Anatomiya 2014. indd


Panjani bukuvchi bilak mushagi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   422
Bog'liq
True

Panjani bukuvchi bilak mushagi (m. flexor carpi radialis) 
yelka suyagining medial do‘ng usti do‘mboqchasi, yelka fassiya-
si va yelka mushaklari o‘rtasidagi medial devoridan boshlanadi. 
Bilakning o‘rta qismida uzun payga o‘tib, II kaft suyagi asosiga 
birikadi.
Faoliyati: kaft ustini oldinga bilak suyagi to moniga bukadi.
4. 
Uzun kaft mushagi (m. palmaris longus) qisqa duksimon 
qorinchaga ega. Bu mushak yelka suyagining medial do‘ng usti 
do‘mboqchasi, yelka mushaklari o‘rtasidagi medial devordan bosh-
lanib, uzun pay vositasida kaft apo nevroziga birikadi. Ba’zan bu 
mushak bo‘lmasligi mumkin.
Faoliyati: kaft aponevrozini taranglaydi va kaftni bukadi.
5. 
Panjani bukuvchi tirsak mushagi (m. 
flexor carpi ulnaris)
 yelka suyagining me-


177
dial do‘ng usti do‘mboqchasi, medial mushaklararo to‘siq, tirsak 
o‘sig‘ining medial chekkasidan va tirsak suyagining orqa qirrasi-
dan boshlanadi. Uning uzun payi no‘xatsimon suyakka, ilmoq li 
suyak ilmog‘iga va V kaft suyagi asosiga birikadi.
Faoliyati: kaft ustini oldinga va tirsak suyagi tomonga bukadi.
Ikkinchi qavat mushaklari:
6. 
Barmoqlarni bukuvchi yuzaki mushak (m. flexor digitorum 
superficialis)
ikki boshcha bilan boshlanadi. Yelka-tirsak bosh-
chasi yelka suyagining medial do‘ng usti do‘mboqchasi, tirsak 
suyagining toj simon o‘siqchasining medial chekkasi, bilak fassiya-
si va tirsak suyagi tomonidagi kollateral boylamdan boshlanadi. 
Bilak boshchasi esa bilak suyagining yuqorigi uchdan ikki qis-
mining oldingi yuzasidan bosh lanadi. Bilak suyagining proksimal 
uchdan bir qismida ikkala boshcha o‘zaro birikib, umumiy qo-
rinchani hosil qiladi. Bu qorincha bilakning o‘rta qismida to‘rt 
bo‘lakka bo‘linadi.
Bilakning distal qismida ular payga aylanib, bar 
moqlarni 
bukuv chi chuqur mushak payi bilan birga kaft usti kanalidan o‘ta-
di. Kaftda mu shak paylari II–IV barmoq larning kaft yuzasidan 
yo‘nalib, proksimal falangalar tanasi sohasida ikkiga bo‘linadi va 
o‘rta falangalar asosining ikki yoniga birikadi.
Faoliyati: II–IV barmoqlarning o‘rta falangasi-
ni bukadi, kaftni bukishda ishtirok etadi.
Uchinchi qavat mushaklari:
7.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling