘krak mushagi (m. pectoralis major) katta, yelpig‘ich-
simon shaklda bo‘lib, ko‘krak qafasining oldingi devorini yuqo-
ri qismini egallaydi. U o‘m rov suyagining ichki yarmidan,
to‘sh 
suya gi ning oldingi yuzasi va II–VII qovurg‘alar tog‘ayidan,
 qorin 
to‘g‘ri mu shagi qinining oldingi devoridan
 boshlanadi. Mu shak to-
lalari tash qi tomonga yo‘nalib, yelka suyagi katta do‘mboqcha qir-
rasiga birikadi. Faoliyati: ko‘tarilgan qo‘lni tushirib tanaga yaqin-
lashtiradi va ichkariga buradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling