Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   422
Bog'liq
True

Qo‘l topografiyasi. Qo‘l suyaklari, mushaklari va fassiyala-
ri o‘rtasida qon tomir va nervlar o‘tadigan bo‘shliqlar, kanallar, 
egatlar joylashgan bo‘lib amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Qo‘ltiq osti chuqurchasi qo‘lni uzoqlashtirgan vaqtda yaxshi 
ko‘rinadi. Uni old tomondan katta ko‘krak mushagining past-
ki chekkasiga to‘g‘ri kelgan teri burmasi, orqa tomondan orqa 
serbar mushagi va katta yumaloq mushakning pastki chekkasiga 
to‘g‘ri kelgan teri burmasi chegaralab turadi. 
Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘i to‘rt tomonli piramida shaklida. Uni 
old tomondan katta va kichik ko‘krak mushaklari, orqadan orqa-
ning serbar mushagi, katta yumaloq mushak va kurak osti musha-
gi, medial tomondan oldingi tishchali mushak, lateral tomondan 
tum shuqsimon-yelka mu shagi va yelkaning ikki boshli musha-
gini kalta boshchasi chegaralaydi. Bo‘shliq yog‘ to‘qimasi bilan 
to‘lgan bo‘lib, unda ko‘p sonli limfa tugun lari, qo‘ltiq osti arte-
riyasi va yelka chigali poyalari yotadi. Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ining 
oldingi devori uchta uchburchakka bo‘linadi: l. O‘mrov-ko‘krak 
uchburchagi yuqori tomondan o‘mrov suyagi bilan, past tomon-
dan esa kichik ko‘krak mushagining yuqorigi chekkasi bilan che-
garalangan. 2. Ko‘krak uchburchagi kichik ko‘krak mushagi so-
hasida yotadi. 3. Ko‘krak osti uchburchagi yuqoridan kichik 


184
ko‘krak mushagining pastki chekkasi bilan pastdan katta ko‘krak 
mushagining past ki chekkasi o‘rtasida yotadi.
Qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ining orqa devorida ikkita teshik bor. 
Uch tomonli teshik
medial tomonda joylashib, uning devorla-
rini: yuqoridan kurak osti mushagining pastki chekkasi, pastdan 
katta yumaloq mushak, lateral tomondan yelka uch boshli mu-
shagining uzun boshi hosil qiladi. Undan kurakni o‘rovchi arte-
riya

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling