Anatomiya 2014. indd


Chuvalchangsimon mushaklar


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   422
Bog'liq
True

Chuvalchangsimon mushaklar (mm. lumbricales) to‘rtta 
bo‘lib, II–V barmoqlarning proksimal falangasini bukadi, o‘rta 
va distal falangalarni yozadi. 
2. 
Suyaklararo mushaklar (mm.interossei) kaft suyaklari 
o‘rtasida joylashib ikki: kaft tomondagi va orqa suyaklararo mu-
shaklarga bo‘linadi. Kaft tomondagi suyaklararo mushaklar
 uch-
ta. Ular ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi kaft suyaklari oralig‘ida 
yotadi va II, IV, V barmoqlarni o‘rta barmoqqa yaqinlashtiradi. 
Kaftning orqa suyaklararo mushaklari to‘rtta bo‘lib kaft tomon-
dagi mushaklardan sezilarli katta bo‘ladi. Ular I, II, IV barmoq-
larni o‘rta barmoqdan uzoqlashtiradi. 
Qo‘l fassiyalari va topografiyasi
Qo‘l fassiyalari qo‘lning ayrim qismlariga mos ravishda: del-
tasimon, o‘tkir qirra usti, o‘tkir qirra osti, yelka, bilak va qo‘l 
kafti fassiyalariga bo‘linib, biri ikkinchsiga davom etadi.
Qo‘lning teri osti fassiyasi juda yupqa va nozik bo‘lib, ajra-
tib olish qiyin.
Yelka kamari sohasida deltasimon fassiya
 o‘z nomidagi mu-


182
shakni qoplab, mushak tolalari orasiga o‘simtalar beradi. Bu fas-
siya lateral tomondan yelka fassiyasiga, old tomondan ko‘krak 
fassiyasiga davom etadi. Orqa tomonda u qalinlashib o‘tkir qirra 
osti fassiyasiga birikib ketadi. O‘tkir qirra usti va o‘tkir qirra os-
ti fassiyalari o‘z nomidagi chuqurchalar chekkasiga birikib, qirra 
osti fassiyasi kurakning qirra osti va kichik yumaloq mushakni
qirra usti fassiyasi esa o‘z nomidagi mushakni o‘rab yotadi.
Yelka fassiyasi
yelka mushaklarini o‘rab, yelka suyagining 
medial va lateral chekkalariga birikub, yelka mushaklari o‘rtasi-
dagi medial va lateral devorlarni hosil qiladi.
Bilak fassiyasi
 yelka fassiyasining davomi bo‘lib unga nisba-
tan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. U bilak mushak larini g‘ilof shakli-
da o‘rab mushaklar o‘rtasidagi devorlar hosil qiladi. Yuqorida 
bu fassiya yuzaki mushaklar payi tolalari hisobiga qalinlashadi. 
Kaft usti sohasida bilak fassiyasi qalinlashib, ko‘ndalang yo‘nal-
gan mu shaklarni ushlab turuvchi bog‘ichlarni hosil qiladi.
Bilakning old tomonida joylashgan bukuvchi mushaklarni 
ush lab turuvchi bog‘ich kaft egati ustidan o‘tib, medial tomon-
da no‘xatsimon va ilmoqli suyaklarga, lateral tomonda qayiqsi-
mon va trapetsiyasimon suyaklarga birikadi. Uning ostida hosil 
bo‘lgan kaft usti kanalida ikkita pay qini: barmoqlarni bukuvchi 
yuzaki va chuqur mushaklarning umumiy pay qini va bosh bar-
moqni bukuvchi uzun mushak payi qini yotadi. Bukuvchi mu-
shaklarni ushlab turuv chi bog‘ichning fibroz tolalari bilak va tir-
sak suyaklari tomonda shu suyaklar nomi bilan ataladigan fibroz 
kanallar hosil qiladi. Tirsak tomondagi kanaldan tirsak nervi va 
uning yonida yotgan tirsak arteriyasi va venasi o‘tadi. Bilak to-
mondagi kanaldan kaftni bilak tomonga bukuvchi mushak payi 
va uning pay qini o‘tadi.
Bilakning orqa tomonida hosil bo‘lgan yozuvchi mushaklar-
ni ush lab turuvchi bog‘ich bilak suyagining distal qismini oldin-
gi qirrasi bilan tirsak suyagining bigizsimon o‘siqchasi o‘rtasi-
da tortilgan bo‘lib, uning ostidagi bo‘shliqni fibroz tolalar ol-
tita suyak-fibroz kanalga ajratadi. Ulardan sinovial qinlar bilan 
o‘ralgan kaft va barmoq larni yozuvchi mu shaklar payi o‘tadi. 
Sinovial qin ichidagi sinovial suyuqlik harakat vaqtida paylarni 
ish qalanishdan va qizib ketishdan saqlaydi.
Qo‘l kaftining oldingi yuzasida fassiya ancha qalinlashgan 
bo‘lib, uch 
burchak shaklidagi kaft aponevrozini hosil qiladi. 


183
Uning uchi bukuv chi mushaklarni ushlab turuvchi bog‘ichga, aso-
si esa barmoq larga qaragan bo‘ladi. U uchta guruh mushaklarni 
va ularning orasida joylashgan barmoqlarni bukuvchi mushaklar 
paylarini, shuning 
dek, chuvalchangsimon mushaklarga alohida 
fassiyal sohalar hosil qiladi. Kaftning orqa yuzasi fassiyasi ikki: 
yuza va chuqur qatlamdan iborat. Yuza qatlam yaxshi bilinmay-
di. Chuqur qatlam yaxshi rivoj langan bo‘lib, dorsal suyaklararo 
mushaklarni yopib turadi.
Barmoqlarda aponevroz qatlamlar falangalar suyak pardasi-
ga birikadi va kaft tomonda barmoqlarning suyak-fibroz kanal-
larini hosil qiladi. Bu kanallarda sinovial qinlar bilan o‘ralgan 
barmoqlarni bukuvchi mushaklar paylari o‘tadi. I–IV barmoq-
larning pay qinlari alohida-alohida bo‘lib, kaft usti sohasiga-
cha boradi. V barmoqning pay qini barmoqlarni bukuvchi mu-
shaklarning umumiy pay qiniga qo‘shilib ketadi. Shuning uchun 
analizga qon olgan vaqtda jimjiloq qa nina sanchish mumkin 
emas, chunki infeksiya qo‘l kaftiga tarqalishi mumkin. Shu sa-
babli jimjiloqda bo‘ladigan yiringli jarayonlar ham xavflidir.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling