Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84-rasn. Diafragma. Past tomondan ko‘rinishi
Diafragma (diaphragma) yassi, yupqa harakatchan mushak-
pay to‘siq bo‘lib (84-rasm), ko‘krak va qorin bo‘shliqlari o‘rta- sida yuqoriga ko‘tarilgan gumbaz shaklida joylashgan. Diafragma asosiy nafas mushagi bo‘lib, ko‘krak qafasining pastki teshigini o‘ragan suyaklardan boshlanadi. Uning boshlanish sohasiga qarab uch: bel, qovurg‘a va to‘sh qismlari tafovut qiladi. Mushak tola- lari tashqaridan o‘rtaga qarab radiar yo‘nalib, pay markazni hosil qiladi. Diafragmaning bel qismi bel umurtqalarining oldingi yuza- sidan o‘ng va chap oyoqchalar bilan boshlanadi. Yuqori tomonda oyoqchalar o‘zaro birikib, aorta o‘tadigan teshikni hosil qiladi. U orqali aorta va ko‘krak limfa yo‘li o‘tadi. Aorta teshigining cheti fibroz halqa bilan o‘ralgan bo‘lib, diafragma qisqarganida aortani siqilishdan saqlaydi. Bu teshikdan yuqo riroq va chapda diafragma oyoqchalarining mushak tolalari yana kengayib qizilo‘ngach va adashgan nerv o‘tadigan teshikni hosil qiladi. O‘ng va chap dia- fragma oyoqchalarining mushak tolalari o‘rtasidan simpatik poya, katta va kichik ichki a’zolar nervi, o‘ng tomondan toq va chap to- mondan yarim toq venalar o‘tadi. Diafragmaning qovurg‘a qismi pastki oltita qovurg‘alarning ichki yuzasidan alohida mushak tolalari bo‘lib boshlanadi. Har ikki tomonda diafragmani bel va qovurg‘a qismlari o‘rtasida mu- shak tolalari bo‘lmagan bel-qovurg‘a uchburchagi bo‘ladi. Bu so- hani yuqori tomondan plev ra, pastdan esa qorinparda va fassiya- lar qoplagan bo‘lib, unda diafragma churrasi hosil bo‘lishi mum- kin. 84-rasn. Diafragma. Past tomondan ko‘rinishi: 1–pastki kavak vena o‘tadigan teshik; 2–aorta o‘tadigan teshik; 3–diafragmaning bel qismi; 4–bel-qovurg‘a uchburchagi; 5–qizilo‘ngach o‘tadigan teshik; 6, 9–payli markaz; 7–diafragmaning to‘sh qismi; 8–to‘sh-qovurg‘a uchburchagi; 10–diafragmaning qovurg‘a qismi. 156 Diafragmaning to‘sh qismi to‘sh suyagining orqa yuzasidan bosh lanadi. To‘sh va qovurg‘a qismlari o‘rtasida ham mushak tolalari bo‘lmagan to‘sh-qovurg‘a uchburchagi bor. Uni ham yuqo ri tomondan plevra, pastdan esa qorinparda va fassiyalar qoplagan bo‘lib, unda diafragma churrasi hosil bo‘lishi mum- kin. Diafragmaning pay markazida pastki kavak vena o‘tadigan teshik bor. Faoliyat jihatidan diafragma asosiy nafas mushagi hisoblana di. U qisqarganida gumbazi yassilanib ko‘krak qafasi kengayadi va na- fas olinadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling