Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   422
Bog'liq
True

Tirsak mushagi (m. anconeus) uchburchak shaklida. U yel-
ka suya gining lateral do‘ng usti do‘mboqchasining orqa yuzasidan 
boshlanib, tirsak suyagi yuqori uchining orqa yuzasiga birikadi. 
Faoliyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida yozadi. 
Bilak mushaklari ko‘p sonli bo‘lib, ko‘p bo‘g‘imli mushaklar 
turkumiga kiradi, chunki ular tirsak, bilak-kaft usti va kaft suyakla-
ri bo‘g‘imlariga ta’sir etadi. Bilak mushaklari faoliyat jihatidan ik-
ki guruhga: oldingi (bukuvchi va pronatorlar), orqa (yozuvchi va 
supinatorlarga) bo‘linadi.
Bilakning oldingi guruh mushaklariga (94-, 95-rasm) qo‘l kaf-
ti va barmoqlarini bukuvchi yettita va ikkita pronatsiya qiluvchi 
mushak lar kiradi. Bu mushaklarning ko‘pchiligi yelka suyagining 
medial do‘ng usti do‘mboqchasi va bilak fassiyasidan boshlanadi. 
Bilakning oldingi guruh mushaklari to‘rt qavat bo‘lib joylashadi.
Birinchi qavat mushaklari: 
1. 
Yelka-bilak mushagi (m. brachioradialis) yelka suyagining 
lateral do‘ng usti qirrasidan va lateral mushaklararo to‘siqdan 
boshlanadi. Bilakning o‘rta qismida uzun payga o‘tib, bilak suya-
gining distal uchi va bigizsimon o‘siqchasining lateral yuzasiga 
birikadi.
Faoliyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi, qo‘l kaftini pro-
natsiya va supinatsiya holatining o‘rtasiga keltiradi.
2. 
Bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak (m. pronator 
teres)
yelka suyagining medial do‘ng usti do‘mboqchasi va yel-


176
94-rasm. O‘ng bilak mushaklari.
Oldingi guruh. Yuza qavat:
1–yelkaning uch boshli mushagi; 2–yelka mu-
shaklari o‘rtasidagi medial devor; 3–medial do‘ng 
usti do‘mboqchasi; 4–bilakni ichkariga buruvchi 
yumaloq mushak; 5–panjani bukuvchi bilak
mu shagi; 6–uzun kaft mushagi; 7–panjani
bukuvchi tirsak mushagi; 8–barmoqlarni bukuv-
chi yuzaki mu shak; 9–uzun kaft mushagi payi;
10–barmoqlarni bukuvchi yuzaki mushak paylari;
11–no‘xatsimon suyak; 12–jimjiloq asosidagi te-
palik; 13–kaftning serbar payi; 14–bukuvchi 
mushaklarni ush lab turuvchi bog‘ich;
15–qo‘lning bosh barmog‘ini bukuv chi uzun
mushak; 16–kaftning bilak tomonga yozuv chi 
kalta mushak; 17– kaftning bilak tomonga
yozuvchi uzun mushak; 18–yelka-bilak mushagi;
19–yelkaning ikki boshli mushagining serbar 
payi; 20–yelkaning ikki boshli mushagining payi; 
21–yelka mushagi; 22–yelkaning ikki boshli
mushagi.
ka mushaklari o‘rtasidagi medial devori, bilak fassiyasi va tir-
sak suyagi tojsimon o‘siqchasidan boshlanadi. Pastga va tashqariga 
yo‘nalib, bilak suyagi lateral yuzasining o‘rta qismiga birikadi.
Faoliyati: bilakni pronatsiya qiladi va uni tirsak bo‘g‘imida 
bu kish da ishtirok etadi.
3. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling