o‘tadi.
To‘rt tomonli teshik
lateral tomonda joylashib uning devorla-
rini: lateral tomondan yelka suyagi, medial tomondan yelka uch
bosh li mushagining uzun boshi, yuqori tomondan kurak osti mu-
shagining pastki chekkasi, past tomondan katta yumaloq mu shak
hosil qiladi. Undan yelka suyagini o‘rovchi orqa arteriya va qo‘ltiq
osti nervi
o‘tadi.
Tirsak chuqurchasi tirsak bo‘g‘imini oldida joylashgan. Uning
tubini va yuqorigi chegarasini yelka mushagi, lateral tomondan
yelka-bilak mushagi, medial tomondan yumaloq pronator chega-
ralagan.Tirsak chuqurchasida teri ostida qo‘lning yuza venalari
joylash gan bo‘lib, ularga vena ichiga quyiladigan inyeksiyalar qi-
linadi. Chuqurroqda esa yirik qon tomir va nervlar o‘tadi.
Oyoq mushaklari va fassiyalari
Oyoq mushaklari qo‘ldagi kabi chanoq kamari va oyoqning er-
kin qismi: son, boldir va oyoq panjasi mushaklariga bo‘linadi.
Chanoq mushaklariga chanoq suyaklaridan boshlanib, son
suyagiga birikuvchi mushaklar kiradi. Ular chanoq-son bo‘g‘imiga
ta’sir qilib, uning uch o‘q atrofidagi harakatini ta’minlaydi va bi-
rikish sohasiga qarab ikki: chanoqning ichki yuzasidagi (98-rasm)
va chanoq ning tashqi yuzasidagi mushaklarga bo‘linadi.
Chanoqning ichki yuzasidagi mushaklarga yonbosh-bel va ki-
chik bel mushaklari kiradi.
1.
Yonbosh-bel mushagi (m. iliopsoas) turli sohadan boshla-
nuvchi ikki: katta bel va yonbosh mushagidan iborat.
Katta bel mushagi (m.psoas major) duksimon shaklda bo‘lib,
XII ko‘krak va barcha bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘simta-
lari va tanasining lateral yuzasidan boshlanadi. U umurtqalar-
ning ko‘ndalang o‘simtalari oldidan umurtqa tanasi bo‘ylab past-
ga tushadi.
185
Do'stlaringiz bilan baham: |