Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   422
Bog'liq
True

Ko‘krak fassiyalari. Ko‘krak sohasida yuza fassiya yaxshi rivoj-
lanmagan bo‘lib, u sut bezlarini o‘rab, uning ichida biriktiruvchi 
to‘qimali to‘siqlar hosil qiladi.
Ko‘krak ustidagi fassiya
yuza va chuqur qatlamlardan ibo-
rat bo‘lib katta ko‘krak mushagini old va orqa tomondan o‘ray-
di. Ko‘krak fassiyasining yuza qatlami yuqoridan o‘mrov suyagiga, 
medial tomondan to‘sh suyagining oldingi yuzasiga birikadi. U la-
teral va yuqoriga deltasimon mushak, pastga qo‘ltiq osti fassiyasiga 
davom etadi. Uning chuqur qatlami kichik ko‘krak va o‘mrov osti 
mushaklarini o‘rab, qo‘ltiq osti fassiyasiga o‘tib ketadi.
Ko‘krak xususiy fassiyasi
 tashqi qovurg‘alararo mushak va qo-
vurg‘alarni tashqi tomondan qoplagan pishiq qatlamdan iborat.
Ko‘krakning ichki fassiyasi
ko‘krak qafasini ichki tomondan 
qop laydi.
Qorin mushaklari va fassiyalari
Qorin
 tananing ko‘krak bilan chanoq o‘rtasida joylashgan qis-
mi bo‘lib, bu yerdagi mushaklar qorin devorini hosil qilib qorin 
bo‘sh lig‘ini chegaralaydi. Qorin mushaklari (85-rasm) topografiya 
nuqtayi nazaridan uch guruhga: qorinning oldingi, yon va orqa 
devori mu shaklariga bo‘linadi. 
Qorinning yon devorida uch qavat serbar mushaklar joy lash-
gan bo‘lib, ular: qorinning tashqi qiyshiq mushagi, qorinning ich-
ki qiyshiq mushagi va qorinning ko‘ndalang mushagidir. Bu mu-
shaklarning oldingi qismlari serbar pay – aponevroz hosil qilib
qorinning to‘g‘ri mushagini old va orqa tomonidan o‘tib unga 
aponevrotik qin hosil qiladi. So‘ngra bu aponevrozlar oldingi o‘rta 
chiziqda o‘zaro birikib qorinning oq chizig‘ini hosil qiladi.


157
85-rasm. Tana mushaklari.
Old tomoni:
1–trapetsiyasimon mushak;
2–ko‘krak fassiyasi; 3–deltasimon 
mushak; 4–oldingi tishchali mushak; 
5–yelkaning ikki boshli mushagi;
6, 13–qorinning to‘g‘ri mushagi;
7–mushak qorinchalari orasida-
gi paylar; 8–oq chiziq; 9–piramida-
simon mushak; 10, 11–urug‘ tizim-
chasi; 12–son venasi; 14–qorin-
ning ichki qiyshiq mushagi; 15–qorin 
to‘g‘ri mushagining qini (oldingi
plastinka); 16–qovurg‘alararo tash qi
mushaklar; 17–ichki qovurg‘alararo 
mushaklar; 18–katta ko‘krak mushagi.
1. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling