Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   422
Bog'liq
True

Takabburlik mushagi burun suyagining tashqi yuzasidan bosh-
lanib, yuqoriga yo‘naladi va peshona terisiga birikadi.
Faoliyati: ikki qosh o‘rtasida ko‘ndalang egat va burmalar ho-
sil qiladi.
Ko‘z yorig‘ini o‘ragan mushaklarga:
Ko‘zning aylanma mushagi (m. orbicularis oculi) yassi mu-
shak. U qovoqlarning tashqi yuzasini va ko‘z kosasining chekka-
sini egallaydi. Bu mushak qovoqlarning medial boylami va ko‘z 


169
kosasining medial devoridan, peshona suyagining burun qismi va 
ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘idan, ko‘z yoshi suyagi qirra-
sidan va lateral yuzasidan boshlanadi. Mushak ko‘z yorig‘ining 
lateral chetiga, yuqori va pastki qovoqlarning birlashgan yeriga 
birikadi. Faoliyati: ko‘z tirqishini yopadi. Ko‘z yoshi xaltachasini 
kengaytiradi.
Qoshlarni chimiruvchi mushak (m. corrugator supercilli) qosh 
usti ravog‘ining medial chetidan boshlanib, yuqori va lateral to-
monga yo‘naladi va o‘z tomonidagi qosh terisiga birikadi.
Faoliyati: qoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, qoshlar o‘rtasida 
vertikal burmalar hosil qiladi.
Burun teshigini o‘ragan mushaklar.
Burun mushagi (m. nasalis) ustki jag‘ suyagining qoziq va la-
teral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanadi. Yuqoriga ko‘tari-
lib, burun qanotini aylanib o‘tib, qarama-qarshi tomondagi mu-
shak payiga va
 burun qanoti terisiga birikadi.
Faoliyati: burun teshigini toraytiradi.
Burun to‘sig‘ini pastga tortuvchi mushak (m. depressor sep-
ti nasi) ustki jag‘ suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan 
boshlanib, burun to‘sig‘i tog‘ayiga birikadi.
Faoliyati: burun to‘sig‘ini pastga tortadi.
Og‘iz tirqishini o‘ragan mushaklar.
Og‘izning aylanma mushagi (m. orbicularis oris) ustki va past-
ki lablar asosini hosil qilib, tolalari yo‘nalishi turlicha bo‘lgan 
ikki qism dan iborat. Labga tegishli qismi
ustki va pastki lablar 
ichida joylashib, tolalari og‘iz burchaklari sohasida o‘zaro birika-
di. Chetdagi qismi
 ustki va pastki lablarga keluvchi og‘iz tirqishi 
yaqi nida joylash gan mimika mushaklari tolalaridan iborat.
Faoliyati: og‘iz tirqishini yumadi, so‘rish va chaynash jarayon-
larida ishtirok etadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling