Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   422
Bog'liq
True

Bo‘yin topografiyasi
Bo‘yin yuqoridan pastki jag‘, tashqi eshituv yo‘lagi, so‘rg‘ich-
simon o‘simta; pastdan to‘sh suyagining bo‘yinturuq o‘ymasi, 
o‘mrov suyagi, akromion; orqa tomondan trapetsiyasimon mu-
shakning lateral chekkasi bilan chegaralanadi.
To‘sh-о‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak bo‘yinni uch sohaga: 
To‘sh-о‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak sohasi, lateral va medial 
bо‘yin uch burchaklariga (89-rasm) ajratadi.
Bo‘yinning lateral uchburchagi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon 
mu shakning orqasida joylashib, old tomondan shu mushak bi-
lan past dan o‘mrov suyagi, orqadan trapetsiyasimon mushak bi-
lan chegaralangan.
Bo‘yinning medial uchburchagi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon 
mu shakning oldida joylashib orqa tomondan shu mu shak bilan 
yuqo ridan pastki jag‘ va old to mondan bo‘yinning o‘rta chizig‘i bi-
lan chegaralanadi. Kurak-til osti mushagi pastdan yuqoriga yo‘na-
lib, bo‘yinning ikkala uchburchagini yana kichik uchburchaklarga 
ajratadi. Bo‘yinning lateral uch burchagi ikkiga bo‘linadi:
1. Yuqorigi kurak-trapetsiyasimon uchburchak old tomondan 
to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, pastdan kurak-til osti mu-
shagining pastki qorinchasi, orqadan trapetsiyasimon mushak ning 
tashqi chekkasi bilan chegaralangan.
2. Pastki kurak-o‘mrov uchburchagi
 old tomondan to‘sh-o‘mrov-
so‘r g‘ichsimon mushak, yuqoridan kurak-til osti mushagi, pastdan 
o‘mrov suyagi bilan chegaralangan.
Bo‘yinning medial uchburchagi uchga 
bo‘linadi:
l. Uyqu uchburchagi
orqadan to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu shak, yuqori-
dan ikki qorinchali mushakni orqa qo-
rinchasi, old va pastdan kurak-til os-
ti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan 
chegaralangan.
89-rasm. Bo‘yin uchburchaklari chizmasi:
1–pastki jag‘ osti uchburchagi; 3–uyqu 
uchburchagi; 2–kurak-kekirdak uchburchagi;
4– kurak-o‘mrov uchburchagi;
5–kurak-trape tsiyasimon uchburchagi.


167
2. Kurak-kekirdak uchburchagi orqa va past tomondan to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, orqa va ust tomondan kurak-til 
osti mushagining yuqori qorinchasi, old tomondan kekirdak bi-
lan chegaralangan.
3. Pastki jag‘ osti uchburchagi yuqoridan pastki jag‘, pastdan 
ikki qorinchali mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan 
chegaralangan. Bu sohada jag‘ osti bezi, qon tomirlar va nervlar 
joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyat-
ga ega bo‘lgan til (Pirogov) uchburchagi tafovut qilinadi. U old 
tomondan pastki jag‘-til osti suyagi mushagining orqa chekkasi
past va orqa tomondan ikki qorinchali mushakning orqa qorin-
chasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo‘lib, unda til 
arteriyasi yotadi.
Bo‘yinning yon tomonida narvonsimon mushaklar orasida 
ham uchburchak shaklidagi oraliqlar bo‘lib, bulardan qon tomir 
va nerv lar o‘tadi.
1. Narvonsimonaro oraliq
oldingi va o‘rta narvonsimon mu-
shak o‘rta sida, pastdan I qovurg‘a bilan chegaralangan. Undan 
o‘mrov osti arte riyasi va yelka chigali poyalari o‘tadi.
2. Narvonsimon oldi oraliq
oldindan to‘sh-qalqonsimon va 
to‘sh-til osti mushaklari, orqadan oldingi narvonsimon mushak 
bilan chegaralangan. Bu oraliqdan o‘mrov osti venasi va kurak 
osti arteriyasi o‘tadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling